UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

Xotira darsi

2016-09-04 / 13:24

Jizzax politexnika institutida 2016 yil 4 sentabr kuni soat 8:00 da O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darsi" o'tkazildi. Tadbirni institutning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori N.Alimov olib bordi va so'zni institut rektori f-m.f.n., dotsent Saliev Ergash Alibekovichga berdi. U o'z so'zida "Bugun sizlar bilan "Mustaqillik darsi"ni o'tishimiz kerak edi. Lekin hammangizning xabaringiz bor, xalqimiz, Vatanimiz boshiga og'ir musibat tushdi. Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni vafot etdilar. Shu sababli mashg'ulotimizning nomini ulug' rahbarimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida "Xotira darsi", deb atadik" - dedi va qisqacha ma'ruza o'qilib, barcha talabalarni xotira darslariga taklif etdi.

Institutda "Mustaqillik darslari"ning birinchi juftligi O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darslari"dan boshlanib, 2 soatlik ma'ruza va video-film namoyishi bilan tashkil etildi.

Xotira darslarida yurtboshimiz tomonidan mustaqillik yillarida mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashi, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishning eng asosiy va muhim sharti, milliy taraqqiyotimizning kafolati ekanligini, xalqimiz asrlar davomida intilib yashagan va kurashgan, mustaqillik degan bebaho ne'matning qadr-qimmatini teran idrok etish, o'tgan davr mobaynida bosib o'tgan og'ir va mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli yo'limiz, keng ko'lamli islohotlarimiz, qo'lga kiritgan ulkan yutuqlarimizning tub mohiyati va ahamiyatini talabalarga tushuntirishga alohida etibor qaratildi.

"Mustaqillik darslari" dasturiga O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan "Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!" degan ezgu g'oyadan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan "Xotira darslari", o'tgan 25 yil davomida mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy hayotida va O'zbekiston harbiy qudratini mustahkamlashda erishilgan yutuqlar, "O'zbekiston kelajagi buyuk davlat" g'oyasini aks ettiruvchi mazmundagi mashg'ulotlar kiritildi.

"Xotira darslari" va "Mustaqillik darslari" mashg'ulotlarini olib boruvchi pedagoglar tarkibi yuqori malakali va ko'p yillik ish tajribasiga ega bo'lgan, o'quv dasturida qo'yilgan masalalarni chuqur va atroflicha tahlil eta oladigan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan dars beruvchi professor-o'qituvchilar tarkibidan shakllantirildi.

"Xotira darslari" mashg'ulotlarini olib boruvchi professor-o'qituvchilar uchun o'quv-amaliy seminarlar tashkil etildi va ular zaruriy o'quv-metodik materiallar bilan ta'minlandi.

Institutda 2016 yilning 4 sentyabr kuni "Xotira darslari" jami 63 ta auditoriyalarda 2 smenada 4263 nafar talabalar uchun tashkil etildi.

Asliddin Toshboev
Ma'naviyat va marifat bo'limi uslubchisi

O'qildi: 488 | Reyting: 7 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: