UZ | RU | EN    

1 2
 
«Yanvar 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ochiq darslar

Ochiq darslar

2011-03-23 / 18:10

Institutda ochiq darslar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2004 yil 26 martdagi 79 sonli  buyrug'i bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasalarida ochiq darslarni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida nizom"ga asosan ishlab chiqilgan "Jizzax politexnika institutida ochiq darslarni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida nizom" asosida o'tkazilmoqda. Kafedralar bo'yicha professor-o'qituvchilarning ochiq darslarni o'tkazish jadvali 2010-2011 o'quv yili uchun ishlab chiqildi va institut rektori tomonidan 2010 yil 29 avgustda tasdiqlandi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2006 yil 7 martdagi 49 sonli buyrug'iga asosan institut Veb-sahifasida tashkil etilgan "Ochiq dars" bo'limiga joylashtirildi.

Institutda 2010-2011 o'quv yilida Oliy ta'lim muassasalari (Toshkent avtomobil yo'llari instituti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo texnologiya instituti, Jizzax Davlat pedagogika instituti) dagi turdosh kafedralarining tajribali professor-o'qituvchilari, ishlab chiqarishning tegishli sohalarida faoliyat yuritayotgan ilg'or korxonalar, ayniqsa qo'shma korxonalar("UzO'XIDO'" qo'shma korxonasi, Jizzax-avtoyo'l" OXJ, Jizzax-Oxak XJ)ning yuqori malakali mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari (O'zbekiston Respublikasi qishloq xujaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish ilmiy-tekshirish instituti, gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti)ning yetakchi olimlarini ochiq darslari o'tkazildi. Institutda ochiq darslarda tegishli fan sohasi bo'yicha yetakchi olimlar va ishlab chiqarishdagi yuqori malakali mutaxassislarning ekspert sifatida ishtiroki ta'minlandi.
  
Institutda 2010-2011 o'quv yilida ochiq darslarni eng yuqori saviyada tashkil etgan xamda ochiq dars ma'ruza matnining elektron ver iyasini sifatli tayyorlagan 12 nafar professor-o'qituvchi institut rahbariyati tomonidan rag'batlantirildi.

O'qildi: 812 | Reyting: 3 | Izohlar: 0


OO'Y reyting