UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

"Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini taminlovchi fan, talim xamda modernizatsiyalashgan energiya va resurstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, echimlar, istiqbollar" mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

2015-04-17 / 15:16

O‘zbekistan innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamoy modeliga o‘tish uchun xamma sharoitlarga ega. Bu - mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi.

Islom Karimov

Jizzax politexnika institutida "Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim xamda modernizatsiyalashgan energiya va resurstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, echimlar, istiqbollar" mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Konferensiyaning ochilish marosimi Jizzax politexnika instituti konferensiya zalila 17 aprel kuni soat 10:00 da boshlandi.

Ilmiy-texnik konferensiyada quyidagi masalalarni muhokama kilish nazarda tutiladi:

• O‘zbekistonda demokratik davlatni rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolari;

• Oliy o'quv yurtlarida innovatsion axborot va ta'lim texnologiyalarini yaratish xamda oliy ta'limni modernizatsiyalashda xalqaro xamkorlikning dolzarb muammolari;

• er va suv resurslaridan xamda biologik xilma-xillikdan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash tizimini takomillashtirish muammolari;

• iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishini ta'minlovchi modernizatsiyalashgan energiya va resurs tejamkor texnologiyalar, texnika vositalari, mashina va uskunalarning yangi avlodi xamda materiallarni yaratish muammolari;

• avtotransport vositalarini ishlatish, yo‘l harakat xavfsizligini ta'minlash muammolari;

• kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muxit yaratish asosida sohaning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish va eksport saloxiitini yuksaltirish istiqbollari.

TASHKILIY QO‘MITA A'ZOLARI

Ismoilov S.U. - Jizzax viloyati hokimi - rais

Saliev E.A. - Institut rektori - hamrais

Soatov B.Z. - Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari - rais o‘rinbosari

To‘raqulov O.X. - Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor - rais o‘rinbosari

Qobilov A.A. - Jizzax shahar hokimi - a'zo

Matniyazov B.I. - Moliyaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektori -a'zo

Sattarov S.A. -O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor - a'zo

Alimov N.N. - Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor - a'zo

Takaboev Q.O‘. - Institut kasaba uyushmasi raisi - a'zo

Saidaxmedova N.I. - "Avtotransport" fakulteti dekani - a'zo

Aynaqulov M.A. - "Sanoat texnologiyasi" fakulteti dekani - a'zo

Berdiqulov A.M. - "Binolar va muhandislik inshootlari injiniringi" fakulteti dekani - a'zo

 

ANJUMAN ISH TARTIBI:

2015 yil 17 aprel, juma

1. 8:00 – 10:00 – konferensiya qatnashchilarini kutib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish

2. 10:00 – 13:00 – konferensiya ochilishi, yalpi majlis

3. 13:00 – 14:00 – tushlik

4. 14:00 – 16:00 – sho'balar yig'ilishi.

 

2015 yil 18 aprel, shanba

 

1. 9:00 - 11:00 - sho‘balar yig‘ilishi

2. 11:20 -13:00 - sho‘ba raislarining hisobotlari, yakuniy majlis.

 

KONFERENSIYANING OCHILISHI KUN TARTIBI:

1. Jizzax politexnika instituti rektori, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent E.A.Salievning kirish so‘zi.

2. Jizzax viloyati hokimi S.U. Ismoilovning tabrik so‘zi.

3. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, t.f.d., professor A.To‘xtaqo‘zievning "Push-pul sistemasidagi plug osgichlarini nazariy asoslari" mavzusidagi ma'ruzasi.

4. "O‘zstandart" agentligi "Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish" ilmiy-tadqiqot instntuti t.f.d., prof. O.SH.Hakimovning "O‘zbekiston Respublikasida metrologiya sohasining asosiy yo‘nalishlari" mavzusidagi ma'ruzasi.

5. Toshkent davlat texnika universiteti f-m.f.d, professor B.Y. Umurzoqovning "Nonatexnologiya plyonkasini olish usullari" mavzusidagi ma'ruzasi.

6. Toshkent kimyo-texnologiya instituti t.f.d., professor A.Ikramovning "Atsetilendan geterogen katalizatorlar ishtirokida olinadigan mahsulotlar sintezi" mavzusidagi ma'ruzasi.

7. Tabriklar.

O'qildi: 394 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram