UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

Fan, talim va ishlab chiqarish integratsiyasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida rivojlantirish muammolari

2016-03-25 / 15:43

“Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida rivojlantirish muammolari”
ilmiy-texnik anjumani

Jizzax politexnika institutida 2016 yilning 5-6 sentyabr kunlari “Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida rivojlantirish muammolari” mavzusidagi O'zbekiston Respublikasi miqiyosidagi ilmiy-texnik anjuman o'tkaziladi.

Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

  • axborot texnologiyalari va elektron xukumat hamda elektron boshqaruv tizimlarining zamonaviy muammolari;
  • matematik modellashtirish va hisoblash tajribalari;
  • telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlarining rivojlanish tamoyillari;
  • raqamli tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilishning zamonaviy muammolari;
  • zamonaviy fan va texnika rivojida oliygohda modulli o'qitishni yo'lga qo'yish va pedagoglarni bu faoliyatga kompetentli tayyorlash muammolari;
  • oliy o'quv yurtlarida innovatsion axborot va ta'lim texnologiyalarini yaratish hamda oliy ta'limni modernizatsiyalash;
  • elektron ta'lim resurslarini yaratish va masofaviy ta'lim;
  • intellektual o'qitish tizimlari va dasturiy ta'minotlar;

Maqola, tezis materiallari o'zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to'plam holida chop etish rejalashtirilmoqda. Anjuman tashkiliy qo'mitasi maqola, tezislarni saralashni o'z zimmasiga oladi. Ko'rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar

  • Maqola, tezis matnlari elektron nusxada taqdim etilishi yoki konfe-jizpi@umail.uz  elektron pochta manziliga jo'natilishi talab etiladi.
  • Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3-5 bet hajmda, A-4 kattalikdagi qog'ozda, 14 kegel kattaligida, 1 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o'ngdan 2,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim. 
  • Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo'sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot va shahar nomi ko'rsatiladi. Ikkita bo'sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola, tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo'sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati kiritiladi. Adabiyotlar ro'yxati to'liq holda keltirilishi lozim (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari). Manbalarga havolalar albatta ko'rsatilishi lozim. Matnda ko'rsatilgan faktlarning to'g'riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar.
  •  Fayl nomi muallifning familiyasi bilan nomlanishi lozim. Matn ostiga chizish, bosh harflar bilan yozish va bo'sh joylar qoldirish taqiqlanadi.
  • Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart dasturlarini qo'llash tavsiya etiladi.

Anjumanda qatnashish shartlari quyidagicha:

  • anjumanda qatnashish uchun sho''ba nomi ko'rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2016 yil 25 iyulgacha;
  • badal puli har bir sahifa uchun 10000 so'm to'laganligi haqidagi hujjatlar faks (0372) 226-45-47 yoki skaner qilingan holda elektron pochta orqali yuborish muddati 2016 yilning 25 iyulgacha.

Badal puli to'lash uchun hisob raqami:
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gaznachiligi
x/r: 23402000300100001010 INN: 201122919
MFO: 00014 Markaziy bank BB-XKKM Toshkent shahri
JizPI
Sh/xv 400110860084017950100079001 INN:201672757

Jizzax shahriga kelish va ketish, mehmonxonada yashash bilan bog'liq harajatlar ishtirokchilarning o'z hisoblaridan amalga oshiriladi. Agar mehmonxonada yashashga zarurat bo'lsa joy bron qilish uchun talabnomada ko'rsatilishi lozim.

Anjuman ishtirokchilari uchun Jizzax diyori madaniyati va tarixiy yodgorliklari bilan tanishishga sharoit yaratiladi.

Tashkiliy qo'mita manzili: 130100, Jizzax shahri, Xalqlar Do'stligi shoh ko'chasi, 4 uy. Tel.: (0372) 226-57-00, Faks: (0372) 226-45-47, Jizzax politexnika instituti. E.mail: konfe-jizpi@umail.uz

Anjumanga qiziqish bildirganligingiz uchun minnatdormiz!
Tashkiliy qo'mita

Ko'chirib olish

O'qildi: 349 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting