UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

Erkin Voxidov ijodining o'zbek adabiyoti tarixida tutgan o'rni

2016-12-21 / 15:20

"Avtotransport" fakultetining 2016/2017 o‘quv yili dekabr oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 10 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 dekabrdagi PQ-2668-sonli qarori ijrosini ta'minlash to'g'risida”gi 501-sonli buyrugini ta'minlash maqsadida joriy yilning 21 dekabr kuni soat 10:00  Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti xamda “Kasb ta'limi” kafedrasi bilan birgalikda institutning majlislar zali,“Erkin Voxidov ijodining o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni” ma'naviy ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.  

Tadbirda "Avtotransport" fakulteti professor o'qituvchilar hamda "Kasb ta'limi" kafedrasi guruh murabbiylari va talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Institutning ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo'yicha prorektori N.N.Alimov ochib berdi va quyidagi fikrlarni aytib o'tdi.

El suygan shoir Erkin Vohidov ijod bugungi kunda nafaqat O'zbekistonda balki butun jaxonda o'rganilmoqda.Ustoz shoirning she'riyatga oshno bo'lishlarida G'ayratiy to'garagi, Mirtemir seminari, O'zbekiston Milliy universitetidagi ijodiy muhit katta ta'sir qilganligini qo'p marta e'tirof etganlar.

Erkin Vohidov shoir sifatida shakllangan elliginchi yillar o'rtalari, 60 -yillar boshlari jamiyatda yangi ruh, yangicha qarashlar qaror topayotgan davr edi; adabiyot va san'atda ham yangilanish belgilari paydo bo'ldi, ijod zaminiy hislarga, haqiqatga, inson qalbi manzaralariga yaqinlasha boshladi. Biroq bu jarayon osonlikcha kechgani yo'q. SHoirning she'rlari 50-yillar boshida yozgan tabiat manzaralari haqidagi bolalarcha sodda mas'um satrlaridan tortib, 1992 yili chop etilgan mardona, shafqatsiz haqiqat yog'dulari bilan yo'g'rilgan, o'zini chuqur taftish etgan qalb tug'yonidan iborat she'rlariga qadar bosib o'tgan ijodiy yo'liga nazar tashlanganda, bunga yana bir bora iqror bo'lasan kishi.

SHundan so'ng "Avtotransport" fakulteti "Kasb ta'limi" kafedrasi katta o'qituvchisi G.K.Soatovaning Erkin Voxidovning hayoti va ijodi xaqida taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirdan lavhalar

   
   

Taqdimotdan so'ng tadbirga taklif qilingan mexmonlardan Jizzax Davlat Pedagogika instituti "O'zbek adabiyoti" kafedrasi dotsenti U.Qosimovning "Mehr va sadoqatga yo'g'irilgan ijod" mavzusida ma'ruza qildi.

1936 yil. Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tug'ildi. Tog'asi yurist Karim Sahiboev qo'lida tarbiyalanadi.
1945-55-yillar. O'rta maktabda o'qidi, Ostrovskiy nomli o'quvchilar saroyida shoir G'ayratiy rahbarlik qilgan to'garakka qatnaydi.
Birinchi she'ri 7-sinfda o'qiyotgan paytida "Mushtum" jurnalida chiqadi.
1955-60 yillar. ToshDU(hozirgi O'zb.Milliy universiteti)ning filologiya fakultetida tahsil oladi.
1960-63 yillar. "YOsh gvardiya" nashriyotida muharrir. "Buyuk hayot tongi" dostonini yozdi.
1961 yil. Birinchi she'rlar to'plami - "Tong nafasi" nashr etildi.
1962 yil. "qo'shig'imiz sizga" she'riy kitoi bosildi.
1963-70 yillar. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir, bo'lim mudiri, bosh muharrir.
1963 yil. "YUrak va aql" she'riy to'plamini nashr ettiradi.
1964 yil. Sergey Eseninning "Fors taronalari"ni tarjima qiladi.
1965 yil. "Nido" dostoni yaratiladi.
1966 yil. "Palatkada yozilgan doston" asarini yozadi.
1969 yil. "YOshlik devoni" kitobi bosildi, "Oltin devor" komediyasi sahnalashtirildi.
1970 yil. "CHarog'bon" she'riy kitobi (undan "CHarog'bon" dostoni o'rin olgan) chrp etildi.
1970- 75 yillar. Nemis shoiri Iogan Volfgang Gyotening "Faust" tragediyasini tarjima qildi.
1972 yil. "Quyosh maskani" dostoni yozildi.
1975 yil. "Hozirgi yoshlar" she'riy to'plami, "Baxmal" asari yaratildi.
1975-82 yillar. "YOsh gvardiya" nashriyotida muharrir.
1976 yil. "Muhabbat" she'riy to'plami bosildi.
1978 yil. "Tirik sayyoralar" she'riy to'plami chiqdi.
1980 yil. "Ruhlar isyoni" dostonini yozdi.
1981 yil. "SHarqiy qirg'oq" she'riy to'plami yaratildi.
1982 yil. "Ko'hi nur" dostoni yozildi.
1982 yil. "YOshlik" jurnali bosh muharriri.
1983 yil. "Kelajakka maktub" she'riy kitobi yaratildi.
1983 yil. "SHarqiy qirg'oq", "Ruhlar isyoni" dostoni uchun respublika Davlat mukofoti berildi.
1986 yil. "Bedorlik" she'riy kitobi chop etildi.
1986 yil. Ikki jildlik "Saylanma" ("Muhabbatnoma" va "Sadoqatnoma") she'riy to'plami bosildi.
1986 yil. "Istambul fojiasi" dramasi yaratildi.
1986 yil. O'zbekiston xalq shoiri unvoni berildi.
1987 yil. "SHoiru she'ru shuur" kitobi bosildi.
1991 yil. "O'rtada begona yo'q", "Kuy avjida uzilmasin tor" she'riy kitoblari bosildi.
1991 yil. Turkiya yozarlar birligining YUnus Emro nomli mukofoti sohibi.
1996 yil. "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.
1999 yil. O'zbekiston qahramoni unvoni berildi.
2000 yil. "Ishq savdosi" kitobi chop etildi.
2001 yil. "SHe'r dunyosi", "Umrim daryosi" to'plamlari bosildi.
2006 yil. "O'zbegim" she'riy to'plami chiqdi.
2010 yil. "Orzuli dunyo", "Tabassum" kitoblari chop etildi.

U.Qosimovning qilgan ma'ruzasi tadbir ishtirokchilarga juda yaxshi ta'surot qoldirdi.

Jizzax Davlat Pedagogika instituti katta o'qituvchisi E.Nasrullaev xam so'zga chiqib E.Voxidov ijodi to'g'risida ma'lumotlar berdi. SHundan so'ng talabalar E.Voxidov hayoti va ijodi to'g'risida berilgan savollarga javoblar olishdi. "Avtotransport" fakulteti "Kasb ta'limi" kafedrasi talaba yoshlari tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlarini namoyish etishdi.

Tadbirdan lavhalar

   
   

O'zbek bo'lish oson emasdir
E.Voxidov
Inson har kim bo'lmog'i mumkin,
G'ayrat qilsa, qunt qilsa basdir.
Bir rutba bor olamda lekin –
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Ko'p yurt ko'rdim, ko'p kezdim jahon,
Ko'ra-ko'ra keltirdim imon:
Arab bo'lish, rus bo'lish oson,
O'zbek bo'lish oson emasdir.

YAponchilik demaydi yapon,
Nemischilik demaydi olmon,
O'zbekchilik bor bo'lsin omon,
O'zbek bo'lish oson emasdir.

O'zbek bo'lish fidolik demak,
Rohatidan judolik demak,
SHa'n deb, or deb adolik demak,
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Dini – poklik, insof, muruvvat,
Tariqati – mardlik, futuvvat,
Do'sti – mehnat, yori – uqubat,
O'zbek bo'lish oson emasdir.

U hammani o'ylashi kerak,
Ko'ngil olish, yo'qlashi kerak.
O'zbek qachon uxlashi kerak?
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Bolasiga makka, mosh bergan,
Dosh qozonda yurtga osh bergan,
Bormi bundoq urfga dosh bergan,
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Bitmas ishni bitiruvchi xalq,
Yo'qni topib keltirguvchi xalq,
Eguvchimas, edirguvchi xalq
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Og'iz ochmas kamu ko'stidan,
Hasadgo'y ko'p lekin do'stidan,
Oshini eb kular ustidan.
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Qonda bor fe'l – himmati baland,
Fayz-baraka shu fe'lga monand.
Ming yillarni ko'rgan donishmand
O'zbek bo'lish oson emasdir.

O'zbek azal yaralgan omil,
Fanda ustoz, hunarda komil
Fotihlarga dars bergan oqil
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Necha bo'lib yo'qlikka mahkum,
Tildan, dindan bo'lmagan mahrum,
Sinib, singib ketmagan mardum –
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Dahriylikka aslo ko'nmagan,
Gah deganda qo'lga qo'nmagan,
Janozasiz o'lik ko'mmagan
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Millat hissi borki, kurashar,
Millatman deb jam bo'lib yashar.
O'z yo'lini tanlagan bashar
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Yangi asr, yangi davronda,
Nizolarga to'la jahonda,
Zo'rlar to'qnash kelgan makonda
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Bu idroku farosat asri,
Kurash asri, jasorat asri,
Sabru bardosh, matonat asri
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Vatanida yangi bir vatan
Qurayotir o'zbek qaytadan,
Oson emas, takror aytaman,
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Dast ko'tarmoq zamona yukin,
Yurt asramoq obod va to'kin
Engil ishmas, ayniqsa bukun
O'zbek bo'lish oson emasdir.

She'rim bitdi ayni tong sahar,
Zuhro mayin to'kar edi zar.
SHu yulduzdek bag'rida gavhar
O'zbek bo'lish oson emasdir.

Qalbi to'la mehru ziyoga,
E'tiqodi yolg'iz Xudoga,
Labbayka, deb kelgan dunyoga
O'zbek bo'lish oson emasdir.

"Avtotransport" fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo'yicha dekan muovini
Irgashev X.N.

Kasb ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi
Soatova G.K.
21.12.2016 yil

O'qildi: 360 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: