UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi baxtimiz qomusi

2016-12-07 / 17:52

Joriy yilning 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  baxtimiz qomusi” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi  boshlig‘i o‘rinbosari B.I.Umirzoqov, “Kamolot” YOIH Jizzax shaxar Kengashi raisi G‘.Xosilmurodov va “Kamolot” YOIH viloyat Kengashi bo‘lim boshlig‘i E.Norpo‘latov, institut rektori A.K.Usmankulov hamda institut prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, professor- o‘qituvchi va xodimlar va talabalar ishtirok etishdi.

Tantanali yig‘ilishni institut ma'naviyat va ma'rifat ishlari prorektori N.Alimov kirish so‘zi bilan ochdi. Bugungi tadbirning mazmun va mohiyati  haqida gapirib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali yig‘ilishga taklif etilgan mehmonlar bilan tanishtirdi. SHundan so‘ng so‘zni institut rektori Alisher Kadirkulovich Usmankulovga berdi.

Institut rektori Alisher Usmankulov barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi bilan qizg‘in muborakbod etgan holda, Konstitutsiyaning mazmun va mohiyati, uning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni va konstitutsiyaning  paydo bo‘lish tarixi to‘g‘risida, 24 yilda erishilgan yutuqlar, har birimizning konstitutsiyaviy huquq va burchlarimiz haqida so‘z yuritdi. Bu borada institutimizda qanday ishlar olib borilayotganligi, amalga oshirilgan ishlar, ko‘rik- tanlovlar, talabalarning  ilmiy konferensiyalari, insho-tanlovlar, Konstititutsiya haftaligining qay darajada o‘tkazilganligi hamda erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng so‘z navbati Jizzax viloyat adliya boshqarmasi  boshlig‘i o‘rinbosari Umirzoqov Bobur Ilxomovichga berildi.
Bobur Umirzoqov Konstitutsiyalarning tarixi, uning turlari, shakllari, bugungi kunda amalda bo‘lgan Konstitutsiyamizning boshqa Konstitutsiyalardan afzal taraflari, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga ma'lumotlar berdi. YOshlarni Konstitutsiyani chuqur bilishga, unga to‘liq amal qilishga, unda berilgan huquq va imkoniyatlardan unumli foydalanishga,  Mustaqil O‘zbekistonimizning  munosib farzandlari bo‘lishga chaqirdi.

Yig‘ilishda “Kamolot” YOIH Jizzax shahar Kengashi raisi G‘.Hosilmurodov va “Kamolot” YOIH viloyat Kengashi bo‘lim boshlig‘i E.Norpo‘latovlar so‘zga chiqib,Konstitutsiyamizning qabul qilinishi, unga kiritilgan o‘zgartirishlar, bugungi kunda yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar, yoshlar oldida turgan vazifalar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

SHundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan viloyat aholisi orasida va institutning jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalardan bir guruhi institutning faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan  taqdirlandi.
Tadbirning 2-badiiy qismida fakultetlararo “Konstitutsiya mamlakatimiz taraqqiyotining va jamiyatimiz farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda institut “Avtotransport” fakultetining “Qalqon” hamda “Bino va muxandislik inshootlari injiniringi” fakultetining “Adolat” jamoalari 4 ta shart asosida bellashdilar. Bellashuvni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi  boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Umirzoqov boshchiligidagi hakamlar hayati baholab bordi.  Bellashuv shartlari natijalariga ko‘ra “Avtotransport” fakultetining “Qalqon” jamoasi 117 ball to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib jamoa hamda ishtirokchilar viloyat adliya boshqarmasi, “Kamolot” YOIH viloyat  va shahar Kengashlari va institutning faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari  bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir Jizzax viloyat va shaxar televideniyasi orqali keng yoritildi.

Ma'naviy-ma'rifiy
ishlar bo‘yicha prorektor N.Alimov

O'qildi: 233 | Reyting: 9.75 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram