UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim hamda modernizatsiyalashgan energiya va resurstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, yechimlar, istiqbollar

2015-04-08 / 11:21

"Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim hamda modernizatsiyalashgan energiya va resurstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, yechimlar, istiqbollar" mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani

Jizzax politexnika institutida 2015 yilning 16-17 aprel kunlari "Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim hamda modernizatsiyalashgan energiya va resurstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, yechimlar, istiqbollar" mavzusidagi O'zbekiston Respublikasi miqiyosidagi ilmiy-texnik anjuman o'tkaziladi.

Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

- O'zbekistonda demokratik davlatni rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolari;

- Oliy o'quv yurtlarida  innovatsion axborot va ta'lim texnologiyalarini yaratish hamda oliy ta'limni modernizatsiyalashda xalqaro hamkorlikning dolzarb muammolari; 

- yer va suv resurslaridan hamda biologik xilma-xillikdan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash tizimini takomillashtirish muammolari;

- iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishini ta'minlovchi modernizatsiyalashgan energiya va resurs tejamkor texnologiyalar, texnika vositalari, mashina va uskunalarning yangi avlodi hamda materiallarni yaratish muammolari; 

- avtotransport vositalarini ishlatish, yo'l harakat xavfsizligini ta'minlash muammolari;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish asosida sohaning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish istiqbollari.

Maqola, tezis materiallari o'zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to'plam holida chop etish rejalashtirilmoqda. Anjuman tashkiliy qo'mitasi maqola, tezislarni saralashni o'z zimmasiga oladi. 

Ko'rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Yuklab olish

O'qildi: 481 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting