UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir

2015-04-03 / 16:32

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tantanali marosimdagi "Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir" mavzusidagi ma'ruzasida ilgari surilgan g'oyalar va belgilangan ustuvor vazifalarni aholi o'rtasida keng targ'ibot-tashviqot qilish bo'yicha belgilangan vazifalarni ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan IIV Akademiyasi Tezkor-qidiruv xuquqi kafedrasi o'qituvchisi,mayor J.M.Maxkamovning  "Yoshlarni diniy ekstremistik oqim ta'siriga tushub qolishini oldini olishda profilaktika inspektorlarining ta'lim muassasalari bilan hamkorligi", IIV Akademiyasi 4-kurs 408-guruh tinglovchisi Sh.X. Miraxmatovning "Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi qonunning mazmun va mohiyati, 411-guruh tinglovchisi I.Sh. Turdiboyevning "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi qonunning mazmun-mohiyati mavzusi bo'yicha", 418-guruh tinglovchisi M.N.Sayidazimovning "Odam savdosiga qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligi" mavzulari yuzasidan qilgan ma'ruzalarining muhokamasi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan institut rektori fizika va matematika fanlar nomzodi dotsent Jizzax viloyati Kengashi deputati-yig'ilish raisi E.A.Saliyev so'zga chiqib, - yig'ilish kun tartibiga quyilgan masalani e'lon qilib, masala yuzasidan axborot berish uchun so'zni yig'ilish ishtirokchilariga berdi.

IIV Akademiyasi Tezkor-qidiruv xuquqi kafedrasi o'qituvchisi, mayor J.M. Maxkamov so'zga chiqib, - Hurmatli yig'ilish ishtirokchilari hozirgi kunda O'zbekistonda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg'un qabul qilish, ma'naviy va axloqiy fazilatlarga yangicha munosabatlar, an'analar shakllandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida istiqlolning ilk kunlaridanoq mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik vazifa etib belgilandi. Erkin hayot ostonasida turgan xalqimiz inson huquqlari va davlat suverniteti, demokratiya va ijtimoiy adolat g'oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qildi. O'tgan yigirma uch yil ichida bu yo'lda bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirilayotgan islohotlar o'zining ulkan samaralarini bermoqda.  

Mamlakatimizda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari muhim omilga aylanmoqda.  Fuqarolarning o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishda, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratishda hamda jamiyatda manfaatlar muvozanatini taminlashga ko'maklashishda mazkur institutlarning ahamiyati beqiyos. Shu bois, Davlatimiz rahbari "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi"da fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish masalasiga to'xtalib, mamlakatimiz bosib o'tgan keyingi o'n yillik davr aholimizning keng qatlamlari qo'llab-quvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va rivojlanishi davri bo'lganligini alohida qayd etdilar. 

Bu borada, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2010 yilning 12 noyabrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusidagi ma'ruzalarida mazkur masalaga baho bera turib, "fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko'lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o'zaro yaqin munosabatlarini ta'minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu vazifani hal qilishda "Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o'zgartish va qo'shimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunda mahallani aniq yo'naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e'tibor qaratish lozim", deya ta'kidlagan edilar.

E'tiborli jihati shundaki, ushbu moddada jamoatchilik nazorati ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkinligi, davlat organlari fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ko'maklashishi va qonun hujjatlariga muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan o'z vaqtida chora-tadbirlar ko'rishi shartligiga oid normalar ham mustahkamlandi.

Shundan so'ng, IIV Akademiyasi 4-kurs 408-guruh tinglovchisi Sh.X.Miraxmatov so'zga chiqib, Respublikamizda voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini ta'minlash, ularni ijtimoiy-huquqiy qo'llab quvvatlash, voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari, jinoyatlari va nazoratsizligining oldini olish borasida erishilayotgan yutuqlarda mahallalar va aholi turar joylarida jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olishning markaziy subyekti – militsiya tayanch punktlarining hissasi katta. Negaki, bugungi kunda faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri yoshlar o'rtasida tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport ishlarini rivojlantirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish orqali ularning turli jinoiy, salbiy g'oyaviy unsurlarga kirib ketishining oldini olish hisoblangan tayanch punktlarining 84,2% atrofida sport maydonchalari, 77% huzurida turli fakultativ to'garaklar, 78% atrofida esa kichik biznes shaxobchalari tashkil etilgan bo'lib, ularda yoshlarning vaqtlari unumli o'tishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Qolaversa, militsiya tayanch punktlari negizida voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari, shu jumladan jinoyatlarining oldini olish, ularni  keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish, farzandlari tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi ota-onalar, ularning o'rnini bosuvchilar, yoshlarni turli g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiluvchi shaxslarni aniqlash va ular bilan profilaktik suhbatlar olib borish qolaversa, profilaktik mazmundagi targ'ibot va tashviqot ishlarini o'tkazish bo'yicha ichki ishlar idoralari xodimlarining jamoatchilik, xususan Diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchi, "Yarashtirish komissiyasi", "Mahalla posboni" kabi jamoat tuzilmalari hamda ta'lim muassasalari bilan uzluksiz hamkorligi yo'lga qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasining "Voyaga yetmaganlar o'rta¬si¬da nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilakti¬kasi to'g'ri¬sida"gi 2010 yil 29 sentyabr qonunida belgilanganidek, ta'limni boshqarish organlari va ta'lim muassasalari voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilak¬tikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiga kiradi hamda bu borada boshqa davlat organlari va jamoat tuzilmalari bilan hamkorlikda uzluksiz faoliyat olib boradi.

Navbatdagi so'z, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 411-guruh tinglovchisi I.Sh.Turdiboyevga berildi, u o'z so'zida, Ma'lumki, huquqiy demokratik davlat taraqqiyotining rivoji o'sib kelayotgan avlodning ta'lim va tarbiya darjasiga bog'liqdir. Bunga erishish uchun esa avvalo jamiyat a'zolarining, shu jumladan voyaga yetmagan va yoshlarning  siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy va huquqiy saviyasi yuqori darajada bo'lishi talab etiladi. Shu boisdan, voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligining oldini olishni kuchaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov ta'kidlaganidek, "Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e'tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodning qanday tarbiya topishiga, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo'lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog'li faol munosabatda bo'lishiga, qanday oliy maqsalarga xizmat qilishiga bog'liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak".

Ta'kidlash joizki, har qanday mamlakat o'z kelajagini bolalar, voyaga yetmagan yoshlar timsolida, aniqrog'i ularni jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazishda ko'rishi tabiiydir. Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning barkamol inson bo'lib ulg'ayishiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda.

Shu o'rinda 2014 yilni mamlakatimizda "Sog'lom bola yili" deb e'lon qilinishi va "Sog'lom bola yili" Davlat dasturi asosida 2014 yilning o'zida:

— 6 million 500 ming nafar maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o'quvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazilganligi;

— 540 dan ziyod o'quv muassasasi, shu jumladan, 380 ta maktab, 160 dan ortiq kasb-hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilanganligi;

— 18 ta namunaviy sport ob'yekti va 73 ta maktab sport zali barpo etilganligi, 24 ta ob'yektda rekonstruksiya va kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirilganligi;

— o'z biznesini yo'lga qo'yishga qaror qilgan kollej bitiruvchilariga qariyb 200 milliard so'mlik imtiyozli mikrokreditlar ajratilganligi mamlakatimizda yosh avlodning ham jismoniy ham ma'naviy kamoloti uchun keng imkoniyatlar yaratilib berilayotganidan dalolatdir.

O'zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentyabrdagi "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonunning 1-moddasiga asosan ushbu qonunning maqsadi voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Navbatdagi so'z, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 418-guruh tinglovchisi M.N.Sayidazimovga berildi, u o'z so'zida, Qonun chiqaruvchi odam savdosiga qarshi kurash borasidagi rivojlangan demokratik mamlakatlarda tatbiq etilgan ilg'or tajribalar va odam savdosi uchun javobgarlikni belgilovchi jinoyat qonunchiligining normalarini chuqur o'rganish asosida "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'zbekiston Respub-likasining 2008 yil 17 aprel qonunini qabul qildi. Ushbu qonun 4 bob, 17 moddadan iborat.

Qonunning 1-bobi (1–4-moddalari) umumiy qoidalarga bag'ishlangan bo'lib, unda ushbu qonunning maqsadi, odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlari, qonunda qo'lla¬nilgan asosiy tushunchalarning ta'rifi, odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari belgilangan.

Unga ko'ra, ushbu qonunning maqsadi odam savdosiga qarshi kura-shish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunda qo'llanilgan quyidagi asosiy tushunchalarga ta'rif berildi: 

Odam savdosiga qarshi kurashish – odam savdosining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo'yish, uning oqibatlarini minimal¬lashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko'rsatish bo'yicha faoliyat;

Odam savdosi – kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o'g'irlash, firibgar¬lik, aldash, hokimiyatni suiiste'mol qilish yoki vaziyatning qaltis¬ligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to'lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og'dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka o'xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a'zolari yoki to'qimalarini ajratib olishni anglatadi;

Odam savdosi bilan shug'ullanuvchi shaxs – mustaqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bog'liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek o'z harakatlari bilan odam savdosiga ko'maklashadigan, xuddi shuningdek garchi o'z mansab vakolatlariga ko'ra to'sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo'lsa ham odam savdosiga to'sqinlik qilmaydigan yoki qarshi kurashmaydigan mansabdor shaxs.

Kun tartibidagi masala yuzasidan so'zga yig'ish ishtirokchilari o'z fikr-muohazalarini bildirib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tantanali marosimdagi "Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir" mavzusidagi ma'ruzasida ilgari surilgan g'oyalar va belgilangan ustuvor vazifalarni aholi o'rtasida keng targ'ibot-tashviqot qilish bo'yicha belgilangan vazifalarni ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy hamkorlikni davom ettirish va yuqorida bildirilgan takliflarni ma'qullab berishni tavsiya qilishdi. Yig'ilish ishtirokchilari tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan  qo'shimcha va e'tirozlar bildirilmadi va kun tartibidagi masala bo'yicha bildirilgan fikrlar bir ovozdan ma'qullab berildi.

O'qildi: 400 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram