UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Biz taraqqiyot va yorqin kelajak uchun ovoz beramiz!

2016-11-29 / 17:51

"Avtotransport" fakultetining 2016/2017 o'quv yili noyabr oyida ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 29 noyabr kuni soat 10:00 -da Jizzax viloyat Y.Rajabiy nomli drama teatrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada boyitish maqsadida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi tashabbusi bilan partiyadan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko'rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoevni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan "Biz taraqqiyot va yorqin kelajak uchun ovoz beramiz!" shiori ostida Yoshlar aksiyasi o'tkazildi.

Jizzax shahridagi muhtasham viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan tadbirda Jizzax politexnika instituti "Avtotransport" fakulteti professor-o'qituvchilari,gurux murabbiylari va talaba yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirni O'zLiDeP viloyat Kengashi apparat rahbari Vahobjon Norboev hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi O'zLiDeP deputati Erkin Xolbo'taevlar kirish so'zi bilan ochib berdilar. Ma'ruzachilar o'z so'zlarida 2016 yil 4 dekabr kuni bo'lib o'tadigan saylovda aholining, ayniqsa, yoshlarning ishtiroki muhim ekanligi, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar kun sayin ortib borayotganligi, xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod SHavkat Miromonovich Mirziyoevning saylovoldi dasturida ham yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning bilim olishlari va kasb-hunar egallashlari, tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun yaratiladigan sharoit va imtiyozlar haqida to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, joriy yil qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonun mazmun-mohiyati va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari va uni ro'yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarining, xususan siyosiy partiyalarning ishtiroki haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Yoshlarning katta qiziqishi, tashabbusi hamda jo'shqin kayfiyati bilan o'tkazilgan mazkur tadbirda viloyatdagi san'at kollejining talabalari ijrosida turli kasb egalarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturi haqidagi fikr-mulohazalari aks ettirilgan sahna ko'rinishi namoyish etildi. Bundan tashqari viloyatdagi ilk bor ovoz berayotgan yosh ijodkorlar ham nomzodning saylovoldi dasturidagi ijod ahliga berilgan e'tibordan naqadar ruhlanganliklarini o'z she'rlari orqali ifoda etishdi.
O'z o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil etilganligiga endigina 13 yil bo'lishiga qaramasdan 150 mingga yaqin yoshlarni o'z a'zoligiga qabul qildi. Shundan 10 mingdan ziyodini viloyatimizning faol yoshlari tashkil etadi. YOsh avlodni faollikka chorlashda partiyamizning "YOsh fermer", "Ishbilarmon talaba", "YOsh olimlar va mutaxassislar", "Parlamentda mening o'rnim", "Xavfsiz internet" kabi loyihalarining o'rni beqiyos bo'lib kelmoqda. Ularning barchasida Jizzax viloyati yoshlari o'zlarining iqtidor-u iste'dodlari, g'ayrat-u shijoatlari bilan ajralib turibdi.

Tadbir viloyatdagi yosh iste'dodli san'atkorlarnig chiqishlari bilan davom etib, ular ijrosidagi Vatanni madx etuvchi qo'shiqlar yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Aksiya "Vatan kelajagi uchun ovoz bering"!"Yurt ravnaqi uchun ovoz bering"! "Mirziyoev uchun ovoz bering"! hamda "Birgalikda biz kuchmiz" degan yoshlarning birgalikdagi chaqiriqlari bilan yakunlandi.

"Avtotransport" fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo'yicha dekan muovini 
Irgashev X.N
29.11.2016 yil

O'qildi: 193 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting