UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







E'lonlar

Jizzax politexnika instituti quyidagi ixtisosliklar bo'yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga va mustaqil izlanuvchilikka qabul e'lon qiladi:

2016-08-30 / 14:41

E ' L O N !

Jizzax politexnika instituti quyidagi ixtisosliklar bo'yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar  institutiga va mustaqil izlanuvchilikka qabul e'lon qiladi:

-02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi;
-05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash;
-05.08.06 -  G'ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish;

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar  institutida o'qish istagida bo'lganlar 
qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • institut rektori nomiga ariza;
  • ma'lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi yoki Milliy xavfsizlik xizmati ta'lim muassasasining magistratura diplomiga tenglashtirilgan diplomi yoxud fan nomzodi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bo'yicha e'lon qilingan ilmiy ma'ruza va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • ilmiy jurnallarda va nashrlarda e'lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida uchta), ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to'plamlariga fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotining asosini tashkil etishi mumkin bo'lgan tegishli ilmiy yo'nalishlar bo'yicha boshqa ilmiy ishlar to'plamlariga kiritilgan tezislar(kamida ikkita) ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  • talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatiga layoqatini aniqlash yuzasidan o'tkazilgan test sinovidan o'tganligini tasdiqlovchi OAK hujjatining nusxasi;
  • yetakchi olimlardan birining uni ilmiy maslaxatchi sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi. Bunda tavsiya etilgan mavzu O'zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo'mitasi saytida e'lon qilinishi, mavzular bazasidan tanlab olingan mavzu bo'yicha, qoidaga ko'ra, Nizomning 8-bandiga muvofiq ushbu mavzuni taklif etgan yetakchi olim ilmiy maslaxatchi bo'lishi mumkin.
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Mustaqil izlanuvchilikka  o'qish istagida bo'lganlar
qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. ish joyidan tavsifnoma;
  2. ma'lumotnoma;
  3. oliy ta'lim yoki fan nomzodi to'g'risidagi diplomning nusxasi;
  4. talabgorning ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga layoqati yuzasidan test sinovidan o'tganligini tasdiqlovchi OAK xujjatining nusxasi;
  5. ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro'yxati;

Xujjatlar 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun manzil: Jizzax shahri, Halqlar Do'stligi shoh ko'chasi, 4 uy. Jizzax politexnika instituti bosh binosi, 2-qavat, ilmiy bo'lim. tel.226-57-00.

O'qildi: 347 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram