UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi

2016-12-26 / 18:21

Jizzax Politexnika institutida O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlab "Bino va muxandislik inshoatlari injiniringi" fakulteti "Avtomobil yo'llari" kafedrasi, institut xotin - qizlar qo'mitasi va institut axborot resurs markazi bilan birga adabiy kecha o'tkazildi. O'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo'shgan xalqimizning sevimli shoiri, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib mustaqil mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligining qutlug' ayyomi arafasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini adabiyot bayrami sifatida nishonlash to'g'risida"gi qabul qilingan qarori talabalar tomonidan ko'tarinki ruhdakutib olinganligi ushbu tadbir jarayonida yaqqol ko'rindi.

Ushbu tadbirni fakultet ma'naviy –ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini M. Mirzabekov kirish so'zi bilan ochdi. U o'zining ma'ruzasi davomida shoirning o'zbek adabiyotida tutgan o'rni, ijodiy merosi to'g'risida batafsil to'xtalib o'tdi.

Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan shoir ijodidan namunalar o'qildi. 447-14 TIF guruhi talabasi Isroilov Komil tomonidan "O'zbegim", 254-16 AY va A guruxi talabasi Jabboraliev Doniyor tomonidan "Nido", 447-14 TIF guruxi talabasi Ahmedov Firdavs tomonidan "Ey do'st" kabi she'r va dostondan namunalar o'qildi.

Undan so'ng shoir hayoti va ijodi to'g'risida videofilm namoyishi ko'rsatildi.

Tadbirdan lavhalar

   
   
   

Kafedra mudiri :
R.Hamraqulov

Ma'sul:
D.Qosimova

O'qildi: 245 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: