UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Armiya chinakam tarbiya

2017-01-13 / 17:22

Jizzax politexnika instituti “Xorijiy tillar” kafedrasida joriy yilning 13 yanvar kuni “Armiya chinakam tarbiya” mavzusida tadbir o'tkazildi.  Kechada kafedra o'qituvchilari Mustafaqulova H.,  Madiyeva G., Fazlidinnova S., Yusupova G., Mustafaqulova F., Dusboyeva N., Qo'ychiyeva Z., Bahtiyoriy T., Hazratqulova A., Jabborova E., Soliyeva M., va guruh talabalari ishtirok etdilar. Yusupova G., Fazlidinnova S., Soliyeva M., Bahtiyoriy T., Hazratqulova A.larning talabalari bilan tashkil etilgan sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Tadbirni fakultetimizning iqtidorli talabalardan Arabova Gulandon olib bordi. Tadbirni “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri Boysariyev N ochib berdi. U talabalarni armiyamizning 25 yilligi munosabati bilan tabrikladi, ularning o'qish va ishlariga omad tiladi. Shungdek, u O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengash  1992 yil 14 – yanvarda “O'zbekiston hudida joylashgan harbiy qismlar va qo'shinlarni o'z tssarufiga olish to'g'risida” Qaror qabul qilinganligini, ushbu qarorga muvofiq, mamlakat hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli kuchlarining barcha qism, harbiy o'quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari hamda boshqqa harbiy qismlari O'zbekiston  Respublikasi tasarrufiga olinganligini va ular moddiy – texnika va mablag' bilan ta'minlanganligini aytib o'tdi.  Bu esa  O'zbekistonning  o'z Qurolli Kuchlarini barpo etishda muhim voqea bo'lganligini aytib o'tdi.

201-16  guruh talabalari Najmiddinov D, Xoljigitov J.lar o'z  tabrigini ingliz tilida sher orqali aytib berdilar. Kaferdaning katta o'qituvchisi Mustafaqulova X. ham o'z tilak va istaklarini talabalarga bayon qildi. U o'z tabrigida O'zbekiston Respublikasining milliy xavsizligini, Hududiy yaxlitligini himoya qilish mamlakatning mudofa qobiliyatiga bog'liqligini, har qanday mamlakatdagi armiyaning eng oliy vazifasi  bu –  Vatanni, uning sarhadlarini himoya qilishdan iborat ekanligini ta'kidlab  armiyaning yana bir muhim vazifasi bu –  yoshlarni  harbiy – vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat ekanligini aytdi.  227-16 guruh talaba qizlari Anorboyeva M. milliy armiyamizning qasamyodini, Mahmudova P., Abdumo'minova S.lar o'z tabriklarini sher orqali bayon etdilar.

Shunigdek, 108 -15, 209-16 guruh yigitlari  barchani bugungi bayram bilan tabriklab o'z sahna ko'rinishlarini namoyish etishdi.

Kafedraning  nemis tili o'qituvchisi Qoychiyeva Z, ingliz tili o'qituvchilari Madiyeva G., Fazildinova S., Soliyeva M. lar ham talaba yigitlarimizni bugungi ayyom bilan tabrikladi. Barcha talabalarga sovg'alar  tarqatildi.Tadbir talabarning o'yin kulgisi bilan yakunlandi.

Tadbirdan lavhalar

Kafedra mudiri:
Baysariyev N.
         
Kafedra I bo'yicha ma'sul:
Madiyeva G.

O'qildi: 148 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting