UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Talaba yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish

2016-12-22 / 17:47

"Avtotransport" fakultetining 2016/2017 o'quv yili dekabr oyida ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 22 dekabr kuni soat 10:00 Jizzax politexnika instituti "Avtotransport" fakulteti xamda "Avtomobilda ekologik xavfsizligi" kafedrasi bilan birgalikda institutning majlislar zalida,"Talaba yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish" bo'yicha tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Jizzax shaxar ichki ishlar bo'limi taklif etilgan kapitan Qarshiboev Otabek,Egamqulov Berdiyor "Avtotransport" fakulteti professor o'qituvchilar hamda "Avtomobilda ekologik xavfsizlik" kafedrasi guruh murabbiylari va talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Institutning ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo'yicha prorektori N.N.Alimov so'z olib bugungi kunda yurtimiz yanada gullab yashnayotgani, mustaqillik davrida erishilgan yutuqlar, talabalar va professor-o'qituvchi xodimlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida, institutdagi amalga oshirilayotgan ishlar va yutuqlar haqida yig'ilish qatnashchilariga ma'lumotlar berdi. Jumladan, u: "YUtuqlarimiz bilan birga yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklarimiz ham mavjud. Ayniqsa, bugungi kunda ayrim yoshlarning bilib - bilmay jinoyatchilik ko'chasiga kirib qolayotganligi, jinoyatchilik va xuquqbuzarlikning ko'payib borayotganligi bizni tashvishga solmoqda. Xalqimizda ibratli bir gap bor. "Kasallikni davolashdan ko'ra, uning oldini olgan ma'qul". Biz ham bugungi kunda talabalar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik to'g'risida juda ko'p amaliy ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Jumladan, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga e'tibor qaratilmoqda. Turli tadbirlar, jumladan, huquq va Konstitutsiyani o'rganishga oid tanlovlar, suhbatlar, bahs-munozaralar va sport musobaqalari tashkil etib borilmoqda. Talaba-yoshlar o'rtasida "Talaba yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish","Ogohlik davr talabi" ruknlari ostida soha mutaxassislari, dinshunos olimlar, diniy idora xodimlari, huquq tartibot organlari vakillari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari o'tkazish institut jamoasi orasida yo'lga qo'yilgan.

Shundan so'ng Jizzax shaxar ichki ishlar bo'limi kapitani Qarshiboev O. so'zga chiqib bugungi kunda Jizzax shaxrida ikkita oliygox bo'lib unda 13821 nafar talabalar tahsil olib kelayotganligini aytib o'tdi. Bugungi kunda YUrtboshimiz tomonidan yaratilib berilayotgan shart sharoitga qaramasdan yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklar bo'layotganligi ayanchli xol ekanligini aytib, o'tgan 2015 yilning noyabr oyigacha 15 ta jinoyat sodir etilgan bo'sa, bu ko'rsatgich joriy yilning noyabr oyigacha 16 tani tashkil etilganligi, bular ichida talaba yoshlarni borligi misollar bilan aytib o'tdi.

Jizzax shaxar ichki ishlar bo'limi kapitan B. Egamqulov o'zining so'zida kirib kelayotgan yangi yil bayramlari bilan talaba yoshlarni tabriklab, bayram oldi va qishqi ta'tillarni talaba yoshlar hamda jamoa bilan birgalikda ko'taringi kayfiyatda, ko'ngilsiz xodisalarsiz va jamoat tartibini saqlagan holda olib borishligini aytar ekan, shuning bilan perotexnika vositalardan foydalanish mumkin emasligini, bemaqsad tungi vaqtlarda yurmaslikni, bilib bilmay jinoyat yo'liga kirib qolmaslikni aytib o'tdi. SHuningdek, B.Egamqulov talabalar o'rtasida huquqiy ong, huquqiy madaniyat, uning zaruriyati, huquqiy demokratik jamiyat sari borayotganligimiz, har birimiz hushyor va ogoh bo'lishimiz lozimligi, loqaydlik barcha illatlarning sababchisi ekanligi haqida qatnashchilarga tushuncha berdi. Bugungi kunda viloyatda yuz bergan ayrim huquqbuzarlik holatlari bo'yicha misollar keltirdi.

Tadbir davomida talaba yoshlarga O'zbekiston telekanali orqali namoyish etilgan "Xoinlik" filmi taqdim etildi. Namoyishdan so'ng talabalar film haqida o'z fikr mulohazalari bilan ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda muhokama etishdi.

Tadbirdan lavhalar

   
   
   
"Avtotransport" fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo'yicha dekan muovini
Irgashev X.N.
22.12.2016 yil

 

O'qildi: 223 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram