UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yosh olimlar kengashi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI «YOSH OLIMLAR KENGASHI» NIZOMI

2016-02-05 / 10:31

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
"YOSH OLIMLAR KENGASHI"
NIZOMI

I. UMUMIY QOIDALAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi "YOsh olimlar kengashi" yosh olimlarning jamoat tashkiloti bo‘lib, ilmiy-tadqiqot va ijod bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, mavjud ilmiy maktablar an'analarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosdagi ilmiy-ijodiy faoliyatini ko‘llab-quvvatlash, oliy ta'lim muassasalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish orqali ta'lim sifatini oshirish va shu tarzda ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta'minlash hamda yosh olimlar ijodiy yutuqlarini targ‘ib qilishda ko‘maklashish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi "YOsh olimlar kengashi" (keyingi o‘rinlarda - Kengash) 35 yoshgacha bo‘lgan olimlar va mutaxassislar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil-izlanuvchilardan iborat tarkibda shakllangan (keyinchalik - yosh olimlar) jamoat tashkiloti hisoblanadi.

3. Kengash barcha imkoniyatlarini qo‘llagan holda yosh olimlar ijodiy faolligining rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari bo‘yicha kamol topishiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan echimini topishga ko‘maklashadi. YOsh tadqiqotchilarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga, o‘z salohiyat va imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishlarida yordamlashadi va sharoit yaratadi.

4. Kengash faoliyati yosh olimlar jamoat tashkilotining asosiy yo‘nalishlari va faoliyat shaklini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to‘g‘risida"gi va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining buyruqlari, qarorlari va ko‘rsatmalari, hamda mazkur Nizomga asosan olib boriladi.

5. Kengash o‘z faoliyatida OUMTVga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

II. KENGASHNING MAQSADI VA VAZIFALARI

1. Kengashning asosiy maqsadi - oliy ta'lim tizimida yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, mavjud ilmiy maktablaran'analarini davom ettirish xamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamii yaratish, yosh olimlar kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosdagi ilmiy-ijodiy faoliyatini ko‘llab-quvvatlash, fan, ta'lim va ishlab chikarish integratsiyasini izchil rivojlantirish asosida ilmiy tadqikotlar bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularning mutaxassisliklari va ijtimoiy sohalarga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash - shu tarzda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta'minlashga ko‘maklashishdan iborat.

2. YOsh olimlarni mamlakat ilm-fani uchun dolzarb, milliy iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga, xalqimiz ma'naviyati va madaniyatining yuksalishiga ko‘maklashuvchi fundamental, amaliy va nnnovatsion yo‘nalishlardagi ilmiy faoliyatga jalb qilish.

3. YOsh olimlar faoliyati orqali O‘zbekiston Respublikasi fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqikotlar tashkil qilish va olib borishda ishtirok etish xamda ustoz-shogird tizimini shakllantirish.

4. Oliy ta'lim muassasalari va Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalari hamkorligini tajriba almashish maqsadida rivojlantirish va mustahkamlash, yosh olimlarning ijodiy faolligini kuchaytirish, ilmiy anjumanlar, seminarlar o‘tkazishga ko‘maklashish.

5. YOsh olimlarnnng ilmiy tadqiqot ishi natijalarini umumlashtirish va amaliyotga tadbiq etish, uning yangi shakllarini izlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, oliy ta'lim muassasalari faoliyatiga tatbiq etish barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tashabbuskorlik ko‘rsatish.

6. Ilmiy anjumanlarda ishtirok etish uchun yosh olimlarning ilmiy safarlarini rejalashtirish va hartomonlama yordam ko‘rsatish.

7. YOsh olimlarning etakchi ilmiy markazlar va OTMlardagi xorijiy xamkasblari bilan o‘rnatilgan tartibda faol xalqaro xamkorligini tashkil etish, xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markaz va muassasalari bilan ilmiy xamkorlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maktablar, amjumanlar, seminarlar va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etishga, xorijiy mamlakatlarda maqolalar e'lon kilishga ko‘maklashish.

8. YOsh olimlar ilmiy ishlari tanlovini muntazam tashkil etish va o‘tkazish, davlat grantlari, xorijiy mamlakatlar grantlari va xo‘jalik shartnomalarida yosh olimlar ishtirokini ta'minlash, ular ishlarini mukofotlarga takdim etish, eng yaxshi va respublika uchun ustuvor hisoblangan ilmiy tadqiqot iatijalarini nashr etish va ommalashtirishga ko‘maklashish.

9. O‘z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan yosh olimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish.

10. Noyob jihozlarda tadqiqot  ishlarini o‘tkazishga amaliy yordamko‘rsatish;

11. YOsh olimlarning faoliyatini qo‘llab -quvvatlovchi  grant ajratuvchi tashkilotlar to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ish va ularni tarqatish;

III. KENGASHNING BOSHQARUV ORGANLARI VA ULARNING VAKOLATLARI

1. Kengashi tarkibi 21-25 nafardan iborat bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

2. Kengash raisi va kotibi oliy ta'lim muassasalaridagi yosh olimlardan iborat a'zolardan, jamoatchilik asosida Kengashi yig‘ilishida 2 yilgacha muddatga saylanadi.

3. Kengash kamida oyda bir marta yig‘iladi. Kengash qarori qatnashayotganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan hisoblanadi. Qaror ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovoz berish Kengash a'zolarining ishtiroki 2/3 qismidan kam bo‘lmagan holda haqiqiy hisoblanadi.

4. Kengash yig‘ilishlari orasidagi davrda uning faoliyat yo‘nalishiga doir tezkor masalalarni Kengash kotibiyati tarkibi (rais, uning muovinlari va kotibdan tashkil topgan) hal qiladi.

5. Kengash raisi:

- Kengashning rasmiy vakili hisoblanadi, o‘zining vakolati doirasida Kengashning barcha ishlarini tashkil etadi va boshqaradi, kengashning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiradi, Kengash faoliyatiga taalluqli xujjatlarga imzo chekadi;

- Kengash yig‘ilishlarining o‘tkazilish vaqti va kun tartibi to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

-Kengash nomidan oliy ta'lim muassasalari yosh olimlari talab va istaklarini ximoya qiladi;

-Kengash raisi kamida bir yilda qilingan ishlar yuzasidan kengash yig‘ilishida hisobot beradi;

-Belgilangan maksad va vazifalari, ish rejasining amalga oshirilishi-umumiy faoliyati yuzasidan har chorakda Vazirlik Apparati kengaytirilgan yig‘ilishida hisobot beradi.

6. Yillik hisobot natijasiga asosan Kengash uning vakolatini to‘xtatish va yangi rais saylash huquqiga ega.

7. Rais vakolatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, agarda a'zolarning kamida uchdan bir qismi faoliyatni to‘xtatish taklifi bilan chiqib, a'zolarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan hollarda.

8. Kengash raisi xizmat safari, betobligi, ta'tildaligi vaqtida uning vazifasini Kengash raisi o‘rinbosari bajaradi.

9. Kengash raisi va kotibi Vazirlik tomonidan, oliy ta'lim muassasasi YOsh olimlar kengashi raisi va kotibi esa oliy ta'lim muassasasi tomonidan moddiy va ma'naviy rag‘batlantiriladi.

IV. KENGASH FAOLIYATI

Kengash o‘zining faoliyatida:

- joriy yil uchun o‘zining ish rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning bajarilishi to‘g‘isidagi axborotlarni tinglaydi. Kengash tadbirlari, ilmiy anjumanlari, seminarlari rejalarini, zarur hollarda joriy yil uchun o‘zining Tashkiliy qo‘mitasi tarkibini tasdiqlaydi, tadbirlarga tayyorgarlik na o‘tkazish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarnitinglaydi.

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'atiga va oliy ta'lim muassasalari ilmiy kengashiga ilmiy-tadkiqot ishida muhim yutuqlarga erishgan va ijtimoiy faol yosh olimlardan rahbar kadrlar zahirasi bo‘yicha takliflar kiritadi;

- O‘zbekiston Rsspublikasi oliy ta'lim muassasalari YOsh olimlar kengashlari faoliyatini muvofiklashtiradi;

- YOsh olimlar ilmiy ishlari tanlovini tashkil etadi va o‘tkazadi;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga, oliy ta'lim muassasalariga yo‘nalishlar bo‘yicha yosh olimlarni xorijga ilmiy tajriba va malaka oshirishiga va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga yuborish to‘g‘risida takliflar kiritadi;

-Kengash yigilishlarida xorijiy markazlar va muassasalarda stajirovka o‘tagan yosh mutaxassislarning axborotini tinglaydi;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xamda oliy ta'lim muassasalariga yosh olimlarning eng yaxshi ishlarini taqdirlash va nashr etish bo‘yicha takliflar kiritadi;

- o‘z faoliyati va oliy ta'lim muassasalari yosh olimlarining turli yutuqlari va erishayotgan natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ommalashtiradi;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'ati yig‘ilishiga qo‘yidagi masalalar bo‘yicha takliflar kiritadi;

-katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqikotchilar va yosh mutaxassislarning ilmiy ishlaridagi yuqori ko‘rsatkichlari uchun taqdirlash to‘g‘risida;

-katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va boshqa yosh olimlarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida;

-katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatnni talab darajasida olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida;

-o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan va dissertatsiyasini ximoya qilgan yosh olimlarni ish o‘rni bilan ta'minlash to‘g‘risida.

V. KENGASH A'ZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

1. Kengash a'zosi huquqlari:

-Kengash a'zolari teng hukuq va majburiyatga egadirlar va ushbu huquq va majburiyatlarlan teng huquqlilik asosida foydalanadilar.
-Kengash yig‘ilishida qatnashish, Kengash faoliyatiga oid asoslangan takliflarni vazirlikka kiritish;

2. Kengash a'zosining majburiyati:
-Kengash faoliyatiga tegishliqaror, majburiyat va topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish;
- Ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan Kengash faoliyatiga taalluqli bo‘lgan topshiriq va majburiyatlarni vijdonan, faol va ijodiy bajarish;

3. Kengashga a'zolik qo‘yidagi hollarda to‘xtatiladi:
-yosh olim ta'lim muassasasidan ishdan bo‘shaganda;
-Kengash yig‘ilishiningtegishli qaroriga ko‘ra;
-o‘z arizasiga ko‘ra;
-yoshiga ko‘ra.

VI. KENGASH MAJBURIYATLARI

1. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi va yosholimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va rejalashtirishda kumaklashish, ularga ilmiy-tadqiqotni muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun tegishli sharoit yaratishda yordam ko‘rsatish, ularning manfaatlarini vakolat doirasida himoya qilish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi va oliy ta'lim muassasalarini raxbariyatini katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi yosh olimlar va mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi muammolari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish hamda ushbu muammoning echimi to‘g‘risida raxbariyatga takliflar kiritish.

3. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi va yosh olimlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ularga ko‘maklashish va bu borada tegishli takliflarni tayyorlash.

VII. KENGASHNIIG ISH TARTIBI VA HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH

1. Kengash o‘z ishini Kengash yig‘ilishida qabul qilingan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga binoan amalga oshiradi.

2. Kengashnnng majlislari, yig‘ilishlari va boshqa tadbirlari Kengash raisi va kotibi tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

3. Kengash hujjatlarini rasmiylashtirishni Kengash kotibi amalga oshiradi.

4. Qabul qilingan qarorlar bajarilishining nazorati Kengash raisi tomonidan amalga oshirilali.

VIII. KENGASH  NIZOMIGAO‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TARTIBI

Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Kengash tomonidan kiritiladi va Kengash azolarining 2/3 qismi ishtirok etgan  umumiy yig‘ilishda ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Umumiy yig‘ilishda qatnashayotgan Kengash a'zolarining 2/3 qismi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni yoklab ovoz berganda Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagiqaror qabul qilingan hisoblanadi.

IX. YAKUNIY HOLATLAR

Kengash faoliyatiningqayta tashkil etilishi yoki tugatilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiqaroriga (buyrug‘iga) muvofiq amalga oshiriladi.

O'qildi: 353 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting