UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Jizzax politexnika institutida Ketmonov Xotamjon Abduraxmonovich ishtirokida uchrashuv

2015-02-21 / 16:43

Jizzax politexnika institutida 2015 yil 21 fevral kuni "O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi"dan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ko'rsatilgan Ketmonov Xotamjon Abduraxmonovich ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

2015 yil 21 fevral kuni soat 10:00 da institut konferens zalida "O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi"dan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ko'rsatilgan Ketmonov Xotamjon Abduraxmonovich ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda viloyat Xalq ta'limi muassasalaridan 52 nafar, viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasidan 19 nafar, viloyat madaniyat bo'limidan 1 nafar, viloyat OAVlaridan 3 nafar, Qishloq xujaligi soxasidan 22 nafar, Iqtisodiyot yo'nalishidan 28 nafar, Xizmat ko'rsatish sohasidan 4 nafar, O'zbekiston XDP mas'ul xodimlari 25 nafar, Jamoat tashkilotlaridan 66 nafar, jami 220 nafar ishtirokchi ishtirok etdi. Uchrashuvni  4-Jizzax okrugi saylov komissiyasi raisi Sattarov Abdumajid Sattarovich olib bordi va so'z "O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi"dan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ko'rsatilgan Ketmonov Xotamjon Abduraxmonovichga berildi. U o'z ma'ruzasi davomida  yig'ilganlarni O'zbekiston taraqqiyotining bosh strategik maqsadi - aholi turmush darajasi yuqori bo'lgan rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo'shilish, jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallash borasidagi vazifalardan kelib chiqib, O'zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga qattiy amal qilish, O'zbekiston mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi xalq farovonligini ta'minlash, fuqarolik va millatlararo hamjixatlikni mustaxkamlash, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan milliy manfaatlarga sodiqlik kabi ezgu maqsadlar mujassamlashgan o'z dasturi bilan tanishtirib o'tdi va xalq deputatlari Jizzax viloyat kengashi deputati Shukurov Xidir Shukurovich, "Komolot" yoshlar ijtimoiy harakati Arnasoy tumani Kengashi raisi Muqimov Eldor Razoqovich xamda O'zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi raisi o'rinbosari Murodov Diyor O'rolovichlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Shundan so'ng Jizzax tuman transport va sanoat kasb-xunar kolleji direktori, xalq deputatlari Jizzax viloyat kengashi deputati Ergashev Quroqboy Yalg'ashevich, Jizzax tuman fermerlar kengashi raisi, xalq deputatlari Jizzax viloyat kengashi deputati Abduraxmonov Abdunabi Abduraimovich hamda Zomin tumani 1-o'quvchilar ijodiy markazi direktori Abdulhakimova Gulbahor Raxmonovnalar so'zga chiqishdi. Uchrashuv so'ngida ishtirokchilar institut faoliyati bilan yaqindan tanishishdilar.

O'qildi: 359 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram