UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH

2017-01-06 / 17:44

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi "Vatan himoyachilari kuni va O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining tashkil etilganligini 25 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi F-4766-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash hamda institut talabalarida Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun daxldorligi va mas'ullik tuyg'usini yanada kuchaytirish maqsadida 14 yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida Jizzax politexnika instituti "Avtotransport" fakulteti, "Sanoat texnologiyalar" fakulteti, "Binolar va muxandislik inshootlari injiniringi" fakultetilari tomonidan 2016/2017 o'quv yili uchun ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida tashkil etilgan targ'ibot-tashviqot guruhi joriy yilning 6 yanvar kuni"VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH"mavzusida 51683 - 52016 harbiy qism ofitserlari, serjantlari va soldatlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazdi.

Tadbirda institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori N.Alimov, Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i B.Rashidova, institut xotin-qizlar qo'mitasi raisi B.Tursunova, "Avtotransport" fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini X.Irgashev, "Sanoat texnologiyalar" fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini U.Nurillaev, "Binolar va muxandislik inshootlari injiniringi" fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini M.Mirzabekov institut badiiy raxbari I.Ergashev iqtidorli va faol talabalardan B.Qo'shboqova, S.Sa'dullaeva, L.Po'latova M.Nazirova, D.Isaqulov, SH.Nomozov hamda institutning "QVZ" jamoasi E.Islomov, T.Bobobekov va U.Ziyoevlar ishtirok etdilar.

51683 harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari Rajapov Shavkat tadbirni ochib yig'ilganlarni bayram bilan qutlab, navbatni Jizzax politexnika institut targ'ibot guruhiga berdi. Targ'ibot guruh o'zlarining tayyorlab kelgan badiiy, xajviy hamda Vatanni madx etuvchi musiqali chiqishlar bilan, tadbir ishtirokchilarini qutladilar.

Tadbirda 51683 xarbiy qism kichik serjanti O.Abdumo'minov, 52016 xarbiy qism kichik serjanti Q.Xaitalievlar xarbiy va Vatanparvarlik ruxidagi qo'shiqlari bilan tadbirga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.Tadbir so'ngida o'zining xarbiy bilimi, jangovor va jismoniy tayyorgarligi bilan yaxshi natijalarga erishgan quyidagi: serjant SH.Xusanov, serjant S.Narziev va kichik serjant Q.Xaitalievlar institut raxbariyati tomonidan estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimidan so'ng Jizzax politexnika instituti targ'ibot guruhi va talaba yoshlar Vatan uchun jonini fido qilgan Yurtimiz o'g'lonlari bag'ishlangan "Vatan aziz-jasorat mangu!" xotira burchagi, xarbiy qismning sportda erishgan yutuqlari, xarbiy texnikalar bilan tanishdilar.

Tadbirdan lavhalar

   
   
   
   

"Avtotransport" fakulteti ma'naviy ma'rifiy
ishlar bo'yicha dekan muovini: Irgashev X.N.

"Sanoat texnologiyalar" fakulteti ma'naviy-ma'rifiy
ishlar bo'yicha dekan muovini: U.Nurillaev

"Binolar va muxandislik inshootlari injiniringi" fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini: M.Mirzabekov

06.01.2017y

O'qildi: 157 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram