UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Grantlar

HIGHVEC 544061-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR

2014-11-20 / 07:52

HIGHVEC 544061-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR
AVTOMAGISTRALLAR QURILISHI VA TRANSPORT MUHANDISLIGI BO'YICHA O'QUV DASTURLARINI ISHLAB CHIQISH

Loyihaning maqsadi:

O'zbekistonning 5 texnika oliy o'quv yurtlarida avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi bo'yicha ixtisoslashuv jarayonini ishlab chiqish zarurati mavjud.

Loyihaning asosiy vazifasi avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga joriy qilish layoqatiga ega bo'lgan muhandislarning yangi avlodini tayyorlash hisoblanadi.

Loyihaning xususiy maqsadlari:

• JizPI, NDU, SamDAQI va TAQI da avtomagistrallar qurilishi muhandisligi bo'yicha magistrlik dasturlarida mavjud bo'lgan oltita  (fanlar) kurslarni isloh qilish.
• JizPI, AMI va TAQI da transport mashinasozligi bo'yicha magistrlik dasturlari uchun oltita yangi (fanlarni) kurslarni ishlab chiqish va joriy qilish.
• O'qituvchilar va talabalarning o'zaro yaqin munosabatlarini shakllantirishga hamda nafaqat nazariy, balki laboratoriya va eksperimental tadqiqotlarni o'tkazishga yo'naltirilgan ta'limning kompüyuterli metodikalarini joriy qilish.
• JizPI, NDU, SamDAQI, AMI va TAQI da muassasalar aro muhandislik laboratoriyalarini tashkil qilish.
• Loyihada ishtirok etuvchi oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari va ma'muriy personalini yangi kurslar hamda yangi metodikalardan va jihozlardan foydalanish bo'yicha tayyorlash.
• Loyihada ishtirok etuvchi oliy o'quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari orasida uzoq muddatli o'zaro hamkorlikni o'rnatish.

Kutilayotgan natijalar:

Loyihani amalga oshirishning uch yillik davrida quyidagi natijalarga erishish kutilmoqda:

• Avtomagistral qurilishi muhandisligi bo'yicha isloh qilingan 6 magistrlik kurslarini barcha zarur o'quv materiallari bilan birgalikda to'liq shakllantirish va ishlab chiqish.
• Transport mashinasozligi bo'yicha isloh qilingan 6 magistrlik kurslarini barcha zarur o'quv materiallari bilan birgalikda to'liq shakllantirish va ishlab chiqish.
• O'zbekistonning 5 ta oliy o'quv yurtlarida sinov jihozlari va laboratoriya o'lchovlari hamda tahlillari uchun zarur bo'lgan maxsus qurilmalar bilan jihozlangan muassasalar aro muhandislik laboratoriyalarini yaratish.
• O'zbekistondan 60 ta o'qituvchilar va assistentlar avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi bo'yicha qayta tayyorlashdan o'tadilar.
• Loyihani amalga oshirish jarayonida avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi sohasida ishlayotgan 200 muhandislar O'zbekistonning 5 ta oliy o'quv yurtlarida yangi o'quv kurslari bo'yicha tayyorlovdan o'tadilar.
• Loyihada ishtirok etuvchi oliy o'quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari orasida uzoq muddatli o'zaro yaqin hamkorlik o'rnatiladi.

Grant egasi:  Birmingem Universiteti, Buyukbritaniya

Partnerlar:
Buxarest Politexnika universiteti, Ruminiya
Kashtelu-Branku politexnika instituti, Portugaliya
Karlos III nomidagi  Madrid universiteta, Ispaniya

Uzbekiston:
Toshkent avtomobilü-yo'llar instituti
Jizzax politexnika instituti
Andijon mashinasozlik instituti
Nukus Davlat universiteti,
Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti
Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligi
"Traktor" maxsus konstruktorlik byurosi
"Avtoyul Taraqqiyoty" Yevroosiyo transkontinentalü supermagistralü konsorsiumi
Jv Man Auto - Uzbekistan LLC,
YoAJ "Djeneral Motors Uzbekistan"

O'qildi: 732 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting