UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Sud huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli ximoya qilish kafolatlarini ximoya qilish chora tadbirlari to'g'risida

2016-11-24 / 17:22

O'zbekiston Respublikasi  Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Jizzax politexnika institutida 24 noyabr kuni  "Avtotransport" fakultetida bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 yildagi PF-4850 "Sud huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli ximoya qilish kafolatlarini ximoya qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi  farmoni yuzasidan tadbir bo'lib o'tgan.

Joriy yilning 24 noyabr kuni Jizzax politexnika instituti "Avtotransport" fakulteti, "Komolot" YOIH boshlang'ich tashkiloti xamda O'zbekiston Respublikasi yuristlar malaka oshirish markazi  xamkorligida, O'zbekiston Respublikasi prezidentining 21.10.2016 yildagi  PF-4850 "Sud huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli ximoya qilish kafolatlarini ximoya qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmoni bo'yicha tadbir o'tgazildi. Tadbirni inistitutning ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori N.Alimov ochib berdi.

Shundan so'ng so'z O'zbekiston Respublikasi yuristlar malaka oshirish markazi tinglovchisi Ikromov Bunyod Baxriddinovichga berildi. U o'z so'zida O'zbekiston Respublikasi prezidentining PF-4850 farmoni chora tadbirlari bilan yig'ilish qatnashchilariga qisqacha ma'lumot berdi.

Farmonning sud hokimiyati mustaqilligi asoslarini mustahkamlovchi alohida ahamiyatli tomoni adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash bo'yicha vazifa va vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o'tkazilayotganidir.

Ushbu chora sudlarning mustaqilligi va ularning faoliyatiga aralashmaslikning qo'shimcha kafolatlarini yaratadi. Shu bilan birga, farmonga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo'jalik sudi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralarga 2017 yil 1 iyulga qadar ilg'or xorijiy tajribani o'rgangan holda quyidagi masalalar bo'yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash topshirildi:

Sud-prokuror xodimlarining malakasini oshirish va rahbar kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

Protsessual harakatlarni amalga oshirishda voyaga etmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta ko'rib chiqish;

O'zbek xalqining ezgulik va rahmdillik kabi ko'p asrlik an'analariga mos bo'lgan yarashuv institutini jinoyat protsessida qo'llash doirasini kengaytirish. Bu norma qonunni chetlab o'tgan, sodir etgan qilmishidan pushaymon bo'lgan va etkazilgan ziyonni qoplagan fuqarolarni javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi;

ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan ayrim turdagi jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish;

jabrlanuvchining arizasi asosida jinoyat ishi qo'zg'atilishi mumkin bo'lgan jinoyat tarkiblari ro'yxatini kengaytirish;

elektron tartibda sud va ijro ishi yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, odil sudlovga erishishning ilg'or mexanizmlarini joriy etish orqali odil sudlov sifatini oshirish. Bu tashabbusning amalga oshirilishi sud faoliyatining samaradorligiga, shuningdek "Elektron hukumat to'g'risida"gi Qonunni amalga oshirish doirasida respublikani rivojlantirishning zamonaviy bosqichi talablariga to'liq asoslangan odil sudlovning jamoatchilik uchun ochiqligi, shaffofligi va erkinligi prinsiplarini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qiladideya o'z so'zini yakunladi.

"Avtotransport" fakulteti ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 174 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram