UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Alisher Vasiqovich Vahobov tomonidan "Xotira darsi"

2016-09-06 / 17:40

Jizzax politexnika institutida 2016 yil 6 sentyabr kuni soat 9:00da O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darsi" tashkil etildi. Ushbu darsni O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Alisher Vasiqovich Vahobov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. U o'z so'zida "Bugun sizlar bilan "Mustaqillik darsi"ni o'tishimiz kerak edi. Lekin hammangizning xabaringiz bor, xalqimiz, Vatanimiz boshiga og'ir musibat tushdi. Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni vafot etdilar. SHu sababli mashg'ulotimizning nomini ulug' rahbarimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida "Xotira darsi", deb atadik" – dedi.

Xotira darsida yurtboshimiz tomonidan mustaqillik yillarida mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashi, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishning eng asosiy va muhim sharti, milliy taraqqiyotimizning kafolati ekanligini, xalqimiz asrlar davomida intilib yashagan va kurashgan, mustaqillik degan bebaho ne'matning qadr-qimmatini teran idrok etish, o'tgan davr mobaynida bosib o'tgan og'ir va mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli yo'limiz, keng ko'lamli islohotlarimiz, qo'lga kiritgan ulkan yutuqlarimizning tub mohiyati va ahamiyatini tinglovchilarga tushuntirib o'tdi. Dars savol javoblarga boy tarzda o'tdi. Dars so'ngida tinglovchilarga "Marra bizniki" nomli videorolik namoish etildi.

Darsda institut professor-o'qituvchilari hamda talabalar jami 185 nafari ishtirok etishdi.

Ma'naviy-ma'rifiy
ishlar bo'yicha prorektor
N.Alimov

O'qildi: 515 | Reyting: 5 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: