UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Amir Temur-buyuk davlat arbobi va sarkarda

2015-04-14 / 10:38

Jizzax politexnika instituti "Binolar va muxandislik inshootlari injiniringi" fakulteti tomonidan "Amir Temur-buyuk davlat arbobi va sarkarda" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda, Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'lim boshlig'i B.Rashidova, fakultet dekani A.Berdiqulov, O'zDJQA kafedrasi o'qituvchilari M.Xolbekova, Z.Yodgorov, X.Xidirov, dekan muovini M. Mirzabekov, institut "Kamolot" YoIH b.t.yetakchisi R.Raxmonov, guruh murabbiylari va fakultetning 70 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirni 132-11 Servis guruxi talabasi Saidqulov Aziz olib bordi. U o'z so'zida soxibqiron A.Temurga bag'ishlangan "Sohibqiron" nomli she'ri bilan davom ettirdi.

Shundan so'ng so'zni institut ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori N.Alimovga berdi. U tadbir ishtirokchilarini kirish so'zi bilan ochib, buyuk bobokalonimiz AMIR TEMUR tavalludining 679 yilligi butun Respublikamiz bo'ylab keng nishonlanayotganligini takidlab o'tdi. A. Temur va temuriylar haqida so'z ketganda aksar hollarda mavzuning siyosiy tarix, harbiy yurishlar bilan bog'liq tomonlariga ko'piroq e'tibor qilingan. Vaholanki, o'z davri uchun taraqqiyotning yuksak darajaga olib chiqishda muayyan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jarayonini ham shunday pog'onaga ko'tara bilishlik taqozo etilgani oydek ravshan edi. Temuriylar va aynan Amir Temur davridagi davlatimiz qudrati ko'p jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar quvvati bilan ham chambarchas bohg'liq bo'lgan. Ko'p minglik tariximiz juda ko'p sulolalarni boshidan kechirdi. Lekin uzidan juda katta yodigorlik qoldirgan va ko'p yillar hukum surgan sulola - bu temuriylar sulolasi bo'ldi. Bu sulola vakillari Movarounnaxr, Eron, Ozorboyjon, Iroq, Afg'oniston va Hindistonni 488 yil (1370-1506, 1526-1858 yillar) idora qildilar. O'sha mamlakat xalqlar tarixida sezilarli iz qoldirdilar.

Shundan so'ng so'zni O'zDJQA kafedrasi o'qituvchisi X.Xidirovga berdi. U o'zining "Amir Temur-buyuk davlat arbobi va sarkarda" nomli ma'ruzasi bilan barcha tadbir ishtirokchilarini Amir Temurning xayoti va butun faoliyati bilan batafsil tanishtirib o'tdi.

Barcha zamonlar uchun oddiy bir xaqiqat bor: insonni yer boqadi. Yerni ishlash, eng avvalo, sug'orish lozim. Amir Temur mazkur oddiy xaqiqatni davlat miqyosidagi masalaga ko'tara bildi. Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, "olam ravnaqi va ro'shnoligi yo'lida hafsalasi nixoyatda baland bo'lgan Amir Temur obodonchilikka yaraydigan biron parcha yerni zoyye bo'lishini ravo ko'rmasidi". Shu qoidaga rioya qilgan holda u Movarounnaxr, Xuroson va boshqa o'lkalarga suv chiqarib obodonchilik, yangi yerlar ochish ,bog'lar barpo etish kabi muxim tadbirlarni amalga oshirdi. Amir Temur davrida Samarqand, Shaxrisabiz va boshqa shaharu tumanlarda o'nlab kanallar, ariqlar qazildi, daraxtzorlar, ekinzorlar, bog'-rog'lar yashnab, to'kin-sochinlik yuzaga keldi, xorijdan kelgan sayyohlar, elchilar mamlakat go'zalligidan hayratga tushdilar. Temuriylar sulolasining yalovbardori ulug' Amir Temurni shu paytga qadar o'tgan jaxongirlarning birontasi bilan ham qiyoslab bo'lmaydi. Bu fikirni ulug' bobomiz va uning avlodlari qoldirgan ulkan moddiy madaniyat yodigorliklari-gina emas, balki jaxon fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo'shgan Ulug'bek, A.Navoiy, Z.M.Bobur va boshqalarning temuriylar sulolasidan bo'lganligi ham isbotlaydi.

Amir Temur shaxsining ulug'ligi uning Chingizxondan keyin xududining kattaligi jixatidan dunyoda ikkinchi buyuk imperiyaga asos solganligida emas, yoki o'zining sohibquronlik faoliyati davomida 30 marta yurishlar qilib, biror marta bo'lsada yengilmaganligida ham emas, albatta. Bu fazilat va omillar ham so'zsiz Amir Temur shaxsin ulug'lashda va uni jaxonga mashxur qilishda katta o'rin tutgan. Ammo Amir Temurning dunyoda eng ulug' va buyuk shaxs, davlat arbobi, mashxursarkarda, fan va madaniyat homiysi sifatida nom qozonishiga sabab bo'lgan fazilatlar "Temur tuzuklari"da o'z ifodasini topgan. Bu fazilatlarning birinchi va eng asosiysi - Islom dini, qur'oni Karim va uning g'oyasiga cheksiz sadoqatida. "Har yerda va har vaqt Islom dinini quvatladim" - deydi u. "Yana tajribamda ko'rib bildimki, davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to'ra-tuzukka bog'lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrat va tartibi yo'qoladi.

Aziz professor-o'qituvchilar va talabalar bugungi kunda Amir Temur barpo etgan davlat tarixi izchil, chukur urganilib borilmokda, bu davlatchilik tarixini urganishni asosan uch qismga bo'lib rejalashtirdik. Ayni vaktda Amir Temurning avlodi xakida qisqacha fikr yuritishni lozim topdik. Sababi, shu xususida ayrim ilmiy, asossiz fikrlar mavjudligidir. Biz keltiradigan fikrlar bugungi kunda yuzaga chiqayotgan xar taraflama ilmiy jihatdan asoslangan dalillarga asoslanadi.

Temur va temuriylar davrida davlat boshkaruvi, Qurilish ishlari, me'morchilik taraqqiyoti misli ko'rilmagan darajada o'sdi va rivojlandi. Temurning muholiflari: "Temur bosib olgan yerlardan usta me'mor va olimlarni ko'chirib kelib, faqat Samarqandda qurilish ishlarini olib borgan va obodonlashtirgan, boshqa yerlar bilan esa ishi bo'lmagan" degan safsatalarni tarqatadilar. Bunday safsata va tuhmatlar hech qanday asosga ega emas. Chunki Temur va uning avlodlari davrida Samarqandda, Toshkentda, Buxoro, Shahrisabiz, Qarshi va Turkiston Hurosonning markazi Xirot, Mashxad, Nishopur, Qobil va boshqa shaharlarda ulkan yaratuvchilik ishlari olib borilgan. Sohibqironning farmoniga asosan 1365 yilda Qarshi, 1370 yida Samarqand, 1380 yilda Kesh shaharlari atrofida mudofa devorlari barpo etilgan. Temurning ona shahri Keshda buyuk alloma va mutafakkir Ahmad Yassaviyga atab Turkiston shahrida qurilgan ajoyib osmon o'par va muhtasham madrasalar o'z davrida ulug' bobomiz saltanatining kuch-qudratini jaxon uzra ko'z-ko'z qilgan.  Hazrati Sohibqironning 679 yilligi nishonlanayotgan hozirgi hur istiqlol imkoniyatlarimizdan foydalanib ul Sohibqiron haqidagi jahonning nufuzli kutubxona va arxivlarda saqlanayotgan manbalardan o'rganib xalqimiz ayniqsa yoshlarimizga, qolaversa jaxon jamoatchiligi e'tiboriga yetkazishimiz biz ul ulug' zot avlodlari zimmasidagi ezgu vazifalaridandir.

Shundan so'ng "Sanoat texnologiyasi" fakulteti, "Avtotransport" fakulteti va "Binolar va MII" fakultetining iqtidorli talabalari 436-14 B va IQ guruxi talabasi Imamgaliyev Farrux va 447-14 TIYe guruxi talabasi Rashidov Oybeklar o'rtasida nomli televiktorina bo'lib o'tdi. Xar bir jamoaga A.Temurning faoliyatga bag'ishlangan 36 ta blits so'rov shaklidagi savollar berilib, xar bir jamoaning xozirjavobligi tekshirib o'tildi. Tadbir so'nggida xar bir jamoa vakillariga estalik sovg'alari berildi.

Tadbir so'nggida Amir Temurning butun faoliyatini aks ettiradigan 45 minutga mo'ljallangan "Buyuk Soxibqiron" filmi tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

Fakultet ma'naviy va marifiy ishlar

bo'yicha dekan muovini

Mirzabekov M

O'qildi: 351 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram