UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Milliy armiya – tinchlik va osoyishtalik himoyasi kafolati

2017-01-13 / 17:37

Umumtexnika fanlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan 2017 yil 13 yanvar kuni 14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan Milliy armiya – tinchlik va osoyishtalik himoyasi kafolati, hushyorlikni saqlash, kasbiy mahoratni oshirish – har bir xarbiy xizmatchining burchidir mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur tadbirga Jizzax shahar mudofa ishlar bo‘limi boshlig‘i mayor O‘.Q.Qobilov taklif qilindi. O‘. Qobilov professor-o‘qituvchi va talabalarga Vatan ximoyachilari kuni va milliy armiyamiz to‘g‘risida ma'ruza qilib berdi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berib, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng armiyamizda yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, xarbiy qurollarimizning yangi va o‘ta zamonaviylashtirilayotganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, har bir yigit kishi o‘z yigitlik burchini o‘tab kelishga burchli ekanligini, harbiy xizmat davomida yigit kishi jismonan va ma'nan chiniqishini bir necha misollar orqali gapirib o‘tdi. Milliy armiyamizga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e'tibordan  mamnun  ekanligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng kafedra professor-o‘qituvchilardan X.Igamberdiev, B.Axmedov va talabalardan bir nechasi so‘zga chiqib mazkur mavzu bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida kafedra mudiri dots.G‘.Egamnazarov so‘zga chiqib mayor O‘. Qobilov va uni xamkasblarini kelayotgan bayram bilan tabriklab, unga qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.

Tadbirdan lavhalar


"Umumtexnika fanlari" kafedrasi mudiri:
Igamnazarov G'.

Kafedra MMI bo'yicha ma'sul:
Nabixujayeva N.

O'qildi: 136 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting