UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Jizzax politexnika institutida Abiturient-2015 qabul jarayonlarida tashrif buyurgan ota-onalar va abiturientlarga yaratilgan shart sharoitlar

2015-07-13 / 19:43

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 23 iyunda qabul qilgan “2015-2016 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul to'g'risida”gi PQ-2359-son Qarori ijrosini yuqori saviyada ta'minlash maqsadida institutimizda alohida tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Yangi o'quv yiliga qabulni tashkil etish bo'yicha maxsus komissiya tuzilib, uning har bir a'zosiga aniq vazifalar yuklatildi. Bunda asosiy e'tibor institutimizga xujjat topshirish uchun kelgan abiturientlar, ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratishga qaratildi. Abiturientlar bilan mashg'ulotlar olib borish uchun yuqori malakali, tajribali professor-o'qituvchilar jalb etildi.

Qabul komissiyalari faoliyat ko'rsatadigan joylar qabulga oid me'yoriy hujjatlar, statistik ma'lumotlar, yangilangan kasbga yo'naltiruvchi targ'ibot-tashviqot lavhalari, fanlar bo'yicha dasturlar, maslahatlar jadvali, e'lonlar va boshqa zarur ma'lumotlar bilan jihozlangan.

Abiturientlarga qulaylik yaratish maqsadida xujjatlarni rasmiylashtirish 4 ta sektorda tashkil etilib, abiturientlarga bir vaqtning o'zida ma'sul xodimlar tomonidan test jarayonidagi savollar kitobi va javoblar varaqasidagi o'zgarishlar bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O'qildi: 579 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram