UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Nizomlar

Ochiq leksiyalarni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida NIZOM

2011-04-04 / 10:35
Oliy va o'rta maxsus
ta'lim vazirligining
2004 yil 26 martdagi
79-son buyrugiga
Oliy ta'lim muassasalarida ochiq leksiyalarni tashkil etish
va o'tkazish tartibi to'g'risida
NIZOM

1. Umumiy qoidalar

1.1 Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi "Kadrlar tayyorlash     Milliy dasturi to'g'risida" gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda oliy ta'lim muassasalarida ochiq leksiyalarni tashkil etish  va o'tkazish tartibi belgilangan.   
 
1.2. Muayyan fan bo'yicha o'quv dasturdagi mavzuni talabalar, shuningdek, shu mavzuga qiziqish bildirgan va maxsus taklif etilgan professor-o'qituvchilar, olim va mutaxassislar auditoriyaslda leksiya shaklida o'tkaziladigan darslar ochiq leksiyalar, deb ataladi.

1.3. Ochiq leksiyalarni o'tkazishdan maqsad, professor-o'qituvchilarni tegishli fan, texnika va texnologiyalar sohalari bo'yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklar bilan xabardor bo'lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texpologiyalardan samarali foydalangan xolda leksiyalarni tayyorlash, o'tkazish va shu tariqa ta'lim sifatini oshirish xamda tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini ta'minlash.

1.4. Ochiq leksiyalarni o'tkazish vazifalariga quyidagilar kiradi:
    - talabalarga fandagi so'nggi yutuq va yangiliklarni yetkazish;
    - ta'lim sifatini boshqarishda fan, ishlab chiqarish va jamoatchilik ishtirokini ta'minlash;
    - ilmiy-uslubiy jihatdan yetuk leksiyalarni targ'ibot etish;
    - yosh va bo'lajak pedagog kadrlarning kasb mahoratini oshirish;
    - ilmiy unvonlarta ega bo'lgan professor-o'qituvchilarni, o'z kasbiy mahoratini oshirish ustida muntazam ishlashlarini ta'minlash va ularda o'quv jarayonidagi mas'uliyatni oshirish;
    - yuqori saviyadagi leksiya mualliflarini rag'batlantirish va taqdirlash.

1.5. Ochiq leksiyalar, odatda, o'z sohasi bo'yicha taniqli yoki ilmiy maktab yaratgan, ilmiy daraja va unvonlarga ega bo'lgan tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda o'tkaziladi.

1.6. Oliy ta'lim muassasalarida professor va dotsent ilmiy unvonlariga o'rnatilgan tartibda da'vogarlik qilayotgan pedagog-kadrlar uchun ochiq leksiyalarni o'tkazish majburiy hisoblanadi.

1.7. Ochiq lsksiyalarni o'tkazish oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining malaka oshirish shakllariga kiradi.

2. Ochik leksiyalarni tashkil etish tartibi.

2.1. Oliy ta'lim muassasalarida ochiq  leksiyalar o'quv rejadagi barcha fanlardan o'tkazilishi mumkin. Umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan o'tkaziladigan ochiq leksiyalarga alohida e'tibor berish tavsiya etiladi.

2.3. Ochiq leksiyani o'tkazish to'g'risidagi taklif professor, dotsent yoki ayrim xollarda katta o'qituvchi lavozimida faoliyat ko'rsatayotgan
professor-o'qituvchilar, shuningdek, professor va dotsent ilmiy unvonlariga da'vogarlik qilayotgan pedagog-kadrlar tomonidan o'quv semestri
boshlanishiga qadar kafedra mudiriga ma'lum qilinadi. Taklifda o'quv semestri mobaynida o'quv rejadagi muayyan fan, mavzu, talabalar kursi va akademik guruhlari, shuningdek, darslar jadvaliga muvofiq ochiq leksiya o'tkaziladigan kun, joy va vaqt ko'rsatiladi.

2.4. Kafedra mudiri, ochiq leksiyaga taklif etilishi mumkin bo'lgan tajribali pedagoglar yetakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar (tashki ekspertlar) ro'yxatini tuzadi, hamda belgilangan jadval shaklida ochiq leksiyaga oid zarur ma'lumotlarni oliy ta'lim muassasasi o'quv ishlari bo'yicha prorektorga topshiradi.

2.5. Ochiq leksiyalarni o'tkazish to'g'risidagi kafedralar takliflari, oliy ta'lim muassasasi bo'yicha umumlashtirilib, rektor tomonidan tasdiqlanadi va o'quv semestri boshida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga ma'lumot uchun taqdim etiladi.

2.6. Ochiq leksiyaning matni (yoki uning qisqa mazmuni - tezislari), avvaldan o'rnatilgan tartibda barcha talab va taklif etilganlar (ekspertlar) ga tarqkatilgan bo'lishi shart.Ochiq leksiya, odatda, ikki akademik soatga mo'ljallanadi. Lektor, savol va javoblar uchun, kamida 5 daqiqa vaqt zahirasiga ega bo'lishi tavsiya qilinadi.

2.6 Ochiq leksiya odatda ikki akademik soatga mo'ljallanadi. Lektor, savol va javoblar uchun, kamida 5 daqiqavaqt zahirasiga ega bo'lishi tavsiya etiladi.

2.7 Leksiya mavzusi, uslubi, texnik vositalari lektor tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.

3. Ochiq leksiyalarni e'lon qilish.

3.1. Ochiq leksiya o'tkazilishi haqidagi axborot, oliy ta'lim muassasasida mavjud bo'lgan ommaviy axborot vositalari orqali bir xafta oldin e'lon qilinadi. E'londa ochiq Leksiya mavzusi, lektorning familiyasi, ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni hamda leksiyani o'tkazish ko'pi, joyi va vaqti ko'rsatiladi.

3.2.  Ochiq leksiyaga boshqa oliy ta'lim muassasalaridagi turdosh kafedralarining tajribali professor-o'qituvchilari, ishlab chikarishning tegishli sohalarida faoliyat ko'rsatayotgan ilg'or korxonalar, ayniqsa, ko'shma korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari, ilmiy tadqiqot muassasalarinipg yetakchi olimlari hamda mutasaddi davlat organlari - Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalari attestatsiyasi boshkarmasining vakillari, leksiya o'tkazilishidan ikki xafta oldin, yozma ravishda taklif etiladilar.
Ochik leksiyaga oliy ta'lim muassasasining Vasiylik kengashi a'zolari ham, o'rnatilgan tartibda taklif etiladi.

3.3. Ochiq leksiyada, leksiyami tashkil etayotgan kafedraning yosh pedagoglari, magistrant va aspirantlarining qatnashishi majburiy xisoblanadi.

4.  Ochiq leksiyalar muhokamasini uyushtirish.

4.1. Ochik leksiyaning mazmun mohiyati va ilmiy-uslubiy saviyasi bo'yicha muhokamasi leksiyadan so'ng, kafedrada davom ettiriladi. Ochiq. leksiyaning muhokamasi kafedra majlislari bayonnomasida qayd etiladi.

4.2. Ochiq, leksiya haqidagi tashqi taqriz va fikr-mulohazalar, yozma ravishda oliy ta'lim muassasasi rektoriga yuboriladi va matbuot orqali e'lon qilinishi mumkin.

4.3. Och.iq .leksiyani baholashda Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi, Oliy attestatsiya komissiyasi, ilg'or texnologiyalar joriy etilgan yirik korxonalar, Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi  mutaxassislarining takrizlari asosiy hisoblanadi.

4.4. Ochiq leksiyalarni muhokama qilishga bag'ishlangan kafedra majlisi qarorlarining nusxalari tahlil uchun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga taqdim etiladi.

5. Ochiq leksiyalar mualliflarini rag'batlantirish.

5.1. Professor-o'qituvchilarning muvaffaqiyat bilan o'tkazgan ochiq leksiyalari, ularni o'rnatilgan tartibda moddiy va ma'naviy rag'batlantirishda inobatga olinadi.

5.2. Professor-o'qituvchilar tomonidan muvaffaqiyatli o'tkazilgan ochiq leksiyalar, ularni reytingini aniqlash, malaka oshirish kurslariga jalb etish va attestatsiyadan o'tkazishda inobatga olinadi.

O'qildi: 1071 | Reyting: 9.5 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting