UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

"Ayol "ma'naviyat gulshani" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani

2011-03-30 / 11:26

Jamiyatda ma'naviy hayot va kelajakni barpo etishda ayol va oilaning o'rni beqiyos ekanligini e'tirof etgan holda, barcha ta'lim, tarbiya muassasalarida, hamda xotin-qizlar kengashlari tomonidan yosh avlodni tarbiyalashda olib borilayotgan keng ko'lamli ishlarni muvofiqlashtirish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog'lom oilani shakllantirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2009 yil 13 apreldagi PQ-1096 sonli hamda 2009 yil 1 iyuldagi "2009 – 2013 yillarda aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, har tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirish maqsadida jamoatchilikning tibbiy madaniyatini va savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli axborot-targ'ibot ishlarini olib borish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi PQ-1144 sonli qarorlarining mazmun-mohiyatini oliy o'quv yurti talabalari va keng aholi orasida targ'ib-tashviq qilish, respublika olimlari tomonidan hozirgi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan, ya'ni insonga insonligini, uning salomatligini nechog'lik jamiyat taraqqiyoti uchun zarur ekanligini anglatish kabi masalalarni hal etish borasida olib borilayotgan va salmoqli natijalarga erishilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko'lamini yanada oshirish maqsadida Jizzax politexnika institutida 2011 yilning 8-9 aprel kunlari "Ayol – ma'naviyat gulshani" mavzusidagi Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

•    Xotin-qizlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ularning oila va jamiyatdagi rolini kuchaytirish;
•    Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishida faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
•    Respublikada sog'lom oilani shakllantirish, ayollar va bolalarning sog'lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish;
•    Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, har tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirish maqsadida jamoatchilikning tibbiy madaniyatini va savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli axborot-targ'ibot ishlarini olib borish;
•    "Sog'lom ona – sog'lom bola" harakatining mazmun mohiyatini talaba-yoshlar va keng ommaga yetkazishga qaratilgan axborot-targ'ibot ishlarini olib borish.

Institut ma'muriyati anjumanda ishtirok etish uchun hohlovchi professor-o'qituvchilar, talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil tadqiqotchi, tegishli sohalar olim va mutaxassislarni taklif etadi.

-    Maqola, tezis materiallari o'zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to'plam holida chop etish rejalashtirilmoqda. Anjuman tashkiliy qo'mitasi maqola, tezislarni saralashni o'z zimmasiga oladi. Ko'rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga qo'yiladigan talablar:

-    Maqola, tezis matnlari elektron nusxada taqdim etilishi yoki xotin-qizlar@ramber.ru elektron pochta manziliga jo'natilishi talab etiladi.

-    Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3-5 bet hajmda, A-4 kattalikdagi qog'ozda, 14 kegel kattaligida, 1 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o'ngdan 2,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim. 

-    Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo'sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin doimiy ilmiy darajasi, tashkilot va shahar nomi ko'rsatiladi. Ikkita bo'sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola, tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo'sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati kiritiladi. Bibliografik to'liq holda keltirilishi lozim (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari). Manbalarga havolalar ko'rsatilishi lozim. Matnda ko'rsatilgan faktlarning to'g'riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar.

-     Fayl nomi avtor familiyasi bilan nomlanishi lozim. Matn ostiga chizish, bosh harflar bilan yozish va bo'sh joylar qoldirish ta'qiqlanadi.

-    Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda  matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart programmalarini qo'llash tavsiya etiladi.

Anjumanda qatnashishi shartlari quyidagicha:

-    anjumanda qatnashishi uchun sho'ba nomi ko'rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2011 yil 28 martgacha;

badal puli (To'lov – 10000 so'm) to'laganligi haqidagi hujjatlar faks 8(372)226-45-47 yoki skaner qilingan holda elektron pochta orqali ю±ори? muddati 2011 yilning 28 martgacha.
Badal puli to'lash uchun hisob raqami:
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gaznachiligi
x/r: 2340200000100001009    INN: 201122919 MFO: 00014
JizPI Sh/xv 400110860084017950100079001  
 INN: 201672757 OKONX: 92110

Jizzax shahriga kelish va ketish, mexmonxonada yashash bilan bog'liq xarajatlar ishtirokchilarning o'z hisoblaridan amalga oshiriladi. Agar mehmonxonada yashashga zarurat bo'lsa joy bron qilish uchun talabnomada ko'rsatilishi lozim.
Anjuman ishtirokchilari uchun Jizzax diyori madaniyati va tarixiy yodgorliklari bilan tanishishga sharoit yaratiladi.
Tashkiliy qo'mita manzili: 130100, Jizzax shahri, Xalqlar Do'stligi shoh ko'chasi, 4 uy. Tel.: (+99872)226-57-17, Faks: (+99872)226-45-47, Jizzax politexnika instituti. E.mail: xotin-qizlar@ramber.ru

Anjumanga qiziqish bildirganligingiz uchun minnatdormiz!

 

Tashkiliy qo'mita.
O'qildi: 764 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting