UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 532 yilligini

2015-02-11 / 16:08

"Binolar va muxandislik inshootlari injiniringi" fakultetida buyuk mutafakkir va so'z mulkinning sultoni Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 532 yilligini nishonlash bo'yicha ma'naviy tadbir o'tkazildi.

Institut rektori E.A.Saliyevning tashabbusi va sa'iy xarakati bilan 2015 yil 10 fevral kuni buyuk mutafakkir va so'z mulkinning sultoni Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 532 yilligini ko'tarinki ruxda nishonlash maqsadida Xamza nomidagi O'zbekiston respublikasi Milliy akademik teatrining taniqli aktyorlari O'zbekiston xalq artisti Muxammadali Abdiqunduzov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Begzod Muxammadkarimov, Madina Muxtorova va boshqa taniqli aktyor va aktirisalar Yu.Rajabiy nomidagi viloyat musiqali Drama teatrida Navoiy va Bobur g'azallaridan manologlar o'qishib, "Nazm va navoning yosh shaydolari" mavzusida adabiy musiqiy kecha tashkil etildi. Shundan so'ng tadbir qatnashchilarining kayfiyatini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston xalq artisti Muxammadali Abdiqunduzov qalamiga mansub "OYDIN" spektakli namoyish etildi. Teatr binosiga fakultetdan 240 nafar talaba va gurux murabbiylari ishtirok etishdi.

Spektakl yakunlangandan so'ng barcha mexmonlar institutga taklif qilinib, ularga institutdagi ta'lim jarayoni, yangitdan qilingan auditoriya va laboratoriya xonalari, mini-futbolga mo'ljallangan suniy qoplamali stadion, kapital ta'mirlangan sport zal, trenadjyor zali va boshqa joylar bilan tanishib, mexmonlarda katta ta'ssurotlar qoldirdi.

Ma'lumki o'zlikni anglash milliy ong va tafakurni ifodasi avlodlar o'rtasidagi bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. Har bir millatning dunyoda borligini  ko'rsatadagan oynai hayoti til va adabiyotdir.

Milliy tilni yo'qotish millatning ruhini yo'qotishdir. Ona tiliga muhabbat uning beqiyos boyligi va buyukligini  anglash tuyg'usi xam bizning ong-u shuurimiz yuragimizga avvvlo Alisher Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaxo merosdan halqimizni baxramand etsak milliy manaviyatimizni yuksaltirishda jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni komol toptirishda shunchalik qudratli qurolga ega bo'lamiz.

Shundan keyin talabalar buyuk adibning g'azallaridan yod aytib, tadbirning yanada qiziqarli o'tishini ta'minladi.

O'qildi: 379 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram