UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Vatan ximoyasi muqaddas burch

2017-01-07 / 18:35

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi va 14 yanvar “Vatan ximoyachilari kuni” munosabati bilan Jizzax Politexnika instituti va “Binolar va MII” fakulteti jamoasi tomonidan 2017 yil 7 yanvar kuni viloyatimizdagi 08918-harbiy qismga tashrif buyurib, harbiy qismdagi barcha ofitser va asraklarning kayfiyatini oshirish, ularning ona vatanimiz sarxadlarini mardonavor qo‘riqlashdagi xizmatlarini ardoqlash, kasb bayramlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida “Vatan ximoyasi muqaddas burch” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda quyidagilar;

  • Institut ma'naviyat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova,
  • Institut “xotin-qizlar” qo‘mitasi raisi B.Tursunova,
  • “Binolar va MII” fakulteti dekan muovini M.Mirzabekov,
  • “Binolar va MII” fakulteti talabasi B.Qo‘shboqova
  • “Binolar va MII” fakulteti talabasi L.Po‘latova
  • “Binolar va MII” fakulteti talabasi M.Nazirovalar

barcha xarbiylarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularning samarali mehnat faoliyatilariga bag‘ishlangan samimiy qutlovlarini va vatanni madx etuvchi she'rlarni o‘qib berdilar. Shundan so‘ng institut “Quvnoqlar va Zukkolar” jamoasi o‘zlarining xajviy va yumor ko‘rinishidagi o‘z chiqishlari bilan xarbiy xizmatchilarning kayfiyatini oshirishga o‘z xissalarini qo‘shdilar.

Mardlar asrar bo‘stonini

Vatan bilsang – Ona demak,
Kerak uni jondan sevmak.
Ogox bo‘lgin, bo‘lgin sergak,
Saqla yurtimning shonini,
Asragandek iymonini.

Jahon ichra manzur bo‘ldik,
Qay jabxada mashxur bo‘ldik.
O‘ksik edik, g‘urur bo‘ldik
Chaman etib har yonini,
Mardlar asrar bo‘stonini.

Kim edigu, bugun kimmiz?
Qara, tenglar ichra tengmiz.
Kimga tushu – kimga chinmiz.
YOdda saqla har onini,
Qo‘ldan berma imkonini.

Karvonlarim ketib borar,
Manzilga ham etib borar
Bizdan yaxshi nomlar qolar
Tikib jonga bu jonini,
Asrar O‘zbekistonini.

B.Rashidova

Shundan so‘ng institut jamoasi tomonidan xarbiy qismdagi bir gurux ofitser va askarlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Jumladan;

  • podpolkovnik Umarqulov Qodir
  • mayyor Shaymonov O‘tkir
  • mayyor Ibragimov Baxtiyor
  • kapitan Mamadimov Axror
  • kapitan Baxromov Umarali
  • serjant Jo‘raev Sarvar
  • oddiy askar Xaitov Doston

Shundan so‘ng estrada yulduzi Islom Ergashev tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy qo‘shiqlarni xirgoyi qilib, xarbiy xizmatchilarning kayfiyatini yanada ko‘tarishga o‘z xissasini qo‘shdi. Institut jamoasi va xarbiy xizmatchilar tomonidan o‘yin tashkil etildi. Tadbir yakunidan barcha tadbir ishtirokchilari estalik rasmlarga tushishdi.

Tadbirdan lavhalar

   
   
   
   

“Binolar va MII” fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini
M.S.Mirzabekov

O'qildi: 128 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting