UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Islom KARIMOV nomidagi Respublika Xayriya jamoat fondi Xorijda oqish uchun grantlarni elon qildi.

2017-01-09 / 15:48

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI RESPUBLIKA XAYRIYA JAMOAT FONDI

- TABIIY FANLAR (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo)
- SUV VA YER RESURSLARINI BOSHQARISH
- MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYALARI
- OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYALARI
- OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI
- OZIQ-OVQAT ISHLAB CHIQARISH VA MARKETINGI
- ARXITEKTURA (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash)
- DIZAYN (mahsulot dizayni, sanoat va me'morchilik dizayni)
- RASSOMLIK

mutaxassisliklari bo‘yicha Evropa va AQSH oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun Fond grantlarini taqdim etish maqsadida respublikamiz hamda chet el oliy ta'lim muassasalarini muvaffaqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni biladigan iqtidorli va iste'dodli yigit-qizlar tanlovi boshlanganini

E ‘ L O N   Q I L A D I.

Chet elda (ikki yilgacha) tahsil olish va yashash xarajatlari to‘laligicha
Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Fond grantini qo‘lga kiritishni istagan nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
faoliyatini milliy istiqlol g‘oyalariga bag‘ishlash, Vatani va xalqining iqtisodiy va ma'naviy ravnaqiga xizmat qilishni o‘z burchi va hayotiy maslagi deb bilish;
umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida fikr yuritish, keng dunyoqarash va yuksak axloq sohibi bo‘lish;
tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish hamda kamida bitta xorijiy tilni a'lo darajada bilish;

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI RESPUBLIKA XAYRIYA JAMOAT FONDI
O‘zbekistonni, uning maorif maktabi va ilmiy an'analarini chet elda munosib taqdim etishda, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egallash qobiliyatini namoyon etish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Hujjatlar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari 
 har kuni soat 9-00 dan 13-00 gacha qabul qilinadi.

Talab etiladigan hujjatlar, tanlov shartlari va muddatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni quyidagi manzilda olish mumkin:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 24-uy.
Ma'lumotlar uchun tel: +99895 1980122, +99871 237-34-20, +99871 237-38-13.

Manba http://www.fondkarimov.uz/uz.html saytidan olindi

O'qildi: 302 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting