UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

"Prezident saylovi-demokratik yangilanish va islohotlar kozgusi"

2016-11-25 / 16:21

Joriy yilning 25 noyabr kuni soat 10:00 va 12:00 da Jizzax politexnika instituti Avtotransport fakulteti xamda “Komolot” YoIH boshlang'ich tashkiloti bilan birgalikda institutning majlislar zali, 1 o'quv zalida va murabbiiylik soatlarida “Prezident saylovi-demokratik yangilanish va isloxotlar ko'zgusi” mavzusida muloqot darslari tashkil qilindi.

Darsni inistitutning ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i B.Rashidova ochib berdi  va quyidagi fikrlarni aytib o'tdi.

Ta'kidlash kerakki, demokratiyaning eng ta'sirchan mexanizmi xam saylovlardir. Demokratiya va saylov tushunchalari doimiy yonma yon yuradi, ular o'zaro birlashib ketgan. Aslida xam, saylov-demokratiya degani, demokratiya bu saylov, demakdir. Xozirgi davrda demokratik siyosiy tartib joriy qilingan  mamlakatlar siyosiy-huquqiy tizimining asosiy qoidasiga aylangan saylash va saylanish huquqi o'zining uzoq o'tmishiga ega. Davlatning aloxida vakolatga ega bo'lgan ayrim organlarini va mansabdaor shaxslarini saylash qadimgi davrlarda Xitoy, Xindiston, Afina, Rim kabi mamlakatlarda rasm bo'lgan.

Shundan so'ng  O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi M.Xolbekova “Prezident saylovi-demokratik yangilanish va isloxotlar ko'zgusi” xaqida ma'ruza qildi.

Ma'lumki, saylov huquqi butun dunyoda umum e'tirof etilgan eng muhim va konstitutsiyaviy siyosiy huquqlardan biri bo'lib, u fuqarolarga nafaqat vakillik organlarini tashkil etish balki bunday organlarga o'z vakillarini yuborish, davlat boshlig'ini  saylash imkoniyatini xam beradi. Fuqarolar tomonidan ularning saylov huquqlarining xech to'siqsiz amalga oshirilishi ularning davlat boshqaruvida ishtirokining eng muhim shakllaridan biri xisoblanadi.

Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin xamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi xokimiyat va xar qanday xukumat qonuniyligining  asosi ekanligi va xar bir shaxsning  o'z  davlatini boshqarishda qatnashish huquqining amalga oshirilishi uchun yaratilgan imkoniyatga qarab, u yoki bu davlat qay darajada demokratik tamoyillar asosida yashayotganligiga baxo berish mumkin.

Saylovlar xozirgi zamon demokratiyasining muxim instituti, xalq o'z hohish irodasini ifoda etishi va siyosiy jarayonda, davlatni boshqarishda ishtirok qilishining asosiy shakllaridan biri va ayni paytda xokimiyat vakillik organlarini shakllantirishning usulidir. Saylovlar orqali nafaqat oliy davlat xokimiyati shakllantiriladi, shu bilan bir qatorda uning xalq oldidagi mas'ulyati ham oshadi.

   
   
   
   
   
   

"Avtotransport" fakulteti ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 186 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting