UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Hizmat burchini bajarish vaqtida halok bolgan podpolkovnik

2017-01-11 / 10:42

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligini 25 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-4766-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash hamda hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 6 yanvardagi  87-02-33-sonli xati ijrosini ta'minlash yuzasidan Jizzax politexnika instituti tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot-tashviqot guruhi  hamda “Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili yanvar oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, joriy yilning 11 yanvar kuni  institut rektori A.K.Usmankulov ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori N.N.Alimov va “Avtotransport” fakulteti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.N.Irgashevlar boshchiligida Mudofaa vazirligi tizimida hizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan podpolkovnik Kenjaev Samandar Zarifovichning oilasini bayram bilan tabriklash uchun tashrif buyurishdi.

Mudofaa vazirligi tizimida hizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan podpolkovnik Kenjaev Samandar Zarifovichning Jizzax shahri, Zargarlik mahallasi, 22-uy, 25-xonadonda yashovchi oila a'zolari holidan habar olindi, avvalo xonadonda yashab o‘tganlar xaqiga duo fotixa qilindi, institut rektori A.K.Usmankulov Mudofaa vazirligi tizimida hizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan podpolkovnik Kenjaev Samandar Zarifovichning oila a'zolari tabriklar ekan, ularga xar doim davlatimiz tomonidan hamda oliygox raxbariyati tomonidan xar qanday yordamga tayyorligini va bunday insonlar hech qachon qalbimizdan ketmasligi va xotiralari har doim abadiy ekanligini aytib o‘tdilar.

23 avgust 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prizedenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan  huquqni muhofaza qilish organlari,mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan bir guruhini mukofatlash to‘g‘risidagi farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti katta o‘qituvchisi Kenjaev Samandar Zarifovich (marhum): Mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta'minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun “Jasorat” medali bilan mukofatlangan edi.

Institut rahbariyati tomonidan Mudofaa vazirligi tizimida hizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan podpolkovnik Kenjaev Samandar Zarifovichning oila a'zolariga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi. Mazkur tashrif viloyat televideniyasi tomonidan keng yoritildi.

Ma'naviy-ma'rifiy
ishlar bo‘yicha prorektor
N.Alimov

“Avtotransport” fakulteti ma'naviy
ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 140 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting