UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yoshlarga oid davlat siyosati

"Intellektual yoshlar - fan va ta'lim" mavzusida yosh olimlar bilan uchrashuv

2014-05-08 / 09:09

Yosh olim va talabalarni "XXI asr - intellektual avlod asri" shiori ostida o'tkazilishi belgilangan hududiy va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ishtirokini tashkil etish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Oliy va Attestatsiya Komissiyasi,  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, Toshkent to'qimachiilik va engil sanoat instituti, Respublika "YOsh olimlar kengashi", Jizzax Davlat pedagogika instituti vakillari o'rtasida "Intellektual yoshlar - fan va ta'lim" mavzusida respublika xududlaridagi ta'lim va ilmiy muassasalarda faoliyat ko'rsatayotgan yosh olimlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bu anjumanda yosh olim va talabalar ilmiy va tadqiqot ishlarini bajarish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan qatnashishdi. 

"Intellektual yoshlar-fan va ta'lim" mavzusida respublika xududlaridagi ta'lim va ilmiy muassasalarda faoliyat ko'rsatayotgan yosh olimlar bilan ularni qiziqtirgan masalalar va muammolarga bag'ishlangan bugungi uchrashuv ochiq va savol javoblar tarzida olib borildi.

Institutimizda olib borilayotgan o'quv va ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, bugungi kunda institutda yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining xolati va ular erishayotgan natijalar bilan yig'ilish qatnashchilari tanishtirildi. 

Respublikamizda ingliz tilini o'rganish bo'yicha Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875 sonli qarori ijrosi bo'yicha institutimizda juda keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini xam ta'kidlab o'tildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bo'lim boshlig'i SHomurotov Baxtiyor Aytboevich so'zga chiqdi. U o'z so'zida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar mahkamasining 365-sonli qarori bo'yicha olib borilayotgan ishlar, ularga qo'yilayotgan talabalar, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun belgilangan shart-sharoitlar bo'yicha batafsil ma'lumot olindi.

O'qildi: 490 | Reyting: 9.5 | Izohlar: 0


OO'Y reyting