UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Jasorat, burch, matonat shiori ostida manaviy - marifiy tadbir

2015-05-11 / 11:36

Jizzax politexnika instituti “Binolar va muxandislik inshootlari injiniringi” fakulteti tomonidan o‘tkazilgan “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash va “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida ma'naviy - ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirga 20 yaqin urush qatnashchilari, front ortida mexnat qilgan nuroniy oqsoqollar, institutning faxriy professor-o‘qituvchilari va fakultetning 120 nafar iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda quyidagilar so‘zga chiqdilar;

1. Tadbirni institut rektori E.A.Saliev tadbir qatnashchilarini Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda va institutimizda keksalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. U o‘z so‘zida quyidagi statistik ma'lumotni gapirib o‘tdi:

- 2014 yilda respublikamizda 3873 nafar II-jaxon urushi qatnashchisi bo‘lgan bo‘lsa,

- 2015 yilda 2827 nafar II-jaxon urushi qatnashchisi qoldi.

- Respublika bo‘yicha 88750 nafar front ortida mexnat qilganlar,

- Jizzax viloyati bo‘yicha 2554 nafar front ortida mexnat qilganlar,

- bugungi kunga kelib viloyatimizda 166 nafar II-jaxon urushi qatnashchisi qoldi. Ushbu nuroniylarga doimo xurmat ko‘rsatish lozimligini takidlab o‘tdi.

Institut rektori tadbir ishtirokchilarini tabriklamoqda

2. Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi YUsuf bobo Xolmatov II-jaxon urushi davrida frontdagi xizmat jarayoni, fashizm ustidan qilingan g‘alabaning mashaqqatlari xaqida batafsil gapirib o‘tdi.

3. Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi Abdujalil bobo Abdujabborovning II-jahon urushidagi fashizm bilan qonli to‘qnashuvlar, g‘alaba shukuhi, urushdan keyingi davrlardagi mashaqqatli kechinmalar, mamlakatimizda keksalarga yaratilayotgan e'tibor xaqida to‘lqinlanib gapirib, ushbu ishlarning tepasida turgan yurtboshimizga o‘z minnatdorchiligini beldirib o‘tdi.

 

 

Tadbir jarayonidan lavxalar

4. “Oliy matematika” kafedrasi faxriy dotsenti Mamasodiq Mansurov tadbir qatnashchilarini Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi bilan tabriklab, shunday ma'naviy tadbirni tashkillashtirgan institut ma'muriyatiga o‘z minnatdarchiligini bildirdi.

5. Fakultet talabasi Komiljon Isroilov faxriylarga bag‘ishlab “Bir burda non” she'rini o‘qib berdi.

SHundan so‘ng xar bir nuroniy keksalarga ma'muriyat tomonidan tashkillashtirilgan estalik sovg‘alarini topshirdilar.

 

 

Tadbir qatnashchilar bir piyola choy ustida

Tadbir so‘nggida barcha nuroniy mexmonlar bir piyola choyga taklif qilinib, ularga milliy taom osh berildi. 

Bunday xurmat-izzatdan xursand bo‘lgan nuroniy otaxonlar qo‘llarini duoga ochib, institut ma'muriyatini va tadbir qatnashchilari xaqida xamdu-sanolar aytishdi.

Fakultet ma'naviy va marifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini   M.Mirzabekov

O'qildi: 509 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram