UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Armiyamiz-gururimiz, iftixorimiz!

2017-01-14 / 18:06

Jizzax politexnika institutining majlislar zalida joriy yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan hamda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan “Armiyamiz-g‘ururimiz, iftixorimiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirini Institut rektori Usmankulov Alisher Kodirqulovich kirish so‘z bilan ochib berdi. So‘z navbati Jizzax oliy harbiy Aviatsiya bilim yurti gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi boshlig‘i G‘.Q.O‘sarov hamda 52016-harbiy qism komandirining o‘rinbosari SH.D.Rajabovning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi va olib borilayotgan islohatlar” mavzusidagi ma'ruzalari bilan  ishtirok etdi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi hamda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy tabriklab o‘tdilar. Shundan so‘ng navbat tadbirning badiy qismini olib borish uchun “Sanoat texnologiyalari” fakulteti 422-14 KT guruhi talabasi Sa'dullaeva Salimaga berildi.

Badiy qismda Ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidovaning “Mardlar asrar bo‘stonini” nomli she'ri,  Qo‘shboqova Barno va  Po‘latova Lobarlarning Vatan haqida she'rlari hamda, institut Quvnoqlar va zukkolar jamoasining chiqishlari, ayniqsa Islom Ergashevning “Vatan” nomli qo‘shig‘i bilan tadbir qatnashchilariga hush kayfiyat bag‘ishladilar.

Tadbir so‘ngida 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan hamda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “ARMIYAMIZ-G‘URURIMIZ, IFTIXORIMIZ!” mavzusida bo‘lib o‘tgan Viloyatdagi 52016-sonli harbiy qism, Jizzax oliy xarbiy Aviatsiya bilim yurti kursantlari hamda JizPI talabalari o‘rtasida sportning minifutbol  turi bo‘yicha musobaqa g‘oliblariga institut ma'muriyat tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu tadbir ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi.

Tadbirdan lavhalar

“Sanoat texnologiyalari” fakulteti
MMI bo‘yicha dekan o‘rinbosari:
U.Nurullaev

O'qildi: 161 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram