UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan institut rektorining bayram tabrigi

2016-09-01 / 09:03

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan institut rektorining professor-o'qituvchilar, talaba yoshlar va jamoaning barcha a'zolariga

BAYRAM TABRIGI

Hurmatli hamkasblar!
Aziz talabalar!
Qadrli jamoa a'zolari!

Bugun jamoamiz a'zolari xalqimizning eng ulug' va eng aziz shodiyonasi – Respublikamiz mustaqilligining chorak asrlik bayramini zo'r shodu xurramlik bilan kutib olishmoqda. Zero, mustaqillik erksevar xalqimiz uchun hayotimizning ma'no-mazmunini butunlay o'zgartirgan, jonajon Vatanimiz tarixida yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo'ldi. Siz azizlarni ana shu qutlug' shodiyonaning 25 yilligi bilan samimiy muborakbod etayotganimdan behad baxtiyorman.

Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan boshlab mamlakatimizda eski mustabid tuzumning qolip va aqidalaridan butunlay xoli bo'lgan, muhimi mustaqil fikrlaydigan, hayotga yangicha qaraydigan, ulkan bunyodkorlik ishlariga qodir bo'lgan yangi   yosh avlodni tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi yaratildi.

Muhtaram Yurtboshimiz ta'kidlaganidek "Chuqur va puxta o'ylangan, mashhur besh tamoyilga asoslangan, bugungi kunda jahon miqyosida "o'zbek modeli", deb tan olingan strategik taraqqiyot dasturini ishlab chiqib, uni amalga oshirganimiz, hech shubhasiz, tariximizda o'chmas iz qoldirdi".

Mamlakatimizdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablarining hayotga izchil tadbiq etilishi, ayniqsa iqtisodiy islohotlarning barcha sohada, jumladan oliy ta'lim tizimida muvaffaqiyatli joriy etilishi tufayli tub o'zgarishlar bo'lmoqda. O'tgan qisqa fursatda hozirgi zamon talabiga javob beradigan, kamida ikki-uchta kasb-hunarni, chet tillarni biladigan, Internet va axborot texnologiyalarini yaxshi o'zlashtirgan, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, chunonchi xorijdagi rivojlangan mamlakatlardagi tengdoshlari bilan bemalol bellashadigan yosh mutaxassislarni tayyorlash yo'lga qo'yilganligi bu sohada erishilgan eng katta yutug'imizdir.

Bu sohada erishilgan yutuqlarni sevimli institutimiz hayoti misolida ham yaqqol ko'rish mumkin.

Qadrli hamkasblar!

Bugun shuni alohida ta'kidlash kerakki, oliygohimiz qisqa muddat ichida ko'p tarmoqli mutaxassis-kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lum darajada tajriba to'pladi. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar muhayyo etilganidan har qancha faxrlansak arziydi.

Eng avvalo professor-o'qituvchilarimizning salohiyati oshdi. Ular endilikda chet ellardagi mashhur oliy o'quv yurtlari bilan o'rnatilgan hamkorlik doirasida ishlab, o'zlarining ilmiy va tashkiliy mavqeini  namoyish etishayotgani quvonchlidir. Ayniqsa keyingi yillarda ko'plab yosh mutaxassislarimiz Angliya, Italiya, SHvetsiya, YAponiya, Ruminiya, Ispaniya kabi davlatlarning oliygohlarida bo'lishib, hamkorlik doirasidagi ilmiy izlanishlar samaradorligini keskin oshirishga erishayaptilar. Ular bir necha Xalqaro loyihalarda ishtirok etib, o'z iqtidorlarini namoyish etdilar. MDH davlatlari olimlari bilan birgalikda "Gruziya, Ukraina va O'zbekistonda yuksak texnologiya muammolarini echishning oliy muhandislik ta'limi modernizatsiyasi" loyihasi ustida ish olib bordilar. SHu kabi harakatlar samarasi tufayli katta xalqaro anjumanlar institutimizda o'tkazilayapti. Professor-o'qituvchilarimiz esa xorijiy mamlakatlardagi ilmiy anjumanlarning faol ishtirokchilariga aylandi.

Aziz talabalar!

Ustozlarimizning ijodiy izlanishlari, intilishlari zamirida talaba yoshlarga puxta bilim berish, ularni malakali mutaxassis qilib tarbiyalashdek ulkan mas'uliyat turibdi. Zero, sizlarning etuk mutaxassis bo'lib etishishlaringiz uchun davlatimiz va hukumatimiz alohida g'amxo'rlik ko'rsatmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 iyundagi "Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to'g'risida" gi qarori va shu muhim hujjat asosida hozirda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tufayli oliygohimizning iqtisodiy negizi keskin mustahkamlanib salohiyati tobora oshmoqda. Tez kunlarda institutimizda 700 o'rinli zamonaviy o'quv-laboratoriya binosi, 150 o'rinli oshxona foydalanishga topshiriladi. Talabalar turar joyi butunlay yangi ko'rinishda bo'ladi. SHunday yaratuvchanlik ishlari uchun davlat byudjetidan 8 milliard so'mdan ziyod mablag' ajratilgan.

Respublika mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlab oliygohimizda hamjihatlik bilan o'tkazilgan rang-barang, biri-biridan mazmunli madaniy-ma'rifiy tadbirlar va ilmiy anjumanlar, sport musobaqalarida jamoamiz ahlining qutlug' to'yga munosib to'yonalar bilan borayotganligi xususida ko'p bor aytildi. Erishilgan bu g'alabalar barchamizni quvontiradi va hammamizdan yanada mas'uliyat bilan ishlashni, ta'lim olishni talab etadi.

Qadrli ustozlar, aziz talaba yoshlar!

Sizlarni va sizlar orqali oila a'zolaringizni yana bir bor Mustaqilligimizning 25 yillik bayrami hamda 2 sentyabr shodiyonasi – Yangi o'quv yilining boshlanishi bilan qizg'in tabriklayman. Sizlarga a'lo o'qish hamda ijodiy ishlaringizda yangidan-yangi g'alabalar yor bo'lsin!

Ergash SALIEV,
institut rektori.

O'qildi: 333 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting