UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Nizomlar

Malakaviy amaliyot to'g'risida NIZOM

2011-04-02 / 18:11
Jizzax politexnika instituti
malakaviy amaliyot to'g'risida


N I Z O M

1.1. Umumiy qoidalar

Mazkur nizom O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.

Bakalavriat yunalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo'lgan malakaviy amaliyotlar iqtisodiyot tarmoqlarining ilg'or korxonalarida, muassasalar va tashkilotlarda o'tkaziladi. Mutaxassislik o'quv rejalariga asosan umummuxandislik, texnologik, konstruktor-texnologik, ekspluatatsion, iqtisodiy va boshqa turdagi malakaviy amaliyotlari o'tkaziladi.

Quyi bosqichlarda o'quv amaliyoti o'quv ustaxonasida, laboratoriya xonalarida, o'quv poligonida, tajriba xo'jaligida  va  oliy  o'quv yurtining  boshqa yordamchi  o'quv  korxonalarida tashkil etiladi. Barcha mutaxassisliklar bo'yicha bitiruv oldi amaliyoti tashkil etilib, undan maqsad bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bo'yicha ma'lumot yig'ishdir. Talaba bitiruv oldi amaliyoti davrida  korxona, tashkilot va xo'jaliklarni ishlab chiqarish  faoliyatini ko'rsatuvchi xaqiqiy xujjatlar to'g'risida ma'lumotlar yig'adi va bitiruv oldi ishini bajarishda foydalanadi. Xar qanday amaliyotniíã muddati va maqsadi o'quv rejasi xamda institut rektori tomonidan tasdiqlangan o'quv grafigi asosida olib boriladi. Amaliyot dasturlarini tanlagan yo'nalish  (ixtisoslik)ning malakaviy talablari, korxona, muassasa, tashkilotlarning tavsifi xisobga olingan xolda tegishli kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.

1.2. Amaliyotning maqsadi

Malakaviy  amaliyotlarda talabalar: oliy o'quv yurtida o'qish jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustaxkamlash maqsadida, firmalar, qo'shma korxonalar,  korxona, tashkilot va xo'jaliklarning ishini chuqur o'rganish asosida amaliyotni o'taydilar xamda ilg'or ish usullari va ishlab chiqarish yutuqlaridan foydalanishni o'rganadilar.

Oliy o'quv yurti  talabalari bakalavriyat yo'nalishlari  bo'yicha amaliyot davomida aniq tashkilot, korxona va xo'jaliklarni ishlab chiqarish asosi va jarayonini quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'rganadi:

-ishlab chiqarish texnologiyasi;

-iqtisodi, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, standartlashtirish va maxsulot sifatini nazorati, ishlab chiqarishda mexnat unumdorligini oshirish yo'llari;

-uskunalar, apparaturalar, xisoblash texnikasi, o'lchash va nazorat qilish asboblari xamda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish;

-iqtisodchi muxandis va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi mutaxassislarning ilg'or tajribasi;

-mexnat muxofazasi, fiziologiya va psixologiyalar borasida olib borilgan izlanish natijalari;

-ilmiy izlanish, konstruktorlik-loyixasi ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini tashkil etish;

-xavfsiz va sog'lom mexnat sharoitini yaratish va ta'minlash;

-korxonalarda jamoat ishlariniíã  tashkil qilinishi;
   
1.3. Amaliyot dasturi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

-talabaning shaxsiy topshiriqni bajarish muddati va mazmuni;

-talabani korxona, tashkilot va xo'jaliklarning ratsionalizatorlik, ixtirochilik va tarbiyaviy ishlarida qatnashish bo'yicha ko'rsatmalar;

-o'tkaziladigan ekskursiyalarning taxminiy mavzu va muddati;

-amaliyotdagi talabalarga yordam tariqasida ma'ruzalar va suxbatlar tashkil etish:

-amaliyot dasturi barcha ixtisosliklar bo'yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedralarda ilmiy uslubiy kengashda tasdiqlanadi.

1.4. Amaliyotni tashkil etish va boshqarish.

Oliy  o'quv yurtida talabalarning malakaviy amaliyotlarini o'tkazish uchun tashkilot, korxona, qo'shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari va xo'jaliklar doimiy baza sifatida biriktiriladi.

Amaliyotni tashkil etish va o'tkazish uchun javobgarlik oliy o'quv yurtining  rektori zimmasiga yuklatiladi.
Oliy o'quv yurti:

-talabalarni ishlab chiqarish amaliyotlarini o'tkazish uchun vazirlikdan ma'lum muddatga vazirlik qoshidagi korxona, tashkilot va xo'jaliklarni baza sifatida berkitishlarini so'raydi;
-xar yili 1 dekabrgacha  baza sifatida biriktirilgan korxona, qo'shma korxona, hissadorlik jamiyati, tashkilot va xo'jaliklar bilan shartnoma tuzadi, kelgusi kalendar yilida amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin, korxona, qo'shma korxona, hissadorlik jamiyati, tashkilot va xo'jaliklar bilan talabalarning malakaviy, amaliyot o'tkazish grafigini va dasturini kelishib oladi;

-talaba amaliyotchilarni turar joy bilan ta'minlash uchun kerakli xollarda turar joylarni èæàðàãà oladi. Bu ìàqsaddagi xarajatlar sarfi xar bir amaliyotchi talabaga bir oyga meСЊyor darajasidan oshmasligi kerak; 

-amaliyot raxbari sifatida ishlab chiqarishni yaxshi biladigan malakali professor, dotsent va o'qituvchilarni ajratadi;

-amaliyot raxbari orqali korxona, qo'shma korxona, hissadorlik jamiyati tashkilot va xo'jalik raxbariyati bilan birgalikda amaliyotchi talabalarni mutaxassislikka yaqin korxona, tashkilot va xo'jaliklarga ekskursiya tashkil qilinadi.

Ishlab chiqarishdagi mutaxassislar yordamida ma'ruzalar,  madaniyat va texnika, ilmning yangi yutuqlarini, afzalliklarini xamda iqtisodiy ishlab chiqarish boshqaruvini ilmiy tashkil etish va boshqa masalalar bo'yicha suhbatlar tashkil kiladi;

-korxona, tashkilot va xo'jaliklarda bevosita  talabalarning  malakaviy amaliyotni o'tkazishini qat'iy nazorat qiladi;

-amaliyotga boruvchi talabalarni tibbiy ko'rikdan o'tishini tashkil etadi.

1.5. Oliy o'quv yurtidagi amaliyot raxbarining vazifalari:

-malakaviy amaliyot boshlangunga qadar korxona, qo'shma korxona, hissadorlik jamiyati tashkilot va xo'jaliklarga boradi, shartnoma tuzadi, amaliyotga talabalarni borishga kerakli tayyorgarlik ishlarini tashkil etish;
 
- talabalarni malakaviy amaliyotga yuborishdan oldin hamma tashkiliy ishlarni o'tkazishni ta'minlash (amaliyotni o'tish tartibi to'g'risida instruktaj xavfsizlik texnikasi va boshqalar);

- talabalarning amaliyotni yuqori saviyada o'tkazishlarini tashkil etish va o'quv rejasiga qat'iy amal qilishni ta'minlash;

- o'quv rejasi va dasturdan kelib chiqqan holda, tashkilot, korxona, xo'jaliklar tomonidan tayinlangan amaliyot raxbari bilan hamkorlikda, o'quv mashg'ulotlari, iqtisodiyot ishlab chiqarish jarayonlari va boshqaruvi, mexnat muxofazasi, muxandislik psixologiyasi, standartlashga doir ma'ruza va suhbatlar o'tkazishni tashkil etish;

- korxona, tashkilot va xo'jaliklar talabalarni madaniy va me'yordagi  ish sharoitlari bilan ta'minlashi, mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha albatta instruktaj  o'tkazishlarini nazorat qilish;

- talabalarning korxonaning ichki rejimlariga qat'iy amal qilishlarini nazorat qilish;

- amaliyot bo'yicha sinov qabul qilish komissiyasi ishida qatnashish va malakaviy amaliyot bo'yicha talabalarni ilmiy amaliy konferensiyaga tayyorlash;

- amaliyot bo'yicha talabalarning hisobotini ko'rib chiqish, ularning ishiga taqriz berish va amaliyotni o'tkazishdagi kamchiliklar, talabalarni amaliy tayyorgarliklarini oshirish to'g'risidagi takliflarini yozma hisobot tariqasida kafedra mudiriga topshirish;

- hamma ishlar korxona tashkilot va xo'jaliklar tomonidan tayinlangan amaliyot raxbari bilan uzviy aloqada bo'lgan holda bajariladi.

1.6. Korxona, qo'shma korxona, hissadorlik jamiyati, tashkilot, xo'jaliklar malakaviy amaliyot o'tkazish bazasi bo'lib hisoblanadi:

- talabaning amaliyot o'tish joyi amaliyot dasturiga to'liq mos kelishi va amaliyotni o'tish samaradorligini oshirish;

- oliy o'quv yurtining malakaviy amaliyotini o'tkazish bo'yicha kelishilgan grafikga rioya qilish;

- amaliyotchi talabalarga bor kitoblar va boshqa xujjatlardan foydalanishga sharoit yaratadi;

- kurs loyixasi va malakaviy bitiruv ishlari uchun mavzular tanlash va  materiallar yig'ishga yordam ko'rsatadi;

-mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi ingstruktajini ish joyida o'tkazish va xujjatlarini rasmiylashtirish, kerakli xollarda amaliyotchi talabalarga xavfsiz ishlash usullari bo'yicha mashg'ulot o'tish;

- talabalar korxona, qo'shma korxona, xissadorlik jamiyati, tashkilot va xo'jaliklarning ichki mexnat rejimiga, ishga kelib ketish vaqtiga qat'iy amal qilishlarini nazorat qilish;
- oliy o'quv yurti bilan xamkorlikda yaqin oradagi korxona, tashkilot va xo'jaliklarga ekskursiyalar tashkil etish;

- joylardagi korxona, qo'shma korxona, xissadorlik jamiyati, tashkilot va xo'jaliklar xisobidan talabalarning amaliyot o'tish davrida ximoya kiyimi, maxsus kiyim individual ximoya vositasi, imkon bo'lsa bepul ovqat bilan ta'minlaydi;

- sharoitdan kelib chiqqan xolda, talabalarni yotoxona bilan ta'minlaydi, faqat to'lov miqdori: yotoqxona ko'rpa-matros uchun kelishilgan xolda oyiga mablag' to'laydi.

- korxona xo'jalik va tashkilotlar raxbarlari malakaviy amaliyotga qatnashayotgan talabalardan ichki intizomni buzgan xollarda ogoxlantirish berishi va oliy o'quv yurti rektoriga xabar berishi mumkin;

- talabalar malakaviy amaliyoti davrida baxtsiz xodisalarga uchrasalar korxona tashkilot va xo'jalik raxbarlari javobgarlikni o'z zimmalariga oladilar;

1.7. Korxona, qo'shma korxona, xissadorlik jamiyati, tashkilotlar va xo'jaliklar tomonidan tayinlangan malakaviy amaliyot raxbari amaliyotga umumiy raxbarlikni zimmasiga oladi:

 - amaliyotga raxbarlik qilish uchun bo'lim va sexlardan malakali mutaxassislarni amaliyot raxbarligiga tanlab oladi;

- mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini sifatli o'tkazishni ta'minlaydi;

- ilmiy izlanish va ratsionalizatorlik ishlariga yo'naltiradi;

- talaba amaliyotchilarni xisobiy ishlarini nazorat qiladi;

- oliy o'quv yurti amaliyot raxbari bilan xamkorlikda ish joylarini almashtirib turishlarini tashkil etadi;

- korxona, tashkilot va xo'jalik raxbarlariga amaliyotning borishi va tashkil qilish borasida xisobot beradi;

- amaliyotni sexda (bo'lim, laboratoriya) o'tuvchi talabalarning amaliyot raxbari, bevosita amaliyot raxbarligini bajaradi:

- talabaning malakaviy amaliyotiga raxbarlik qilishni, oliy o'quv yurtidagi amaliyot raxbari bilan uzviy bog'langan xolda tashkil etadi;

talabalarni aniq ish joyida ishni tashkil etish, texnologik jarayonlarini boshqarish, uskunalar, texnik vositalar va ulardan foydalanish, ishlab chiqarishda iqtisod, mexnat muxîfazasi va boshqalar bilan tanishtirish;

- amaliyotchilarni ishlab chiqarishdagi ish jarayonlarini doimiy nazorat ostiga oladi, shu ish joyidagi xamma topshiriqlarni to'g'ri bajarilishiga yordam beradi, ilg'or ish usullari bilan tanishtirish va ishlab chiqarishdagi iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo'yicha maslaxat beradi;

- amaliyotchi talabalarni xavfsiz ishlash usullari bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazadi;

- amaliyotchi talabalarning xisobot tayyorlashini, kundalikni to'ldirishini nazorat qiladi va ularga ishlab chiqarish tavsifnomasi yozish bilan birgalikda, individual topshiriqni va amaliyot dasturini bajarilishini, talabaninig ishga munosabatini, jamoat ishlarida qatnashishini ta'minlaydi;

- amaliyot yakunida talaba bajargan ishiga tavsifnoma beradi.

1.8. Amaliyotchi talabaninig vazifalari:

- amaliyot dasturida ko'zda tutilgan topshiriqlarni to'liq bajarish lozim;

- xarakatdagi korxona, qo'shma korxona, xissadorlik jamiyati, tashkilot va xo'jaliklarning ichki mexnat rejimiga bo'ysinishi shart;

- mexnat muxofazasi texnikasi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalarini o'rganish va qattiq rioya qilishi shart;

- kafedra tomonidan berilgan topshiriqqa mos ravishda ratsionalizatorlik va yaratuvchanlik ishlariga qatnashishga majbur;

- bajarilayotgan ishlarni, shtat bo'yicha ishlayotgan hodimlar darajasidagi javobgarlikni xis etish (mas'uliyatni);

- kundalik tutish, unga yoziladigan kerakli sonli materiallar, ma'ruza va suxbatlarning mazmuni, eskiz, chizma va boshqalarni chizib yozib olish;

-amaliyot raxbariga bajarilgan topshiriqlar bo'yicha yozma xisobot tayyorlash va amaliyot bo'yicha sinov (xisobotni ximoya qilish) topshirishi shart.

1.9. Amaliyot yakunlari:

- amaliyotchi talaba amaliyot tugashi bilan yozma xisobot tayyorlayda va tashkilot, korxona, qo'shma korxona, xissadorlik jamiyati, xo'jalik tomonidan tayinlangan amaliyot raxbarining imzosini qo'ydirib, oliy o'quv yurti tomonidan tayinlangan amaliyot raxbariga kundalik xisobotini topshiradi. Amaliyot xisobotida talaba tomonidan bajarilgan aniq ishlar, xamda, tashkilotning qisqacha tavsifi va uning ishlab chiqarish faoliyati mexnat muxofazasi masalalari, korxona xaqidagi istak va takliflarning mazmuni, xisobotni yozma xolatga keltirish uchun talabaga 2-3 kun ajratiladi.

Amaliyot tugagandan so'ng talaba amaliyot bo'limi tomonidan tayinlangan komissiyaga sinov (xisobotni ximoya qiladilar) topshiradi. Komissiya  tarkibiga fan bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'qitgan o'qituvchi, o'quv yurtidan tayinlangan amaliyot raxbari, o'quv bo'limi xodimlari kiradi. Talabaga umumiy baxoni qo'yish davrida korxona, tashkilot va xo'jaliklar tomonidan berilgan ishlab chiqarish tavsifnomasi komissiya tomonidan e'tiborga olinishi shart.

Malakaviy amaliyotdan olgan baxoning natijasi talabaning kursdan kursga o'tishi va stipendiya tayinlash davrida xisobga olinadi.

Malakaviy amaliyot yakuni oliy ta'lim muassasasining ilmiy-uslubiy kengashi va amaliyot ob'yektining ishlab chiqarish kengashida muxokama qilinadi.

Talaba, amaliyot dasturini bajarmasa, yozma xisobotiga yomon taqriz olsa yoki xisobotni qoniqarsiz baxoga ximoya qilsa, betobligi sababli qatnasha olmasa, bunday xollarda amaliyotni ta'til paytida qayta o'tishga qaytariladi. Aloxida xollarda rektor talabaning oliy o'quv yurtida qolishi yoki qolmaslik masalasini ko'rib chiqadi:

1.10. Institut tomonidan tayinlangan amaliyot raxbarining vazifasi.

- malakaviy xamda bitiruv oldi amaliyotlari uchun buyruqlar loyixasini tayyorlash;

- o'tkazadigan amaliyoti uchun dastur tayyorlash va talabalar soniga nisbatan kerakli nusxada ko'paytirish;

- amaliyot boshlangunga qadar amaliyot o'tkaziladigan korxonaga borib ish o'rinlarini tashkil etish;

- korxona yoki tashkilotlarning ichki tartib intizomiga va ish rejimiga rioya qilish;

- talabalarning korxonada xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajdan o'tkazishni tashkil etish;

- amaliyot davrida amaliyot bo'limi boshlig'iga vaqti-vaqti bilan (xaftaning shanba kunida) amaliyotning borishi to'g'risida yozma xisobot berib borish;

1.11. Moddiy ta'minlash:

1.Malakaviy amaliyot davomida korxona, qo'shma korxona, xissadorlik jamiyati, tashkilot va xo'jaliklardagi amaliyot raxbarligiga aloqasi bo'lmagan texnik-muxandislar, boshqarma raxbarlari tomonidan olib borilgan ma'ruza maslaxatlar va ekskursiya o'tkazgan shaxslarga oliy o'quv yurti tomonidan xaqiqiy o'tkazilgan mashg'ulotlarga soatbay stavkasi bo'yicha ko'zda tutilgan qonunlarga ko'ra malakaviy amaliyotlari uchun ajratilgan mablag'lardan to'lanadi;

Amaliyot  davomida tegishli talabalar guruxiga bitta raxbar xisobidan quyidagi me'yorlar bo'yicha xar oyda xaq to'lanadi (asosiy ish joyining o'rtacha ish xaqidan foiz xisobida);

a) amaliyotga talabalarning soniga qarab umumiy raxbarlik qiluvchi amaliyot raxbariga:

11 dan 21 kishiga – 25 %
21 dan 30 kishiga – 35 %
31 dan 40 kishiga – 45 %
41 dan 50 kishiga – 50 %

b) amaliyotchi talabalarning soniga qarab amaliyotga bevosita raxbarlik qiluvchi raxbarga

4 kishiga – 20 %
5 dan 7 kishiga – 35 %
8 dan 10 kishiga – 50 %

2. Talabalar malakaviy amaliyoti davrida nafaqa (stipendiya) bilan bir qatorda amaliyot o'tish joyidan ish xaqi xam olishi mumkin:

3. Oliy ta'lim muassasasi xududidan ketish bilan bog'liq amaliyotga jo'natilgan kunduzgi bo'lim talabalariga oliy o'quv yurtining sarf xarajatlari jadvali xisobidan butun amaliyot davri uchun kunbay safar puli to'lanadi. Safar puli to'lash amaliyotchi talabalarning ob'yektga borish va qaytish vaqti xisobga olingan xolda amalga oshiriladi.

4. Sirtdan o'qiydigan oxirgi bosqichdagi talabalarga tanlangan yo'nalish (ixtisoslik) bo'yicha bevosita ishlab chiqarishda ish bilan tanishish va bitiruv ishiga zarur ma'lumotlarni tayyorlash uchun o'quv yurtining tavsiyasiga ko'ra, muassasa raxbarlari ish xaqi saqlanmagan xolda bir oylik qo'shimcha ta'til beradilar. Ushbu talabalarga ko'rsatilgan ta'til davrida umumiy qoidalar asosida stipendiya beriladi.

5. Shaxar, shaxar atrofi va maxalliy transportlarda o'quv va malakaviy amaliyotlarga qatnayotgan talabalar, masofasi qancha bo'lishidan qat'iy nazar butun xarajatlar o'z xisobidan qoplanadi.

6. Amaliyot raxbari amaliyot davri uchun to'liq safarbar etiladi va ularga amaldagi qonunlarga ko'ra xizmat safari uchun yo'l xaqi kunlik va yotoqxona xaqi to'lanadi.

Jizzax politexnika instituti
ilmiy kengashi tomonidan 2004 yil
"26" mayda tasdiqlangan.

 

O'qildi: 1059 | Reyting: 2.8 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting