UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Vatanparvarlik oyligi

2017-01-09 / 12:52

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining tashkil etilganligini 25 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-4766-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash hamda institut talabalarida Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun daxldorligi va mas'ullik tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Jizzax politexnika instituti tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot-tashviqot guruhi hamda “Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili yanvar oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, fakultet hamkorligida joriy yilning 9 yanvar kuni “VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH” mavzusida 03195 harbiy qism ofitserlari, serjantlari va soldatlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori N.Alimov, Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Tursunova, “Avtotransport” fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.Irgashev, institut badiiy raxbari I.Ergashev “Avtotransport” fakulteti iqtidorli va faol talabalari va fakultetning “QVZ” jamoasi ishtirok etdilar.

Tadbirni 03195 xarbiy qism shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘lim ofitseri kapitan Umarov Xamza Nazirovich shaxsiy tarkibni bayram bilan qutlab so‘zni institut ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N.Alimovga so‘zni berdi. U yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklar ekan, institutda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi va Vatan ximoyachilari kunini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy-amaliy chora-tadbiralar ishlab chiqilgan va amalga oshirlmoqda, bunga misol qilib bugungi kunda o‘tkazilayotgan tadbir yaqqol misol bo‘layotganligini aytib o‘tdi. So‘ng so‘z institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Tursunova, “Avtotransport” fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.Irgashev hamda Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidovalarga so‘z berilib ular o‘zlarining samimiy tilaklari bilan 03195 harbiy qism ofitserlari, serjantlari va soldatlarni tabrikladilar.

Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova xarbiylarga atab yozilgan “Asragil” she'ri barcha tadbir ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.

ASRAGIL

Har bir yurtning o‘z xalqi bor, nomi bor,
O‘tmishi bor, kechmishi bor, shoni bor.
Olloh bergan tuz-nasiba-noni bor,
O‘g‘lon, bugun o‘z nomingni asragil,
Or-nomusi vijdoningni asragil!

Ko‘hna yurtning daholari ko‘p bo‘lgan,
Elin qadrin, ilm qadrin xo‘p bilgan.
Kelajagim, avlodim deb xo‘p elgan,
Tarixingni, kechmishingni eslagil,
Xotirangni, o‘tmishingni, asragil!

Alpomishlar avlodisan, izisan,
Mustaqil yurt g‘ururisan, yuzisan.
Xalqimning sen qalqonisan, ko‘zisan.
Vataningni, qo‘rg‘oningni asragil!
Kelajaging, davroningni asragil!

Ko‘kda parvoz aylasalar lochinlaring,
Uyda kutar go‘zal yor ul Barchinlaring.
Bir qadamdir endi CHinu mochinlaring,
O‘g‘lon, bugun lochinlaring asragil!
Vafodor yor, Barchinlaring asragil!

Baxtigul Rashidova.

Targ‘ibot guruh o‘zlarining tayyorlab kelgan badiiy,xajviy hamda Vatanni madx etuvchi musiqali chiqishlar bilan, tadbir ishtirokchilarini qutladilar.SHundan so‘ng fakultet “Quvnoqlar va Zukkolar” jamoasi o‘zlarining xajviy va yumor ko‘rinishidagi o‘z chiqishlari bilan xarbiy xizmatchilarning kayfiyatini oshirishga o‘z xissalarini qo‘shdilar.

Tadbirda muddatli xarbiy xizmatda o‘zining xarbiy bilimi, jangovor va jismoniy tayyorgarligi bilan yaxshi natijalarga erishgan quyidagi: Gapparov O‘lmasjon Baxtiyorjon o‘g‘li, Baxriev SHoxruxmirzo Bobur o‘g‘li, Ro‘ziqulov Ramish SHodmon o‘g‘li va boshqa askarlar institut va “Avtotransport” fakulteti rahbariyati tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Fakultet talabalari va mexmonlarga xarbiy qism xayoti aks etgan lavhalar,xarbiy texnikalar va xozirgi kunda milliy armiyamizdagi zamonaviy xarbiy qurol-yaroqlar bilan tanishtirib o‘tishdi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi.

Tadbirdan lavhalar

 

“Avtotransport” fakulteti ma'naviy
ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 180 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram