UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Chiganoqlar malikasi nomli ovozsiz kinokomediya

2016-12-19 / 11:57

Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili dekabr oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 19 dekabr kuni soat 16:00 -da Y.Rajabiy nomli  viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2016 yil 9 noyabrdagi 10/32324-sonli xati ijrosi yuzasidan Olmon ijodkorlari suratga olgan “Chig‘anoqlar malikasi” nomli ovozsiz kinokomediya filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax shahridagi muhtasham viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan tadbirda Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti professor-o‘qituvchilari, guruh murabbiylari va talaba yoshlari ishtirok etdi.

“Chig‘anoqlar malikasi” filmini  berlinlik mashhur rejissyor Ernst Lyubich suratga olgan. Kartina 1919 yili Berlin shahridagi Kurfyurstendamm kinoteatrida ilk bor namoyish etilgan. Ernst Lyubich (1892–1947) tragik va satirik ohanglarga boy komedik filmlar suratga olgan atoqli olmon rejissyori hisoblanadi. 1922 yilda Hollivudga ketgunga qadar u qisqa muddat Germaniyada ijodiy faoliyat yuritgan.

Mashhur “Chig‘anoqlar malikasi” nomli ovozsiz kinokomediyasi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari tashabbusi bilan namoyish etildi. Bu esa albatta ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikning yorqin namunasi deb baholash mumkin. Ushbu kinokomediya barcha tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

“Avtotransport” fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo‘yicha dekan muovini
Irgashev X.N.

O'qildi: 201 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram