UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

Ayol - manaviyat gulshani

2016-03-25 / 15:20

"AYOL - MA'NAVIYAT GULSHANI" MAVZUSIDAGI
ILMIY-AMALIY ANJUMAN

Jizzax politexnika institutida 2016 yilning 13-14 may kunlari Respublika miqyosidagi "Ayol - ma'naviyat gulshann" mavzusidagi  sakkizinchi  ilmiy – amaliy  anjumani o'tkaziladi.

Konferentsiyani o'tkazishda Respublikada mavjud oliy o'quv yurtlari olimlari, xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti raislari va viloyat, shaharlar xotin-kizlar qo'mitalari xodimlari, nodavlat tashkilotlar xodimlari, mutaxassislar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, bakalavr va magistrlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi sho'balar ish olib boradi:

1. O'zbekistonda ona - bola salomatligining bugungi holati va istiqbollari;
2. Inson va jamiyat, shaxs va oilaning o'zaro munosabatlari va ularni uyg'unlashtirish
3. Ayollar sportini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish.

Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

  • Mustahkam oilani barpo etish, oilalar ajrimlarini oldini olishda  xotin – qizlar qo'mitalarining roli;
  • Yosh avlodni tarbiyalashda, begona g'oyalar, zararli oqimlar va odam savdosi muammolari;
  • Ayollar sportini rivojlantirish va ommaviyligini ta'minlashda uchraydigan muammolarni bartaraf etish;
  • Inson va jamiyat, shaxs va oilaning o'zaro munosabatlari, ularni uyg'unlashtirishda uchraydigan muammolar;

 - Xotin-qizlarning ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy bilimlarini kengaytirishda huquq organlari bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan tadbirlarning roli;
- Kompyuterlardan foydalanishda  ayollar salomatligini ta'minlashning ilmiy asoslari;
- O'zbekistonda ona - bola salomatligining bugungi holati va istiqbollari;

  • Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, chet tillarni oilalarda o'rgatish va o'rganishni ommaviylashtirish;

Maqola, tezis materiallari o'zbek va rus tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to'plam holida chop etiladi. Anjuman tashkiliy qo'mitasi maqola, tezislarni saralashni o'z zimmasiga oladi. Ko'rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga qo'yiladigan talablar

Maqola, tezis matnlari elektron nusxada taqdim etilishi yoki Jizpixq@inbox.uz elektron pochta manziliga jo'natilishi talab etiladi.

Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3 bet hajmdan kam bo'lmasligi, A-4 kattalikdagi kog'ozda, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o'ngdan 2,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi etishi lozim.

Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo'sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot nomi ko'rsatiladi. Ikkita bo'sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola. tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo'sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati kiritiladi. Bibliografik to'liq holda keltirilishi lozim (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari). Manbalarga havolalar ko'rsatilishi lozim. Fayl nomi avtor familiyasi bilan nomlanishi lozim. Matn ostiga chizish, bosh harflar bilan yozish va bo'sh joylar qoldirish ta'qiqlanadi.

Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart programmalarini qo'llash tavsiya etiladi.

Anjuman ishida ishtirok etish shartlari:

- anjumanda ishtirok etish uchun sho''ba nomi ko'rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2016 yil 10 aprelgacha;
Maqolalarda keltirilgan ma'lumotlarning aniqligiga va imlo xatolari uchun mualliflar javobgardirlar
- badal puli To'lov har bir sahifasi uchun 10.000 so'm  (to'laganligi haqidagi hujjat).
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona G'azna hisob varag'i h/r: 23402000300100001010   INN: 201122919 MFO: 00014
JizPI Sh/xv 400110 860 08401 7950100 079001 INN: 201672757 OKONX: 92110
Tashkiliy kumita manzili: 130100. Jizzax shahri, Xalklar Do'stligi shox ko'chasi, 4 uy. Tel.: (+99872)226-57-17, 226-57-01 Faks: (+99872)226-45-47, (Q99891)941-15-15  Jizzax politexnika instituta.

E.mail:  Jizpixq@inbox.uz

Ko'chirib olish

O'qildi: 382 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting