UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

"Prezident saylovi demokratik yangilanish va isloxotlar kozgusi"

2016-11-26 / 16:30

Jizzax politexnika instituti “Binolar va MII” fakulteti tomonidan “Prezident saylovi – demokratik yangilanish va isloxotlar ko‘zgusi” darslari tashkil etildi. Ushbu darslarga N.Alimov – Institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, Rashidova Baxti – institut ma'naviyat bo‘limi boshlig‘i, Xolbekova Mavluda – “O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Mirzabekov Mirkomil - “Binolar va MII” fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari taklif etildilar va professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtrok etishdi.

Tadbirni Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.Alimov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida institutda amalga oshirilayotgan ma'naviy va ma'rifiy ishlarning asosiy mazmun mohiyati, institut jamoasi va talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbiga Vatan tuyg‘usi, insonparvarlik, mehnatsevarlik, jamiyatga fidoiy insonlar bo‘lib etishish tuyg‘ularini shakllantirish uchun yo‘naltirilganligi haqida so‘z yurit, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 22.11.2016 yildagi 87-02-464 sonli xatiga asosan “Prezident saylovi – demokratik yangilanish va isloxotlar ko‘zgusi” mavzusidagi darslarini namunali tashkil etish lozimligini aytib, Prezident saylovi, demokratik jamiyat va islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, darsni institutning ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova ochib berdi  va quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi.

Ta'kidlash kerakki, demokratiyaning eng ta'sirchan mexanizmi xam saylovlardir. Demokratiya va saylov tushunchalari doimiy yonma yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Aslida xam, saylov-demokratiya degani, demokratiya bu saylov, demakdir. Hozirgi davrda demokratik  siyosiy tartib joriy qilingan  mamlakatlar siyosiy-huquqiy tizimining asosiy qoidasiga aylangan saylash va saylanish huquqi o‘zining uzoq o‘tmishiga ega. Davlatning alohida vakolatga ega bo‘lgan ayrim organlarini va mansabdor shaxslarini saylash qadimgi davrlarda Xitoy, Xindiston, Afina, Rim kabi mamlakatlarda rasm bo‘lgan deb ma'lumotlar berdi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan “O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Xolbekovaga so‘z berildi. U “Prezident saylovi – demokratik yangilanish va isloxotlar ko‘zgusi” mavzusi bo‘yicha demokratik jamiyatda saylovlarning o‘rni va roli haqida, hozirgi davrda demokratik siyosiy tartib joriy qilingan mamlakatlar siyosiy-huquqiy tizimining asosiy qoidasiga aylangan saylash va saylanish huquqi haqida gapirib o‘tdi. O‘z navbatida, saylovlar bevosita jamiyatning siyosiy tizimini aks ettiradi va o‘z tomonidan unga ta'sir ko‘rsatadi. SHuningdek, saylov huquqi prinsiplari, talablari va shartlari haqida so‘z yuritdi. Saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari deganda, saylov jarayonini tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ustuvor qoidalar yig‘indisi haqida, saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplaridan biri bo‘lgan umumiy saylov huquqi prinsipi ma'lum yoshga etgan, aqli raso O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolarning saylovda ishtirok etish huquqiga ega ekanligini anglatishi, saylov o‘tkazishning ushbu asosiy prinsipining mazmun mohiyati shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi bir ovozga ega, ya'ni har bir saylovchi ovoz berish uchun faqat bitta ro‘yxatga kiritilishi.

Fuqarolik jamiyati bilan saylovlarning aloqadorligi asosan shu bilan belgilanadiki, fuqarolarning fikrlari va manfaatlarining xilma xilligiga asoslangan holda tashkil etilishi, davlat organlari fuqarolarning ishtiroki bilan adolatli saylovlar asosida tashkil etilmaydigan bo‘lsa, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda qonunga itoat etishini ta'minlashga, o‘tkir ijtimoiy qarama qarshiliklardan qochib-qutilishga imkoniyat bo‘lmaydi, demokratik saylovlar hokimiyat tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik prinsipi O‘zbekistonning saylov to‘g‘risidagi hamma qonunlarida o‘z aksingi topgan deb so‘z yuritdi. Bundan keyin saylov jarayoni va uning asosiy bosqichlari, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi, yashirin ovoz berish prinsipi, ixtiyoriylik tamoyili, oshkoralik tamoyili, nomzod ko‘rsatish va ularni ro‘yxatga olish, saylovoldi tashviqoti, saylov kompaniyasi boshlanganligini e'lon qilish, saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, mustaqil saylov komissiyalarining huquqiy maqomi, Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish va ro‘yxatga olish tartibi, fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tdi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini M.Mirzabekov fakultetdagi axloqiy va tarbiyaviy soxadagi ishlarning samaradorligi haqida so‘z yuritdi. U o‘z so‘zida fakultet talabalarining odob-ahloqi, tarbiyasi haqida, murabbiylar guruh talabalari bilan ishlash prinsiplari haqida shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari “Ustoz-shogird” milliy an'analariga asoslanishi lozim talabalarning o‘zaro munosabatlarida –– yagona jamoa, o‘zaro hurmat va e'tibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim, talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o‘zganing intelektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish, o‘zgalarga ma'naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon etkazish qat'iyan man etilishi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Ushbu darslar fakultetning Zal-1 va Zal-2 katta auditoriyalarida 300 nafar talabalar ishtirokida samarali tashkil etildi.

Yig‘ilish so‘nggida savol javoblar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda professor-o‘qituvchi hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga etarli va to‘liq javoblar qaytarildi. Yig‘ilish mazmunli, munozarali va qizg‘in tarzda o‘tdi.

“Binolar va MII” fakulteti dekani: A.Berdiqulov
“Binolar va MII” fakulteti dekan movini: M.Mirzabekov

Tadbirdan lavhalar

   
   
   
O'qildi: 233 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: