UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ayol-manaviyat gulshani mavzusidagi VII ilmiy amaliy konferensiya

2015-05-18 / 18:16

2015 yil 15-16 may kunlari, Jizzax politexnika institutida Respublika miqyosida o'tkazilgan “Ayol-ma'naviyat gulshani” mavzusidagi VII – ilmiy – amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Qalbi daryo, mehnatkash xalqimizning barchasi o'z mehnat jarayonida, qalb amri bilan vatanimiz ravnaqi, uning obodligi yo'lida faoliyat ko'rsatmoqda. Bu yuksalishda ayollarning ham o'rni borligi bizni quvontiradi.

Kelajagi buyuk mamlakatimiz ayollariga bildirilgan mas'uliyat va ishonchga munosib javob berib, barkamol avlodni tarbiyalashdagi asosiy vazifalarini ular sharaf bilan ado etayaptilar - desak mubolag'a bo'lmasa kerak.

Dunyoning hech bir mamlakatida ayollarga bo'lgan e'tibor bizning yurtimizdagi kabi davlat siyosati darajasiga ko'tarilmagan.

Mamlakatimizda o'tkazilayotgan barcha tadbirlar ayollarni chetlab o'tmaydi. Ayniqsa, fan, ta'lim va madaniyat sohasida minglab olimayu fozila ayollar mehnat qilmoqdaki, ular jamiyag taraqqiyotida o'z mavqelari, munosib o'rinlariga egadirlar.

Haqiqatdan ham, vatanimizda fidoyi, el-yurt ravnaqi uchun sidqidildan mehnat qilayotgan xotin-qizlar ko'pchilikni tashkil qiladi.

"Ayol ma'naviyag gulshani" nomli ilmiy-amaliy anjuman bejiz Jizzax viloyatida va aynan Jizzax politexnika institutida o'tkazilayotgani yo'q.

So'nggi yillarda Jizzax politexnika institutida xotin-qizlar qo'mitasi, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, institut kasaba uyushmasi qo'mitasi,  “Kamolot” YoIH bilan birgalikda institut talaba-qizlari orasida  "Sochining savdosi tushti...", "O'zbegimning Alp yigitlari va Barchinoy qizlari", “Atlas kiygan zebo sanamlar”, “Oila vatan ichra vatandir”,  “O'zbegim o'g'lonlari”, “Obod yurtning baxtli qizlari” kabi ko'rik - tanlovlar, “Ayollar tinchlik va obodlik elchisi” shiori ostida sport marafoni, Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab, “Yurtim posboni – tinchlik timsoli”, “Qizlar tarbiyasi – kelajak  poydevori”, “Muomala, libos va biz” mavzularida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil  31 oktyabrdagi  O'zbekiston Xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini munosib nishonlash to'g'risidagi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida,  institutda ko'plab ishlar, jumladan, uchrashuvlar, davra suhbatlari, mushoira kechalari o'tkazildi hamda  ushbu  ishlar natijalari o'laroq, “Bu bog'lar bir bog'lar bo'ladi hali” mavzusida uslubiy ko'rsatma  chop etildi.  Mazkur uslubiy ko'rsatmadan nafaqat xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti raislari va qo'mita a'zolari, balki mahallaning xotin-qizlar ishi bo'yicha maslahatchilari, barcha professor-o'qituvchilar talaba - qizlar ham foydalanishlari mumkin. Undan tashqari, 2015 yil 2 fevral kuni  “Saodat”   jurnali bosh muharriri, “Shuhrat” medali sohibasi  Feruza Jalilova, “Saodat” jurnali mas'ul kotibi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoira Qutlibeka Raximboyeva, viloyat xotin-qizlar qo'mitasi raisi, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, senator To'rayeva Gulnora Mamadaliyevna, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari Turob Maxsud, Venera Ibragimovalar bilan uchrashuv o'tkazildi. Har bitta o'tkazilgan tadbirlar haqidagi lavhalar albomlarda,  disklarda aks ettirildi va viloyat,  respublika televideniyelari orqali  namoyish etildi. 

Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan  “Kitob kelin sarposi bezagi” mavzusidagi hamda “Xotin-qizlar qo'mitasi raislari uchun” uslubiy ko'rsatmalar chiqarildi.

Konferensiyada respublikadagi Oliy o'quv yurtlarida  faoliyat ko'rsatayotgan   professor-o'qituvchilar, bakalavr va magistrlar,  viloyatlar  xotin-qizlar qo'mitalari raislari, institutlar xotin-qizlar qo'mitalari  boshlang'ich tashkiloti raislari,   davlat va nodavlat tashkilotlar xodimlari ishtirok etdilar. Yildan-yilga   uning salohiyati ham ortib bormoqda.

Joriy yilning 15-16 may kunlari konferensiya 7- bor o'tkazildi.  Kelib tushgan maqolalar soni  340  tadan oshdi, ekspertlar tomonidan tahlil qilinib, ularning 320 tasi to'plamga kiritildi. 

Konferensiya ishini yuqori saviyada o'tkazish uchun quyidagi tarkibdan iborat tashkiliy qo'mita tuzildi:

Saliyev E.A. –  f.m.f.n. dots. institut rektori, rais;

To'raqulov O.X. – p.f.n. ilmiy ishlar bo'yicha prorektor, hamrais;  

Tursunova B.A.- institut xotin-qizlar qo'mitasi b.t. raisi, 

rais o'rinbosari;  

Alimov N.N. – p.f.n. dots. Ma'naviy va axloqiy tarbiya ishlari prorektori, rais o'rinbosari;  

Matniyazov B.I. – t.f.n. dots. Moliya va iqtisod ishlari prorektori, a'zo;

Porsaxonov A. –f.m.f.n.dots. AL va KHK bilan ishlash prorektori, 

a'zo;

Abdurahmonov R. -  Ilmiy tadqiqot bo'limi boshlig'i, a'zo;

Soatova D.  -     O'zDJQA kafedrasi dotsenti, a'zo;  

Rashidova B.Y.- ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i,a'zo; 

Sattorov B.  -  Korrektor, a'zo;

O'ralov Sh. – Axborot – resurs markazi direktori, a'zo. 

Jamolov O'.- Axborot-texnologiyalar markazi direktori, a'zo. 

Ilmiy-amaliy konferensiyada quyidagi mavzular bo'yicha sho'ba yig'ilishlari o'tkazildi:

- Talaba qizlarni yuksak ma'naviyat asosida voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya muhiti va undagi ma'naviyatni barqarorlashtirishda  xotin-qizlar qo'mitasining roli;

- Yosh avlodni tarbiyalashda, begona g'oyalar, zararli oqimlar va odam savdosi muammolaridan asrashda xotin-qizlar qo'mitasining roli; 

- Inson va jamiyat, shaxs va oilaning o'zaro munosabatlari, ularni uyg'unlashtirishda uchraydigan muammolar;

Konferensiya o'tkazish yuzasidan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. (Tadbirlar rejasi ilova qilinadi). Konferensiya yig'ilishiga Farg'ona viloyatidan 3 nafar, Buxoro viloyatidan 2 nafar, Andijon viloyatidan 8 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 1 nafar, Sirdaryo viloyatidan 10 nafar, Xorazm viloyatidan 2 nafar, Toshkent shahridan 6 nafar, Samarqand  viloyatidan 1 nafar, Navoiy viloyatidan 2 nafar, Surxandaryo viloyatidan 5 nafar, Qoraqalpog'iston respublikasidan 6 nafar, Namangan viloyatidan 1 nafar va Jizzax shahri viloyatidan 113 nafar professor-o'qituvchilar, katta ilmiy  xodim izlanuvchilar, doktorantlar, pedagoglar, tuman hokimlari o'rinbosarlari, xotin-qizlar qo'mitalari raislari hamda a'lochi va faol talabalar ishtirok etdilar. (Jami  160 nafar).

2015 yil 16  may kuni konferensiya ishi muvaffaqiyatli yakunlandi.

O'qildi: 518 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram