UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Mamlakatimizda milliy pasport tizimi yaratilishi va shakllanishi

2017-01-14 / 16:55

Jizzax politexnika instituti “Bino va inshoatlar qurilishi” fakulteti “Informatsion texnologiyalar” kafedrasiga qarashli 239-16, 240-16, 241-16 va 242-16 (B va IQ) murabbiylik guruhlarida 2017 yilning 14 yanvarida 316 sonli ma'ruzalar zalida “Mamlakatimizda milliy pasport tizimi yaratilishi va shakllanishi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatiga Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasidan, shahar pasport bo‘linmasi boshlig‘i, mayor Rashid Subonqulov taklif etildi. Yig‘ilishda "Bino va inshoatlar qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari Abduvosi Ubaydullaev, “Informatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri Sirojiddin Tavboev, o‘qituvchilardan Botir Qo‘ziev, Normamat Dangalov, Akmal Abdumalikov, Umid Xasanovlar hamda 60 dan ziyod talabalar ishtirok etishdi.

Mazkur davra suhbatini “Informatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Sirojiddin Tavboev olib bordi va o‘z so‘zida barcha davra suhbati ishtirokchilarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabriklab o‘tdi va milliy pasport tizimi yaratilishi to‘g‘risida to‘xtalib, mamlakatimiz fukarolari qo‘lida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti borligini va bu xech kimga qaram bo‘lmagan, barcha davlatlar bilan teng xuquqga ega davlatning fuqarosi bo‘lish, aniqroq aytganda, uning ximoyasida bo‘lish tom ma'nodagi baxtligini aytib o‘tdi.

So‘zga chiqgan Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasidan, shahar pasport bo‘linmasi boshlig‘i, mayor Rashid Subonqulov o‘z so‘zida  yurtimizda xalqimiz xuquq va manfaatlariga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganldigi haqida to‘htalib, jumladan 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun ushbu jarayonning muhim xuquqiy asoslaridan biri ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Notiq o‘z so‘zida yuqoridagi qonunning 1-moddasida - O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o‘z fuqarolarining xuquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ximoya qiladi-deyilgani aytib o‘tdi. Ushbu qonun mamlakatimizda milliy pasport tizimi yaratilishi va shakllanishi uchun xuquqiy asos bo‘lganligini va qonun qabul qilingandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini joriy qilish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilganligini ta'kidlab o‘tdi. Buning natijasida hozir amalda bo‘lgan milliy pasportimiz yaratilganligi va 1995 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarimizga O‘zbekiston Respublikasining yangi fuqarolik pasportlari rasmiylashtirila boshlanganligini aytib o‘tdi.

240-16 BvaIQ guruhi talabasi Obid Ergashev tomonidan “Pasport yo‘qotilganida kimga murojaat qilish kerak?” degan savol berildi.

Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasidan, shahar pasport bo‘linmasi boshlig‘i, mayor Rashid Subonqulov savolga quyidagicha javob berdi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi PF-2240 bo‘yicha e'lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandiga binoan, fuqaro pasportni ehtiyot qilishi shart. Fuqaro pasportini yo‘qotganligi haqida darhol doimiy ro‘yxatda turish joyi bo‘yicha ichki ishlar organlariga yoki xorijda yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining vakolatxonasi yoki konsullik muassasiga xabar berishi kerak.

Bundan tashqari berilgan 10 dan ziyod savollarga Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasidan, shahar pasport bo‘linmasi boshlig‘i, mayor Rashid Subonqulov javob berib o‘tdi.

Davra suhbati qizg‘in va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Tadbirdan labhalar

“Informatsion texnologiyalar”
Kafedrasi mudiri
Tavboev S.

O'qildi: 334 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram