UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







2015 - yil Keksalarni e'zozlash yili

Nosir RASHIDOV

2015-08-21 / 15:26

Nosir RASHIDOV

N.R.Rashidov (1936-2002 y.y) Jizzax politexnika institutining sobiq rektori, texnika fanlari doktori, professor, Respublika qishlok xo'jalik fanlari akademiyasining akademigi, "Beruniy" nomidagi Davlat mukofotining sovrindori va "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi". N.R.Rashidov 1958 yilda O'rta Osiyo politexnika instituti "Avtomobil transport ekspluatatsiyasi" mutaxassisligi bo'yicha tugatib, "Tashselmash" zavodida usta, muxandis vazifalarida ishlagan. 1959-1960 yillarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi xuzuridagi ilmiy tekshirish ishlarini koordinatsiyalash institutida katta muhandis vazifasida mehnat qildi.

1960 yildan 1992 yilgacha O'rta Osiyo qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tekshirish institutida aspirant, ilmiy xodim va bo'lim boshlig'i sifatida xamda 1972-1984 yillarda Toshkent Avtomobil yo'llari institutida hamkor kafedra mudiri sifatida faoliyat ko'rsatdi. U 1967 yili texnika fanlari doktori darajasiga erishdi. 

N.R.Rashidov 1978 yilda "Avtomobil transport ekspluatatsiyasi" bo'yicha professor unvoni berilgan, 1991 yildan O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining akademigi etib saylangan. Bundan tashqari Rossiya qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining muxbir-a'zosi etib saylangan edi.

N.R.Rashidov o'z ilmiy faoliyati davomida 23 ta nomzodlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.

U 11 ta tavsiyanoma, 60 dan ortiq ilmiy texnik xisobotlar, 5 ta darslik, 143 ta avtorlik guvohnomasi, 174 ta ilmiy maqolalar muallifi edi.

N.R.Rashidov 1992 yil dekabrdan Jizzax politexnika institutining rektori vazifasida ishladi. 1992 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko'ra Jizzax politexnika instituti rektori vazifasiga tayinlangandan so'ng asosiy e'tiborini talabalarni o'qitish, ta'lim tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash va institutni moddiy-texnikaviy jixatdan mustahkamlashga, ilmiy ishlarni rivojlantirish va institut xududini obodonlashtirishga qaratdi.   

Buning zamirida esa  ustozning  insonparvarligi, mexnatsevarligi va samimiyligi yotadi. 

N. Rashidov 1996-2001 yillarda Xalq deputatlari viloyat kengashining noibi, viloyat “Ma'naviyat va ma'rifat” hamda “Fan va texnika” markazining faxriy prezidenti sifatida faoliyat ko'rsatadi. Olimning fan rivojiga, ilmiy kadrlar tayyorlashga qo'shgan hissasi, Qishloq xo'jaligini rivojlantirish yo'lidagi sermaxsul faoliyati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. 

N. Rashidov mexnatlari uchun 2 marta “Shavkatli mehnati uchun” medali bilan mukofotlangan, “Beruniy” nomidagi davlat mukofotining sovrindori va “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan mexanizator” hamda “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi”  unvonlari sohibi edi.

1999 yil 13 yanvarda institut jamoasi N. Rashidovning yubileylarini nishonladi. Institutda N.Rashidovning barcha avtorlik guvoxnomalari, ilmiy maqolalari va erishgan yutuqlari xaqida ko'rgazma tashkil etildi. 

Darhaqiqat! Nosir Rashidov o'ziga va o'zgalarga ham qa'tiy talabchan bo'lib qisqa umri jarayonida yuqoridagi tamoillarga asoslangan xolda yashadi. Bu davrda u talabalarning va institut jamoasining xurmat va etiboriga sazovor bo'ldi.

2002 yil shavqatsiz o'lim Jizzaxning yagona akademigi N.R.Rashidovni oramizdan olib ketdi. Biroq u kishi haqidagi yorqin xotiralar Jizzax axli qalbida abadiy saqlanib qoladi.

O'qildi: 356 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram