UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori

2015-04-26 / 11:38

Jizzax politexnika institute konferinsiya zalida Jizzax shahar xotin-qizlar qo'mitasi, shahar O'zMTDP, Jizzax Davlat pedagogika instituti hamda Jizzax politexnika institutida "Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori" mavzusida loyiha taqdimoti o'tkazildi.

Bu tadbirda shahar xotin-qizlar qo'mitasi bosh mutaxassisi F.Siddiqova, O'zMTDP shahar kengashi raisi o'rinbosari N.Muxtorova, "Onaxonlar maktabi"ning rahbari A.Mamayunusova, institutning ma'naviyat-ma'rifat bo'limi boshlig'i B.Rashidova, "Sanoat texnologiyasi" fakulteti dekani o'rinbosari K.Alimova, "Avtotransport" fakulteti dekani o'rinbosari N.Rashidova, "Bino va inshootlar muxandisligi"  fakulteti  xotin-qizlar qo'mitasi b.t. raisi D.Qosimova, Jizzax Davlat pedagogika instituti xotin-qizlar qo'mitasi raisi Z.Abduvaliyeva, JDPIning 15 nafar faol talaba qizlari  hamda JizPIning professor-o'qituvchilari, xodimlari va 95 nafar talaba qizlar ishtirok etdilar.

Tadbirni institut xotin-qizlar qo'mitasi b.t.raisi B.Tursunova olib bordi. U so'zining boshida "Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori"  mavzusida loyiha haqida to'xtalib o'tdi:

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14-moddasida nikox tuzish ixtiyoriy, deb kursatilgan. Ammo xali xayotning past-balandini yaxshi anglamagan yoshlarning xar doim xam to'g'ri karor kabul kilishiga xech kim kafolat berolmaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, davlatimizning oila borasidagi siyosatining amaldagi ifodasini ta'minlash, oilalarning mustaxkam bulishida davlat va nodavlat tashkilotlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklanadi.

Shu ma'noda ayollar, ayniqsa turmush qurish yoshidagi qizlar tarbiyasi, ularni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda ijtiomiy hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarimiz talaygina deb o'ylayman.

Shu maqsadda Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan grant loyihalari doirasida bolalarning barkamol rivojlanishi, ularning sog'lom va jismonan rivojlanishiga qulay sharoit yaratishga ko'maklashish yo'nalishida  "Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori" mavzusida loyiha taqdim etildi va ushbu loyiha fond tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

Loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad - Oilada qizlarni mustaqil oilaviy xayotga tayyorlashda oila va jamoatchilik xamkorligini yanada mustahkamlashdan iboratdir.

Shunga kura biz taqdim etgan loyiha doirasida xotin kizlar kumitasi koshida  tashkil kilingan "Onaxonlar maktabi"  yosh kizlarning xukukiy, ijtimoiy-iktisodiy, reproduktiv bilimlarini oshirib, xotin-kizlar va bolalar xukuklarini ximoya kilishni, oila kurilgandan sung yuzaga kelishi mumkin buladigan muammolarga yechim topishni urgatib kelmoqda.

Shuningdek, shifokorlar, psixologlar xamkorligida oila, maxalla, maktab, kollej, litsey va oliygoxlarda erta turmush kurish, rasmiy nikoxsiz oila kurish, giyoxvandlik, kashandalik kabi illatlar to'g'risida tushunchalar berilmoqda.

"Onaxonlar maktabi" a'zolari tomonidan ayollarni, ayniksa, qizlarni mustaqil oilaviy xayotga tayyorlanishining    o'ziga xos xususiyatlarini namoyon etuvchi faoliyat jarayoni quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirilmoqda:

Shundan so'ng so'zni shu loyiha ijrochisi O'zMTDP shahar kengashi raisi o'rinbosari N.Muxtorovaga berildi, u loyihani yozishdan maqsad va uning ahamiyati haqida batafsil to'xtalib o'tdi.

So'z "Onaxonlar maktabi"ning rahbari A.Mamayunusovaga berildi. U so'zida qizlar tarbiyasiga barchamiz, ya'ni oila, ta'lim muassasasi, mahalla shu bilan birga  "Onaxonlar maktabi"ham mas'ul ekanligini aytib o'tdi.

Shahar xotin-qizlar qo'mitasi  bosh mutaxassisi F.Siddiqova,  "Onaxonlar maktabi"ning rahbari A.Mamayunusova, loyiha ijrochisi O'zMTDP shahar kengashi raisi o'rinbosari N.Muxtorova, institut ma'naviyat-ma'rifat bo'limi boshlig'i B.Rashidova,  institut xotin-qizlar qo'mitasi raisi B.Tursunovalar qizlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdilar.

Davra suhbatida "Libos, muomala va biz" mavzusidagi slay ko'rsatib o'tildi. Davra suhbati savol-javoblar asosida juda qiziqarli tarzda o'tkazildi.

O'qildi: 405 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram