UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Nizomlar

Kurs loyihasini bajarish tartibi haqida NIZOM

2011-04-02 / 16:40
Jizzax politexnika institutida
kurs loyihasini bajarish
tartibi  haqida

NIZOM

Ushbu Nizom Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2008 yil 7 martdagi "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining loyihalash ko'nikmalarini kuchaytirish to'g'risida"gi 61 sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasalarida kurs loyihasini bajarish tartibi haqida Nizom"ga asosan ishlab chiqilgan.

1. Kurs loyihasining maqsad va vazifalari

Oliy texnik va texnologik ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bitiruvchilarida moddiy ishlab chiqarishdagi ilmiy texnik masalalarni yechimini topishga imkon beruvchi chuqur bilim va ko'nikmalarni shakllantirishda kurs loyihalarining ahamiyati kattadir. Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba egallagan nazariy bilimlari va mavjud me'yoriy hujjatlar, ma'lumotnomalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib amaliy masalalarni mustaqil ravishda yechish hamda o'z goya va yechimlarini jamoada himoya qilish ko'nikmasini egallaydi.

•    Kurs loyihasini bajarishdan maqsad — o'quv rejasida ko'zda tutilgan muayyan fan bo'yicha ma'ruza, tajriba va amaliy mashg'ulotlarda olingan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarini konkret muxandislik masalasini mukammal yechishda qo'llashdir.

•    Kurs loyihalari tizimi orqali talaba murakkabroq muxandislik masalasini - malakaviy bitiruv ishini bajarishga tayyorlanadi. Shu bilan bir qatorda kurs loyihasi talabada davlat standartlari, soha me'yorlari, ma'lumotnomalar, narxnomalar, jadvallar, nomogrammalar, namunaviy loyihalar, yo'riqnomalar va muqaddam egallangan tajribalardan foydalanish ko'nikmasini shakllantiradi. Shuningdek, kurs loyihasi talabalarda hisob-kitoblarini bajarish, texnik-iqtisodiy yechimlarining chizmalarini tuzish, tushuntirish hisobotlarini rasmiylashtirish ko'nikmalarini hosil qilishi lozim.

•    Kurs loyihasining asosiy vazifalari:

•    talabalarning ma'ruza, tajriba va amaliy mashgulotlarda, mustaqil faoliyatda olingan nazariy va amaliy ko'nikmalarni amaliy loyihalarni bajarishda qo'llay olishini namoyish etish;

•    talabalarda me'yoriy, ma'lumotnoma va boshqa adabiyotlardan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish;

•    mustaqil fikrlash va eng maqbul texnik yechimlarni qabul qilishga o'rgatish;

axborot texnologiyalar vositasida o'z loyihasini taqdimot (himoya)ni o'tkazish, unda kurs loyihasini bajarish jarayonida egallangan natijalarni ishonchli dalillar bilan asoslash, o'zini dadil tuta оли?, турли texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobilyatini ko'rsatish;

o'quv jarayonida shakllangan kommunikativ ko'nikmalarini namoyish etish, o'z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, muloqotga qo'shilish, loyiha bo'yicha savollarga asoslangan javob berish, e'tika qoidalariga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish imkoniyatini namoyish etish;

talabalarda guruh bilan ishlash ko'nikmalarini faollashtirish, oldinga qo'yilgan maqsadni bajarish bo'yicha tashabbus ko'rsatish qobiliyatini kengaytirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlar bilan ishlash ko'nikmalarini mustahkamlash;

loyixalarni tayyorlash, g'oyalarni generatsiya kilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topishni namoyish etish;

mustaqil ijodiy ishlash, ma'lumotlarni izlash, yig'ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompьyuter va axborot texnologiyalardan foydalana olish, loyihalash jarayonini to'la nixoyasiga yetkazish mas'uliyatni xis etishga o'rgatish.

Kurs loyihasida quyidagi masalalar yechimi ko'rsatilishi lozim:

bajarilayotgan loyihaning maqsadi va vazifalarini aniq ifoda etish;

loyiha ob'yekti va uslubini aniqlash;

boshlangich hisoblash ko'rsatkichlarini asoslash;

loyihalanayotgan ob'yektning asosiy qismlarini qo'lda yoki kompьyuter dasturlari yordamida hisob-kitobini bajarish;

loyihalanayotgan ob'yektning chizmalarini qo'lda yoki kompьyuter dasturlari yordamida chizish;

qabul qilingan texnik yechimlarini ilmiy iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish;

texnik iqtisodiy talablarni izohlash, qo'yilgan masala yuzasidan yechimning mumkin bo'lgan muqobillarini tahlil qilish va ulardan eng maqbulini tanlash.

2. Kurs loyihasining mavzulari

Kurs loyihasini bajarishda muxim masalalardan biri uning mavzusini to'g'ri aniqlashdir.

Kurs loyihasining mavzulari mazkur fanning o'quv vazifasiga javob berishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish va ilm-fanning dolzarb muammolari bilan bog'liq bo'lishi lozim. Kurs loyihalari mavzularining amaliyligi - bu avvalambor ularning ilmiyligi, zamonaviyligi va talabalarda mustaqil ijodiy muxandislik ishga ko'nikmani shakllantirishga yo'naltirilganligidir. Kurs loyihasining xar bir topshirig'ida texnik va texnologik yangilik qo'llanishi ko'zda tuilishi shart. Topshiriqlarning takroriyligi,  yildan-yilga bir hil mavzularning takrorlanishi kurs  loyihalarini ham o'quv,   ham    muxandislik ahamiyatini kamaytiradi. Kurs loyihasining topshiriqlar shaxsiylashtirilgan   bo'lib,   umumiy   talablar   pasaytirilmagan   holda talabaning qiziqishi va qobiliyatlari bilan bog'langan bo'lishi lozim.

Kurs loyihalarning mazmuni sifatida ta'lim yo'nalishi va fan turidan kelib chiqib bino, inshootlar, muxandislik kommunikatsiyalari mashina, apparatlar va stanoklarning konstruksiyalarini yechimlarini ishlab chiqish hamda zaruriy hisob-kitoblar va chizmalarini rasmiylashtirish olinishi mumkin.

Kurs loyihasining mavzusiga bo'lgan asosiy talablardan biri bu uning yaxlit majmuali bo'lishidir, ya'ni bir qator o'zaro bog'lik bo'lgan masalalarni birgalikda yechishga bagishlanganliligi.

Kurs loyihalari mavzularining tarkibi sanoat va boshqa korxonalarning amaliy masalalari, talabalar malakaviy amaliyotlarining natijalari, kafedra a'zolari va talabalar to'garaklarining ilmiy ishlari, xorijiy va mamlakatdagi ilm-fan va texnika yutuqlarini aks ettirgan adabiyotlar asosida tuzilishi lozim.

Yuqori kurslarda talabalarga kurs loyihalarining mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o'qishi uchun to'lov kontrakt mablag'ini to'lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan kurs loyihalari mavzusi bo'yicha o'z vazifalarini taklif etishlari mumkin. Korxonalar buyurtmasi asosida bajariladigan kurs loyihalarning afzalligi shundan iboratki, korxona talabalarga ilmiy izlanish olib borishiga to'liq sharoit yaratadi hamda kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Shu bilan birga muallif tomonidan tavsiya etilayotgan takliflarni ishlab chiqarishga joriy etishga barcha shart sharoitlar yaratadi va ilmiy izlanishlar natijasidan manfaatdor bo'ladi.

Bitiruv kursida bajariladigan kurs loyixalari bitiruv malakaviy ishi mavzusi bilan bog'langan bo'lishi, loyiha malakaviy (bitiruv oldi) amaliyotida qo'llangan ma'lumotlar asosida bajarilishi lozim.

Kurs loyihalarining mavzulari o'quv rejalarida kurs loyihalari ko'zda tutilgan fanlar bo'yicha darslar olib boruvchi kafedralar tomonidan taqdim etiladi va tasdiqlanadi.
Loyihani bajarish uchun asosiy yo'riqnoma va ma'lumotlar kafedra tomonidan rasmiylashtiriladigan kurs loyihasining topshirig'ida aks ettiriladi.

Topshiriqda loyihaning nomi, uning xajmini va mazmunini aniqlovchi tafsilotlar yaqqol belgilanishi lozim. Shu bilan birga topshiriqda loyihaning hisob-chizma qismini bajarish uchun boshlang'ich ma'lumotlar, chizmalar soni va ko'rinishi belgilanishi muhimdir.

Xar bir topshiriq ilmiy va uslubiy jixatdan sinchkovlik bilan o'ylab chiqilgan bo'lib, talabaning tayyorgarlik darajasiga va loyihani bajarish uchun ajratilgan vaqtga muvofiq kelishi lozim.

Topshiriq mahsus blankalarda (1-ilova) rasmiylashtirilishi va yo'riqnoma va boshlangich ma'lumotlar bilan ta'minlanishi lozim. Yo'riqnoma va boshlangich ma'lumotlar zarur bo'lgan tanqidiy baholash va taxlilsiz ko'chirib olish va foydalanishni oldini olish maqsadida juda ham batafsil bo'lishi kerak emas.

3. Kurs loyihalarini tarkibiy tuzilishi

Kurs loyihasi chizma qismi va hisob-tushuntirish xatidan tashkil topishi lozim (arxitekturaviy loyiha asosan grafik ijrodan iborat bo'ladi, grafik ijroga yozma tushuntirish qismi hajm jixatdan chegaralanmagan xolda beriladi).

Chizmalar davlat standarti talablariga muvofiq bajarilishi shart. Ular aniq, ravshan va ixcham bo'lishi lozim. Umumiy ko'rinish, tugunlar va detallarning barcha chizmalari zarur bo'lgan proyeksiyalar soniga ega bo'lishi shart.

Chizmalar zarur bo'lgan o'lchamlar, shartli belgilar va maxsus ro'yxat bilan, odatda, kalamda yoki maxsus kompьyuter dasturlari ("Autocad", "SogelDraw" va boshqalar) yordamida bajariladi. Ishchi chizmalarda texnologik xaritalarni tuzish va detallarni yasash, qurilish ishlarini bajarish, jihozlar va uskunalarni yig'ish uchun zarur bo'lgan barcha o'lchamlar, shartli belgilar va ko'rsatmalar keltirilgan bo'lishi shart. Iig'uv va detallashtirish chizmalarida loyihalanayotgan qurilma va inshootning ishlatish bo'yicha texnik shartlar, tushuntirishlar, yo'riqnomalar va boshqa zarur bo'lgan ma'lumotlar keltirilishi lozim. Tushuntirish xatining matni texnik jihatdan to'g'ri, qisqa va ixcham bo'lishi lozim.
Tushuntirish hati loyihalangan inshoot, agregat, konstruksiya va sh.o'.larning asosnomasini o'z ichiga olishi shart.

Barcha kurs loyihalarida loyihalanayotgan ob'yektga nisbatan xavfsizlik texnikasi talablari hisobga olinishi shart.

4. Kurs loyihasini tashkillashtirish va boshqarish

Jizzax politexnika instituti texnika soxasidagi OTM bo'lganligi uchun o'quv rejalarida kurs loyihalari soni 4-5 tagacha belgilanadi. Ulardan umummuxandislik fanlardan - 2 ta loyiha va 2-3 ta maxsus fanlardan. Vaqt cheklangan sharoitida loyihalar sonini bundan oshirish loyiha materiallarini qisqarishiga, ularni yuzaki va chala tugallanishiga olib keladi.
Umummuxandislik fanlari bo'yicha kurs loyihalari muhim ahamiyatga egadir, chunki bu loyihalarda talabalar loyihalash bo'yicha boshlang'ich ko'nikmalarga ega bo'lishi va kelgusida maxsus fanlardan loyihalarni muvaffaqiyatli bajarishi bunga bog'liq bo'ladi.

Kurs loyihasiga rahbarlik qilish, odatda, tegishli kafedralarning yetakchi, ishlab-chiqarish va ilmiy tajribaga ega bo'lgan yuqori malakali professor-o'qituvchilarigatopshiriladi.
Kurs loyihalarida qo'yilgan o'quv maqsadlarini ishlab-chiqarish talablari bilan uzviylashtirish maqsadida, shuningdek institut va korxonalarning loyihalash borasida o'zaro tajriba almashish maqsadida, kurs loyihasiga rahbarlik uchun ishlab-chiqarishda bevosita ishlayotgan mutaxassislar jalb etilishi maqsadga muvofiqdir.

Kurs loyihasi rejalashtirilgan har bir kafedra tomonidan kurs loyihasini bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqilgan bo'lishi shart. Uslubiy qo'llanmalarda loyiha vazifalari, boshlang'ich ma'lumotlar, loyihaning taxminiy xajmi, tushuntirish xati va alohida qismlarining mazmuni, chizmalar soni, tavsifi va masshtabi hamda loyihani bajarish tartibi yetarli darajada aniq izoxlangan bo'lishi kerak.

Kurs loyihasiga rahbarlik loyihaga topshiriq berishdan boshlanadi.

Loyiha topshirig'ini berishda asosiy bosqichlarni bajarish vaqtlari ko'rsatilgan grafik tavsiya qilinadi. Kurs loyihalarini taqdim etish muddatlari institut rahbariyati tomonidan mazkur yo'nalish o'quv rejasiga mos holda belgilanadi.

Loyiha topshirig'i loyiha rahbari imzosi bilan beriladi, kafedra jurnalida berilgan kun sanasi qayd qilinadi.

Kurs loyihasining ahamiyati, unga qo'yiladigan talablar, hisob-grafik qismining tarkibi va loyihani rasmiylashtirish, topshiriqni bajarish bo'yicha umumiy topshiriqlar, uning hajmiga bo'lgan talablar haqidagi ma'lumotlar mazkur fan bo'yicha kirish ma'ruzasi o'qilganda tushuntiriladi.

Kurs loyihasi, zaruriy uslubiy qo'llanmalar, ma'lumotnomalar, standartlar, soha me'yorlari va loyiha namunalari bilan ta'minlangan maxsus kurs loyihasi xonasida bajariladi.
Kurs loyihasi bajarish uchun talabaning mustaqil ishi sifatida vaqt ajratiladi va mustaqil ish jadvalida ko'rsatilgan vaqtlarda o'qituvchi maslahati tashkil etiladi. Kurs loyihasi rahbari talaba loyihani bajarishi jarayonida uning ijodiy bilimini rivojlantirishga harakat qilishi kerak.

Kurs loyihasini bajarish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, birinchi bosqichni bajargandan so'ng keyingi bosqichni bajarishga ruxsat etiladi.

Talabalar tomonidan kurs loyihasining bajarilish jarayoni kafedra mudiri tomonidan muntazam ravishda nazorat qilinib, kafedra majlislarida muhokama etib boriladi.

Kurs loyihasi chizmalari va tushuntirish xati talaba tomonidan imzolanada. Qo'yilgan talablarga javob beruvchi kurs loyihasi rahbar tomonidan imzolanadi va hay'atda himoya qilish uchun tavsiya etiladi.

5. Kurs loyihasining himoyasi

Kurs loyihasini sifati va uni bajarishdagi talabaning faolligi, bilim va ko'nikmalarini bahalashning o'ziga xos shakllaridan biri loyiha himoyasidir. Bajarilgan ishni chuqur tushunishi, taklif etilgan muxandislik yechimlarini har tomonlama asoslab berishi qobiliyatini shakllantirishda kurs loyihasining ximoyasi muhim o'rin tutadi. Kurs loyihasi himoyasi kafedra tomonidan belgilangan 2-3 o'qituvchidan tashkil topgan hay'atda, kurs loyihasi rahbari va guruh talabalari qatnashuvida tashkil  qilinadi.  Ochiq himoya  guruh talabalariga  shu  guruh  a'zolari tomonidan bajarilgan ishlar bilan tanishishiga imkoniyat berishi bilan bir vaqtda, loyiha rahbarlarini himoya qiliniyotgan loyihalarga bir xil talab bilan yondashishga olib keladi.

Himoya talaba tomonidan bajarilgan kurs loyihasi bo'yicha 8-10 minutli ma'ruza va savol javobdan iborat bo'ladi. Ma'ruzada loyihaning mohiyatini talaba har tomonlama yoritib berishi kerak. Savollar himoyada qatnashayotgan professor-o'qituvchilar tomonidan beriladi.

Kurs loyihasi 100 ballik tizimda baholanadi. O'rnatilgan grafik bo'yicha bajarilgan va talablar bo'yicha sifatli rasmiylashtirilgan kurs loyihasini eng ko'pi bilan 40 ball, himoya vaqtidagi ma'ruza uchun 30 ball va berilgan savollarga javoblarga 30 ball ajratiladi.

Himoya vaqtida qaydnoma ikki nusxada to'ldiriladi. Qaydnomalardan biri kafedrada, ikkinchisi dekanatda saqlanadi. Kurs loyihasini bajarishi va himoya qilish natijasida 55 o'tish ballini to'plagan talabani reyting daftarchasiga loyiha rahbari tomonidan reyting balli qo'yiladi.

Topshiriqda ko'rsatilgan muddatda kurs loyihasini himoyaga takdim etmagan va sababsiz loyiha himoyasiga kelmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik guruh talabalarining kurs loyihalari himoyasi yakunlangandan so'ng loyihalash jarayonida yo'l qo'yilgan turdosh kamchiliklar, eng yaxshi hamda sifatsiz loyihalar rahbar tomonidan tahlil qilinib suhbat o'tkaziladi.

Amaliy va nazariy ahamiyatga ega bo'lgan kurs loyihalari talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) tanlovlariga taqdim etiladi va rektorning buyrug'i bilan rag'batlantiriladi va ishlab chiqarishga joriy etish uchun taqdim etilishi mumkin.

O'qildi: 1048 | Reyting: 9.67 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting