UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

Ilmiy-texnik anjuman

2011-03-31 / 10:07

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 fevraldagi 90-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasida 2011 yilda xalqaro va respublika miqyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi"da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2011 yil 17 fevraldagi "Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida 2011 yilda o'tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to'g'risida"gi 64 sonli buyrug'iga muvofiq joriy yilning 6-7 may kunlari Jizzax politexnika institutida "Innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalari" mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani o'tkaziladi.

Institut ma'muriyati anjumanda ishtirok etishni hoxlovchi professor-o'qituvchilar, talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil tadqiqotchi, tegishli sohalar olim va mutaxassislarining keng ishtirokini ta'minlash maqsadida, ilovada keltirilayotgan talablar asosida, Siz raxbarlik qilayotgan Oliy o'quv yurti jamoasini mazkur anjumanda ishtirok etishlarini taklif etadi.

"Innovatsion loyixalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalari" mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlarini islox qilish talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish korxonalarining hozirgi kunda mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni xamda ularga zamonaviy texnika va texnologiyalarni tadbiq etishda ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish korxonalarida mavjud bo'lgan muammolarini ilmiy asoslangan holda yechish, bugungi kunda dunyo hamjamiyati, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun dolzarb bo'lgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish korxonalarida tadbiq etishdagi ekologik, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalariga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish, transport va qurilish inshootlarida yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishning texnologik va iqtisodiy muammolari hamda ularning yechimi muammolari atroflicha taxlil qilish, tegishli ilmiy tavsiyalar berish maqsadida Jizzax politexnika institutida 2011 yilning 6-7 may kunlari "Innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga tadbik etish masalalari" mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani o'tkaziladi.

Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

- Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish korxonalari, servis sohalari tizimida tadbiq etishdagi ekologik muammolar;

- Avtotransport vositalarini ishlatish, servis, yo'l xarakat xavfsizligini ta'minlash muammolari;

- Transport va qurilish lnshootlarida yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishning texnologik va iqtisodiy muammolari;

- Sanoat mahsulotlari sifatini oshirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalari;

- Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada  chukurlashtirishda  kichik  biznes,   xususiy  tadbirkorlikning kengaytirish masalalari;

- Texnika yo'nalilishidagi oliy o'quv yurtlarida zamonaviy kompyuter dasturlari yaratish hamda talabalarni pedagogik metodlarda o'qitishning dolzarb muammolari;

- Demokratik islohotlarki yanada chuqurlashtirish va  fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni talabalar ongiga singdirishda ijtimoiy fanlarning roli.

Maqola, tezis materiallari o'zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to'plam holida chop etish rejalashtirilmoqda. Anjuman tashkiliy qo'mitasi maqola, tezislarni saralashni o'z zimmasiga oladi. Ko'rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi xamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga qo'yiladigan talablar

- Maqola, tezis matnlari elektron nushada taqdim etilishi yoki konfe-jizpi@inbox.uz elektron pochta manziliga jo'natilishi talab etiladi.

- Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3-5 bet hajmda, A-4 kattalikdagi qog'ozda, 14 kegel kattaligida, 1 intervalda, yukoridan, pastdan, chapdan, o'ngdan 2,5 sm joy koldirib, TIMES NEW ROMAN shriftida rasmiylashtirilishi lozim.

- Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo'sh qator qoldirilib, navbatdagi katordan muallifning ismi, familiyasi va bir katordan keyin doimiy ilmiy darajasi, tashkilot va shahar nomi ko'rsatiladi. Ikkita bo'sh joy qoldirilib, navbatdag'i qatordan maqola, tezis matni yoziladi, Matn oxirida bir qator bo'sh joy qoldirilib,
foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati kiritiladi. Bibliografik to'liq holda keltirilishi lozim (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari).    Manbalarga    havolalar    ko'rsatilishi    lozim. Matnda ko'rsatilgan faktlarning to'g'riligi va anikligiga shaxsan mualliflar javobgar.

- Fayl nomi avtor familiyasi bilan nomlanishi lozim. Matn ostiga chizish, bosh harflar bilan yozish va bo'sh joylar qoldirish ta'qiqlanadi. Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda  matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft office standart programmalarini qullash tavsiya etiladi.

Anjumanda qatnashish shartlari quyidagicha:
- Anjumanda qatnashishi uchun sho'ba nomi ko'rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2011 yil 20 aprelgacha;
- badal puli (To'lov - 12000 so'm) to'laganligi haqidagi xujjatlar faks 8(372)226-45-47 yoki skaner qilingan holda elektron pochta orqali yuborish muddati 2011 yilning 20 apreligacha.

Badal puli tulash uchun hisob rakami:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi x/r: 2340200000100001009   INN:201122919 MFO: 00014 JizPI
Sh/xv 400110860084017950100079001   INN:201672757 Jizzax shaxriga kelish va ketish, mexmonxonada yashash bilan bog'liq xarajatlar ishtirokchilarning o'z hisoblaridan amalga oshiriladi. Agar mehmonxonada yashashga zarurat bo'lsa joy bron kilish uchun talabnomada ko'rsatilishi lozim.

Anjuman ishtirokchilari uchun Jizzax diyori madaniyati va tarixiy yodgorliklari bilan tanishishga sharoit yaratiladi.

Tashkiliy qumita manzili:

130100, Jizzax shahri, Xalqlar Do'stligi shoh ko'chasi, 4 uy. Tel.: (+99872)226-57-01, Faks: (+99872)226-45-47, Jizzax
politexnika instituti.E.mail:  konfe-jizpi@inbox.uz
Anjumanga qiziqish bildirganligingaz uchun minnatdormiz!
Tashkiliy qumita

O'qildi: 799 | Reyting: 8 | Izohlar: 0


OO'Y reyting