UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Nizomlar

Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baxolash tartibi to'g'risida NIZOM

2011-04-04 / 10:43
TALABA MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH,
NAZORAT QILISH VA BAXOLASH
TARTIBI TO'G'RISIDA

N I Z O M

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining  2005 yil 21 fevraldagi 34 – son buyrug'i bo'yicha tayyorlangan "Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baxolash tartibi to'g'risida"gi na'munaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi "Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 343-son qaroriga muvofiq kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda   talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash  tartibini belgilaydi.

1.2.Talabaning mustaqil ishi o'quv rejasida muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o'quv ishlarining ajralmas qismi bo'lib, u uslubiy va axborot resurslari jihtidan ta'minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.

1.3. Institutda talabaning xaftalik mustaqil ishlarining umumiy xajmi bakalavriatning kunduzgi bo'limida 22 soatni tashkil etadi.

1.4. O'quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bo'yicha to'plagan reyting ballari xar bir fan bo'yicha auditoriyadagi o'quv ishlariga berilgan reyting ballari bilan birgalikda gurux reyting qaydnomasida,talabaning reyting daftarchasida va o'qish yakunida bitiruvchiga taqdim etiladigan diplom ilovasida qayd etiladi.
   
II. Talaba  mustaqil ishining maqsad va vazifalari

2.1. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi- o'qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o'quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.

2.2. Talaba mustaqil ishining  vazifalari qo'yidagilardan iborat:

    - Yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o'zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lish;
    - Kerakli ma'lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash;          
    - Axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
    - An'anaviy o'quv va ilmiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash;
    - Elektron o'quv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlash;
    - Internet tarmog'idan maqsadli foydalanish;
    - Berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;
    - Ma'lumotlar bazasini tahlil etish;
    - Ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;
    - Topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;
    - Ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g'oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.

III. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari

3.1. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o'zlashtirish darajasi va qobiliyatini  hisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
    - Ayrim nazariy mavzularni o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish;
    - Berilgan mavzu bo'yicha axborot (referat)  tayyorlash;
    - Seminar va amaliy mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rish;
    - Laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko'rish;
    - Xisob-grafik ishlarini bajarish;
    - Kurs ishi (loyixasi)ni bajarish;
    - Malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
    - Nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash;
    - Amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;
    - Maket, modelь, namunalar yaratish;
    - Ilmiy maqola, anjumanga ma'ruza tezislarini tayyorlash.

O'qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin.

3.2. O'quv fanlari bo'yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va xajmi ifoda etiladi.

3.3. Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda  har bir fan bo'yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar variantlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy- uslubiy kengashida tasdiqlanadi.

3.4.Mustaqil ishni bajarish uchun kafedralarda fanlar bo'yicha talabalarga zaruriy uslubiy qo'llanma, ko'rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

VI. Talaba mustaqil ishining axborot ta'minoti

4.1. Talaba uchun muayyan fan bo'yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professori (yoki yetakchi dotsenti) tomonidan o'quv mashg'ulotlarini bevosita olib boruvchi o'qituvchi bilan birgalikda tuziladi hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bo'yicha dastlabki ko'rsatma tavsiyalar qayd etiladi.

4.2 Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o'quv qo'llanmalar, uslubiy qo'llanma va ko'rsatmalar, ma'lumotlar to'plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog'idagi tegishli ma'lumotlar, berilgan mavzu bo'yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.

4.3 Kafedra mudiri va tegishli fakulьtet dekani taqdimnomasi asosida institut rahbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy axborot manba va vositalarini belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar,tarmoq muassasalari va korxonalaridan mustaqil ish uchun zaruriy ma'lumotlar to'plash yuzasidan so'rovnoma xatlarini rasmiylashtirib beradi.

4.4 Institut rahbariyati tomonidan talabalarga mustaqil ishlarni o'z vaqtida bajarish uchun kompьyuter texnikasi va internet tarmog'idan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi.

V. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baxolash

5.1 Har bir fan bo'yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi (ishchi o'quv rejasining 10-ustunda keltirilgan) professor-o'qituvchi shaxsiy ish rejasining tashkiliy-uslubiy bo'limida (1540 soat doirasida) qayd etiladi.

Talaba kurs ishi (loyixasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashga ajratilgan soatlar, professor-o'qituvchi shaxsiy ish rejasining o'quv ishlari bo'limida qayd etiladi.

5.2 Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan va fakulьtet dekani tomonidan tasdiqlangan konsulьtatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.

5.3 Talabaning mustaqil ishi bo'yicha konsulьtatsiya soatlari gurux jurnalida qayd etib boriladi.

5.4 Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o'quv mashg'ulotlarini bevosita olib boruvchi o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

5.5 Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi fan bo'yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi.

Talabaning reyting ko'rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bo'yicha, an'anaviy gurux reyting oynasida va fakulьtetning maxsus elektron tarmog'ida yoritib boriladi.

 5.6 Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va fakulьtet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash me'zonlari talabalarga o'quv yili (semestri) boshlanishi oldidan uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.

5.7 Mustaqil ish bo'yicha belgilangan maksimal reyting balining 55 % dan kam ball to'plagan  talaba fan bo'yicha yakuniy nazoratga qo'yilmaydi.

5.8 Fanlar bo'yicha talabalarning mustaqil ishlarini o'zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruxlarida, kafedra yig'ilishlari va fakultet Ilmiy-uslubiy kengashlarida muhokama etib boriladi.

5.9 Talabaning mustaqil ishi institut arxivida ro'yxatga olinadi va o'quv yili mobaynida saqlanadi.

Talabaning kurs ishi (loyixasi) ni hamda malakaviy bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini ro'yhatga olish va saqlash tartibi tegishli me'yoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi.

5.10 Institut miqyosida yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari  moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantiriladi.shbu Nizom institut

ilmiy kengashining
25 may 2005 yildagi
10 yig'ilishida ko'rib chiqildi va
t a s d i q l a n d i

 

O'qildi: 1022 | Reyting: 7 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting