UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

2015-03-07 / 18:38

Jizzax politexnika institutida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 23 fevraldagi (10-10-/1-83, 23.02.2015 y.) ishchi guruhi yig'ilishining 2-sonli majlis bayonining 4-bandiga hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 27.02.2015 yil 87-02-456 sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida institutda “8 mart – Xotin qizlar kuni” bayramini mazmunli o'tkazilishini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu reja asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramini o'tkazish bo'yicha institutda ishchi guruh tuzildi va tadbirlar rejasini ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Bayram munosabati bilan o'z bilim va malakasi orqali shuhrat qozongan, uzoq yillar mehnat qilgan fidoyi opa va onaxonlarni o'tkaziladigan tadbirlarga taklif etildi, bayram tadbiriga kelolmaydigan mehnat faxriylari esa uylariga borib xabar olish ishlari amalga oshirildi.  Jumladan, institutda faoliyat yuritgan bugungi kunda nafaqada bo'lgan faxriylar B.Urdusheva, X.Mustafayevalar bayram munosabati bilan yo'qlandi. Institutda va viloyat aholisi orasida “Sog'lom oilani shakllantirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish  bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi  2009 yil 13 apreldagi  PQ-1096 sonli hamda  2009 yil 1 iyuldagi  “2009-2013 yillarda  aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, har tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirish maqsadida jamoatchilikning tibbiy madaniyatini va savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli axborot-targ'ibot ishlarini olib borish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida”gi PQ-1144 sonli qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan targ'ibot –tashviqot ishlari olib borildi. Shu bilan birga, bayram munosabati bilan institut hudududa obodonlashtirish ishlari olib borildi, fakultet va kafedralarga biriktirilgan hududlarda gullar, archa va daraxtlar ekishga joy tayyorlandi, xonaki gullarni ko'paytirish ishlari olib borilmoqda. Institutda faoliyat ko'rsatayotgan barcha xotin-qizlarga bayram haqida tushunchalar berildi, fakultetlarda bayram tantanalari o'tkazildi.Jumladan, 2015 yil 4-5-6 mart kunlari Jizzax politexnika institutining konferens zalida Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, Xotin-qizlar qo'mitasi b.t., Kasaba uyushma qo'mitasi, fakultetlar hamda institut “Kamolot” YoIH b.t., hamkorligida “Keksalarni e'zozlash yili”, 8 mart- Xalqaro xotin-qizlar  bayrami va shu bilan bir qatorda Zulfiyaxonim tavallud topgan kunning 100 yilligiga bag'ishlangan “Sadoqat timsoli” deb nomlangan bayram tadbirlari bo'lib o'tdi.

Bayram dasturini tabrik so'zi bilan institut rektori E.A.Saliyev ochib berdi va  bugungi tadbirda qatnashayotgan ayol ustozu- talabalarni ushbu ayyom bilan tabriklab, estalik sovg'alarini ulashdi. Shundan so'ng, Aziz Said -qulov va  Dilshodbek Muhiddinovlar tomonidan tadbir olib borildi.  Ushbu tadbirda institutning  bir qator iste'dodli talaba- yoshlari o'z ijod namunalaridan she'rlar, ayollarni madh etuvchi ko'shiqlar ijro etdilar.  Tadbir  so'nggida institutning “Yumoristlar” terma jamoasi tomonidan  sahna ko'rinishlari ijro etilib,  yig'ilganlarni xushnud etdilar. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi. O'tkazilgan barcha tadbirlar viloyat va shahar televideniyesi  va boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritildi.

O'qildi: 293 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram