UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

"Innovatsion texnika va texnologiyalarni qo'llashning ustuvor yo'nalishlari: tajribalar, muammolar, istiqbollar" mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani

2015-02-04 / 10:18

"Innovatsion texnika va texnologiyalarni qo'llashning ustuvor yo'nalishlari: tajribalar, muammolar, istiqbollar" mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani

Jizzax politexnika institutida Hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazining 2015 yilning 12 mart kuni "Innovatsion texnika va texnologiyalarni qo'llashning ustuvor yo'nalishlari: tajribalar, muammolar, istiqbollar" mavzusidagi ilmiy-texnik anjuman o'tkaziladi.

Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

• Sanoat tarmoqlari energetik samaradorligini oshirish muammolari;
• Qishloq xo'jaligida mashina va mexanizmlarni takomillashtirish va yanada rivojlantirish tamoyillari;
• Ishlab chiqarish korxonalari, servis sohalari tizimida innovatsion texnika va texnologiyalarni tadbiq etish va mahalliy xom ashyolarga asoslangan  texnologiyalarni yaratishdagi muammolar;
• Avtotransport vositalarini ishlatish, yo'l harakat xavfsizligini ta'minlashni ustuvor yo'nalishlari;
• Bino va inshootlar, avtomobil yo'llari qurilishida innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy muammolari;
• Sanoat mahsulotlari sifatini oshirishning innovatsion usullarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalari, sifat menejmenti;
• Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tadbirkorlik salohiyatini oshirishning dolzarb masalalari;
• Ta'lim sifatini ta'minlashda o'quv-metodik majmualarning o'rni, elektron modul majmualar yaratish masalalari;
• O'zbekiston ichki turizmini rivojlantirishda innovatsion  yo'nalishlarni amaliyotga joriy etish masalalari;
• Zamonaviy kompyuter dasturlari yaratish va tadbiq qilish masalalari;
• Ijtimoiy sohalar infratuzilmasini yaratishni innovatsion texnologiyalari va amaliyotga joriy etish masalalari.

Maqola, tezis materiallari o'zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to'plam holida chop etish rejalashtirilmoqda. Anjuman tashkiliy qo'mitasi maqola, tezislarni saralashni o'z zimmasiga oladi. Ko'rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

O'qildi: 517 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting