UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Shunqor yigitlar

2017-01-12 / 17:58

Joriy yilining 12 yanvar kuni soat 13:30 da Jizzax Davlat pedagogika intitutining madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi hamda “Vatan ximoyachilar kuni”ga bag‘ishlanib, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi tashabbusi bilan “ARMIYAMIZ-G‘URURIMIZ, IFTIXORIMIZ!” shiori ostida harbiy xizmatni tamomlab tavsiyanoma asosida institutga o‘qishga qabul qilingan talabalar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Shunqor yigitlar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik tanlovda Jizzax politexnika institutining “Burgutlar” jamoasi, Jizzax Davlat pedogogika institutining “Qalqon” jamoasi, Jizzax Oliy Aviatsiya bilim yurtining “Lochinlar” jamoalari quyidagi beshta shart bilan o‘zaro bellashdi.

  1. Xar bir jamoa o‘zi tahsil olayotgan bilim yurtiga qisqacha ta'rif berish va tanishtirish.
  2. Iqtidoringni namoyon qil.
  3. Salat tayyorlash.
  4. Yoqa tagligini tikish.
  5. Savol javob.

Ko‘rik tanlovni Jizzax viloyati “Kamolot” yoshlari ijtimoiy harakati viloyat Kengashi raisi Shukurov Orif O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi hamda “Vatan himoyachilar kuni” bilan tabrikladi va “Shunqor yigitlar” ko‘rik tanlovida qatnashayotgan har bir jamoaga omad tiladi.

Bellashuv natijalariga ko‘ra Jizzax politexnika institutining “Burgutlar” jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi, Jizzax Davlat pedogogika institutining “Qalqon” jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi, Jizzax Oliy harbiy Aviatsiya bilim yurtining “Lochinlar” jamosi 1-o‘rinni egalladi va g‘olib jamoalarga “Kamolot” yoshlari ijtimoiy harakati viloyat Kengashi tomonidan diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirdan lavhalar

“Sanoat texnologiyalari” fakulteti
MMI bo‘yicha dekan o‘rinbosari
U.Nurullaev

“B va MII” fakulteti
MMI bo‘yicha dekan o‘rinbosari
G.S. Dadayeva 

O'qildi: 162 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting