UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

XXI asr-intelektual avlod asri

2016-03-25 / 15:36

XXI asr-intelektual avlod asri” shiori ostidagi 
Jizzax politexnika institutida o'tkaziladigan xududiy ilmiy-amaliy anjumanning
AXBOROT XATI

Yosh olimlar talabalarning XXI asr-intelektual avlod asri” shiori ostidagi  xududiy ilmiy-amaliy anjumani Jizzax politexnika institutida 2016 yil 1-2 iyun kunlari o'tkaziladi.

Anjumanning maqsadi:

O'zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ta'minlashga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsion madaniyatini puxta o'zlashtirgan, murakkab va keng ko'lamli vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan bilimli, etuk yosh olimlarni tarbiyalashga ko'maklashish, ular o'rtasida hamkorlik muxitini rivojlantirish, ilmiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishdan iborat.

Xududiy anjumanlarda quyidagi sho''balarda ish olib boriladi:

1-sho'ba: Ijtimoiy-gumanitar fanlar.
2-sho'ba: Tabiiy fanlar.
3-sho'ba: Aniq fanlar.
4-sho'ba: Texnika fanlari.

Anjumanda ishtirok etish uchun talabnoma va anjuman materiallari to'plamiga ilmiy maqola taqdim etish zarur.
Xududiy anjumanga ilmiy maqolalar 2016 yil 15 mayiga qadar qabul qilinadi.

Anjuman materiallari to'plamga kiritilishi uchun talablar:

- ilmiy maqola anjuman yo'nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
- xududiy ilmiy-amaliy anjumanda qatnashish bo'yicha muallifning familiya, ismi va sharifi, maqola nomi, anjuman yo'nalishi (sho''ba), tashkilot nomi, lavozimi, xizmat manzili, telefon, faks yoki elektron manzili ko'rsatilishi lozim.
- anjuman materiallari o'zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;
- ilmiy maqolalar va tezislar matnlari tahrir qilingan holda A-4 kattalikdagi qog'ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3sm, o'ngdan 1 sm  joy qoldirib, 2 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi 1,5 intervaldan so'ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi. 1 intervaldan keyin tashkilot nomi va shahar nomi ko'rsatiladi. So'ngra 1,5 interval qoldirib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.
-ilmiy maqolalar va tezislar manti sahifalanmagan bo'lib, uning elektron nusxasi Word dasturida, Times New Roman shriftining 14 kegel kattaligida bo'lishi va 5 betdan oshmasligi lozim. Elektron nusxasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda konferentsiya shtabiga etkaziladi yoki elektron pochta orqali jo'natiladi.

Anjuman Tashkiliy qo'mitasi ilmiy maqolalarni tahrir qilish va saralash xuquqiga ega.

Jizzax politexnika instituti, Jizzax shahri, H.Do'stligi shox ko'chasi 4-uy. Tel: kod(872) 226-57-00, faks: 226-45-47. Elektron pochta: dgpi_info@edu.uz

Ko'chirib olish

O'qildi: 334 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting