UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Tafakkur sinovlari

2015-06-01 / 10:06

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil 31 martdagi 40-sonli majlisi bayoni va "O'zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar Dasturi"ning 6-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Tafakkur sinovlari" respublika ko'rik-tanlovining saralash  bosqichini bo'lib o'tdi.

Jizzax politexnika instituti majlislar zalida  "Tafakkur sinovlari" respublika tanlovining saralash bosqichini o'tkazildi. Unda Jizzax Davlat pedagogika institutining "Status" jamoasi, Jizzax politexnika institutining "Targ'ibotchi talabalar" jamoalari ishtirok etdi.  

Tanlov 5 ta shart asosida olib borildi. Jumladan;

"Tafakkur sinovlari" ko'rik tanlovi 5-shart asosida o'tkazildi. Tanlovining birinchi shartida guruhlar o'zlari tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, ilmiy ijod va malakaviy izlanishlar uchun mavjud imkoniyatlar, O'zbekistonning yangi tarixi davri taraqqiyoti, so'nggi yillarda mamlakatimiz sud - huquq va ijtimoiy-siyosiy tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarning mazmun mohiyatini tushuntirib berishdi va yuksak ma'naviyatli barkamol avlodni tarbiyalash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan takliflarini ko'rgazmali tarzda namoyish etdilar.

Ushbu shartga 10 daqiqa vaqt berildi va 10 balli tizimda baholandi.  

Ikkinchi shart "Hozir javob" deb nomlanib, unda xar bir jamoaga Hakamlar hay'ati tomonidan O'zbekistonning yangi tarixi davri taraqqiyoti, so'nggi yillarda mamlakatimiz sud-huquq  va ijtimoiy-siyosiy tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar to'g'risida tayyorlanib konvertlarga muhrlangan savollardan foydalanildi. Shart guruhlar o'rtasida "blits" (tezkor javob) tarzida tashkil etildi, ushbu shartda har bir guruhga 15 tadan savol berildi, savollarni o'ylash va  javob berish uchun 10 daqiqa vaqt ajratildi va 10 balli tizimda baholandi. 

Uchinchi shart "Sahnada tafakkur sinovi"da Tashkiliy ishchi gurux tomonidan tayyorlangan O'zbekistonning yangi tarixi  davrida erishilgan yutuqlari aks etgan ijtimoiy rolik namoyish etildi.  Barcha guruhlar namoyish etilgan videorolikni belgilangan plakatga tasvirladi va tasvirlagan ijodiy ishlarini izohlab  berdilar. Ushbu shartda jamoalarga  10 ballik tizimda baholandi.

Turtinchi shart "Muammo va yechim" deb nomlanib, bu shartda jamoalar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishi orqali talabalar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, giyohvandlik, alkogolizm, tamaki chekishning zararli oqibatlari, shuningdek, odam savdosi, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish masalalariga oid bo'lgan  muammoli vaziyatlar va ularni bartaraf etish hamda oldini olishda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan iqtidorlarini namoyish etishdi. Shart uchun 7 daqiqa vaqt berilib, 10 ballik tizimda baholandi.    

Beshinchi shart "Yoshlarga oid qonunchilik-talabalar nigohida" deb nomlanib unda jamoalar o'zi taxsil olayotgan oliy ta'lim muassasasida "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi qonun ijrosi va natijalarini sahna ko'rinishlari orqali namoyish etishdi. Shu bilan birga ushbu qonunni takomillashtirish bo'yicha ishlab chiqqan takliflarini taqdimot shaklida namoyish etdilar. Shart uchun 10 daqiqa vaqt ajratilib, 10 billik tizimda baholandi.  Tanlov yakunlariga ko'ra Jizzax Davlat pedagogika institutining "Status" jamoasi 198 ball, Jizzax politexnika institutining "Targ'ibotchi talabalar" jamoasi 190 ball to'pladilar. 

Tanlov natijalariga ko'ra Jizzax Davlat pedagogika institutining "Status" jamoasi 198 ball  bilan  1– o'rinni egalladi va yo'llanmani qo'lga kiritdi.

O'qildi: 989 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram